Kavsar Turdiyeva haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Kavsar Turdiyeva haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva 1958 yil 6 avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʻildi.

1975 yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatdi va ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Soʻng Leningrad davlat universitetida oʻqishni davom ettirdi (1981).

Kavsar Turdiyeva Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. Toshkent pediatriya-tibbiyot institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. Hozir shu institutda kafedra mudiri lavozimida xizmat qiladi. Kavsar yoshligidan bolalar adabiyotiga qiziqdi. Ilk sheʼri oʻquvchilik yillari “Tong yulduzi” gazetasida bosildi. Birinchi kitobi “Varrak” 1983 yili nashr etildi. Shundan soʻng “Oʻynayapman, oʻylayapman” (1987), “Qush boʻlib uchgan ona” (1994), “Raqamlar boʻylab sayohat” (2002) kitoblari bosmadan chiqdi.

Bolalar dramaturgi sifatida “Toshkesaklar mamlakatida” degan sahna asarini yaratdi. U Samarqand qoʻgʻirchoq teatri tomonidan sahnalashtirilib, qoʻgʻirchoq teatrlar festivalida 1-oʻrinni oldi.

“Botu nidosi” (2004), “Mitti qoʻgʻirchoqboz” (2007), “Quvnoq alifbo olamiga sayohat” (2008), “Sogʻinchlar sochilgan bekatda” (2011), “Dunyoni saqlang, bolalar” (2012) kabi va boshqa sheʼriy toʻplamlari oʻquvchilar qoʻliga yetib bordi.

Kavsar Turdiyeva ssenariychi sifatida faol ishlamoqda. Chunonchi, “Zumrasha” (1997–2001) kinojurnalida uning ssenariylari asosida oʻnga yaqin lavhalar suratga olingan. U ikki yuzdan ortiq qoʻshiqlar muallifi, oʻzbek va rus tillarida ijod qiladi. K. Chukovskiy, S. Marshak, L. Barbas, R. Farhodiy sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

2009 yilda adabiyot yoʻnalishi boʻyicha “Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovining gʻolibi boʻldi. 2010 yil yakunlari boʻyicha “Bolalarning sevimli shoirasi” nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.

Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining rusiyzabon talabalari va hamshiralik fakulteti uchun “Oʻzbek tili” darsligi (2006,2007), rus tili fanidan “30 shagov k russkomu yaziʼku” (2010) kitobi muallifidir.

Kavsar Turdiyeva adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun 2001 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Детская поэтесса Кавсар Турдиева родилась 6 августа 1958 года в городе Ташкенте в интеллигентной семье.

В 1975 году с золотой медалью окончил школу № 201 Чиланзарского района и поступил на факультет журналистики ТашГУ (ныне Национальный университет Узбекистана). Затем продолжил обучение в Ленинградском государственном университете (1981).

Кавсар Турдиева училась в Институте языка и литературы имени Алишера Навои Академии наук Узбекистана. Работал преподавателем в Ташкентском педиатрическом медицинском институте. Сейчас он служит заведующим кафедрой в этом институте. Кавсар с юных лет интересовался детской литературой. Его первое стихотворение было опубликовано в газете «Тонг сызни» еще в школьные годы. Первая книга «Варрак» вышла в 1983 году. После этого вышли книги «Играю, думаю» (1987), «Мать, летевшая птицей» (1994), «Путешествие по номерам» (2002).

Как детский драматург создал спектакль «В стране камней». Он был поставлен Самаркандским театром кукол и занял первое место на Фестивале театров кукол.

«Крик Боту» (2004 г.), «Гном-кукловод» (2007 г.), «Путешествие в веселый алфавитный мир» (2008 г.), «На пропавшей станции» (2011 г.), «Спасите мир, дети» (2012 г.) и другие сборники стихов попали ему в руки.

Кавсар Турдиева активно работает сценаристом. Например, в киножурнале «Зумраша» (1997-2001) по его сценариям было снято около десяти фильмов. Он автор более двухсот песен на узбекском и русском языках. Перевел на узбекский язык стихи К. Чуковского, С. Маршака, Л. Барбаса, Р. Фарходи.

В 2009 году стал победителем конкурса «Самый большой, самый дорогой» в области литературы. В конце 2010 года она победила в номинации «Любимый детский поэт».

Является автором учебника «Узбекский язык» (2006, 2007) для русскоязычных студентов медицинских вузов и сестринского факультета и книги «30 шагов к русскому языку» (2010) по предмету «Русский язык». .

Кавсар Турдиева была награждена медалью «Слава» в 2001 году за свою литературную и общественную деятельность.

Из книги «Узбекские писатели» (С. Мирвалиев, Р. Шокирова. Ташкент, издательство литературы и искусства им. Гафура Гулома, 2016).
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: