Mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov 1860 yilning 29 yanvarida Rossiyaning Taganrog shahrida tugʻilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1884), shifokor boʻlib ishlagan. Sil kasali bilan ogʻrib, 1898 yili Yaltaga koʻchgan. Salomatligi yomonlashgach, 1904 yil iyunida Badenveyler (Germaniya)ga borgan va u yerda 1904 yilning 15 iyulida vafot etgan.
Chexov 80-yillarning 2-yarmida teatr uchun “Ivanov” (1887–89), “Alvasti” (1889, keyinchalik “Vanya amaki” nomi bilan qayta ishlangan) pyesalari, “Toʻy” (1889) bir pardali pyesasi, shuningdek, “Tamakining zarari haqida” (1886), “Ayiq” (1888), “Yubiley” (1891–92) singari vodevillar yozgan.
90-yillarda Saxalinga sayohatga borib, katorga va surgun qilingan kishilarning fojiali turmushi bilan tanishgan. Ushbu sayohat xotiralari “6-palata” (1892) qissasi va “Saxalin oroli” (1893–94) kitobida oʻz aksini topgan.
90-yillar oxiriga borib, Chexovning dramaturglik mahorati yuksak choʻqqiga erishdi. “Chayka”, “Vanya amaki” (1896), “Uch opa-singil” (1900–01), “Olchazor” (1903–04) pesalarining 1898 yil Moskva Badiiy teatrida sahnalashtirilishi Chexov ijodida yangi davr boshlanganidan darak berdi.
Chexov nasriy va dramaturgik ijodi bilan jahon adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbek adabiyotida realistik hikoya janrining maydonga kelishi va Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Abdulla Qahhor hikoyanavislik ijodining shakllanishida Chexov anʼanalari ham muayyan omil boʻlib xizmat qilgan.
Chexovning eng yaxshi nasriy asarlari va pesalari oʻzbek tiliga tarjima etilgan. Uning barcha mashhur pesalari respublikadagi oʻzbek va rus teatrlarida sahnalashtirilgan.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Знаменитый русский писатель Антон Павлович Чехов родился 29 января 1860 года в Таганроге, Россия. Окончил медицинский факультет Московского университета (1884), работал врачом. Больной туберкулезом, в 1898 году переехал в Ялту. После ухудшения здоровья в июне 1904 года он уехал в Баденвейлер (Германия), где и умер 15 июля 1904 года.
Во второй половине 1980-х Чехов написал для театра пьесы «Иванов» (1887–89), «Алвасти» (1889, позже переработанный в «Дядя Ваня»), одноактную пьесу «Свадьба» (1889). ), а также «Табака о порче» (1886), «Медведь» (1888), «Юбилейный» (1891-92) и водевилей.
В 1990-е годы он ездил в поездку на Сахалин и знакомился с трагической жизнью людей, попавших в тюрьму и сосланных. Воспоминания об этой поездке нашли отражение в рассказе «6-я палата» (1892) и книге «Остров Сахалин» (1893-94).
К концу 90-х драматургия Чехова достигла своего расцвета. Постановка спектаклей «Чайка», «Дядя Ваня» (1896), «Три сестры» (1900-01), «Ольхазор» (1903-04) во МХАТе в 1898 году ознаменовала начало новой эпохи. в творчестве Чехова.
Своими прозаическими и драматургическими произведениями Чехов оказал значительное влияние на развитие мировой литературы. Традиции Чехова также послужили определенным фактором в возникновении жанра реалистического рассказа в узбекской литературе и формировании повествовательных произведений Абдуллы Кадири, Чолпона, Абдуллы Каххора.
На узбекский язык переведены лучшие прозаические произведения и стихи Чехова. Все его известные пьесы были поставлены в узбекских и российских театрах республики.
[/spoiler]
This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.
More information...
Menga «garov» hikoyasi juda ham yoqadi……
