Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy (1953-1987) — Naqshbandiya tariqati ustozlaridan, turkiyalik.


Islom dinining jaholatdan kattaroq va qo‘rqinchliroq dushmani yo‘qdir.

Haqiqatan   insonning  yaratilishidagi   asl   g‘oya   uning  o‘z   Yaratuvchisiga chiroyli bandalik qilmog‘idir.

G’aflatda qolgan iymon o‘z egasiga hech bir kuch va ozuqa bera olmaydi. U bir xayol sifatida kelib-ketgan tushdagi ovqatga o‘xshaydi. Demak, g‘aflat uyqusidan uyg‘onmoq lozim.

Qalb g‘aybga va ma’naviy olamga, aql esa zohirga va moddiy olamga ochilgan darchadir. U holda birinchini ikkinchi bilan izlash — ahmoqlik, ikkinchini birinchi bilan izlash esa g‘aflat va nodonlikdir.

Quyosh o‘simliklarni harakatga keltirganidek, zikr ham ruhiy unsurlarni harakatga keltiradi.

Dunyoning ichiga kir, sayr qil, ammo ehtiyot bo‘l — dunyo sening ichingga kirmasin!

Binoni me’morsiz, amrni amr qiluvchisiz, tadbirni chora-tadbir oluvchisiz, dasturni tuzuvchisiz, mahkamani hokimsiz, san’atni san’atkorsiz, ishni bajaruvchisiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmaganidek, aqllarni hayratlantirgan bu koinot ham o‘z Yaratuvchisiga egadir.

Bilib qo‘yki, sen o‘z dunyongda amaling urug‘larini ekmoqdasan. Dunyong -sening dalang. O’lim oni — yig‘im-terim zamoning, oxirat esa xirmoningdir. Nima ekkan bo‘lsang, o‘sha narsani yig‘ib-terib olasan, xolos.

Inson nafsi yomon sifatlarga ega bo‘lsa, undan qutulmagunicha his olamidagi ma’nolarni, moddaning ortidagi aql va xayol chegaralarini mushohada qilolmaydi.

Ey voh! Eng shafqatsiz zarba o‘zimga o‘zimdan kelganini his etdim. Lekin juda kech.

Kuchlining nayzasi kuchsiz otgan nayzaga nisbatan ko‘proq nishonga tegishi mumkin bo‘lganidek, manmanlik va riyo shubhasidan xoli so‘zlar ham qalblarga ko‘proq ta’sir qiladi.

Ko‘zni ayollarga tikishdan, ularning suratlarini tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning so‘nishiga, hayo pardasining yirtilishiga va eng muhimi, ibodatning «mazasi» yo‘qolishiga asosiy sabab ana shudir.

Ko‘z haromga qaraganida vijdonni, qalbni g‘am-alamlar, buzuq zaharli fikrlar, xaroblik va razolat qoplaydi. Shahvoniy kuchlar harakatga kelgudek bo‘lsa, odam o‘zi bilmagan va sezmagan holda halokatga, razolatga va buzuq o‘y-fikrlar girdobiga tushib qoladi.

Haromga qarashlik orzusi ruhni qoraytiradi. Qop-qora, sim-siyoh bo‘lib balchiqqa bulg‘angan ruhdan qalbga faqat zahar tomchilaydi.

Manba: islom.ziyouz.com


Мухаммад Нурулла Сайдо Джазари (1953-1987) — один из учителей секты Накшбандия, из Турции.

Нет большего и страшнее врага ислама, чем невежество.

Ведь изначальной идеей в сотворении человека является его прекрасное служение своему Творцу.

Вера, оставленная в неведении, не может дать своему владельцу ни силы, ни питания. Это как еда во сне, которая приходит и уходит как иллюзия. Значит, надо проснуться от сна беспечности.

Сердце — это окно в невидимый и духовный мир, а разум — это окно во внешний и материальный мир. В таком случае искать первое со вторым — глупость, а искать второе с первым — небрежность и невежество.

Как солнце движет растения, так и зикр движет духовные элементы.

Войди в мир, иди, но будь осторожен — мир не входит в тебя!

Подобно тому, как невозможно представить себе здание без архитектора, полководца, событие без планировщика, двор без правителя, искусство без художника и деятеля, так и эта вселенная, поражающая умы, имеет и своего Творца. .

Знайте, что вы сажаете семена своих действий в свой мир. Ваш мир — это ваше поле. Момент смерти — это жатва времени, а грядущая жизнь — это гумно для вас. Что посеешь то и пожнешь.

Если эго человека имеет плохие качества, пока он от него не избавится, он не сможет наблюдать смыслы в мире чувств, пределы разума и воображения за материей.

Ух ты! Я чувствовал, что самый жестокий удар исходил от меня. Но уже слишком поздно.

Как копье сильного может поразить больше целей, чем копье слабого, так и слова, свободные от подозрений в высокомерии и лицемерии, оказывают большее воздействие на сердца.

Следует воздерживаться от взгляда на женщин и их изображений. В этом главная причина увядания ума, разрыва завесы скромности, а главное, утраты «вкуса» молитвы.

Когда глаза смотрят на нечистое, совесть и сердце покрываются скорбями, тленными и ядовитыми помыслами, разорением и радостью. Когда сексуальные силы как бы вступают в действие, человек, сам того не зная и не осознавая, впадает в разрушение, смятение и водоворот развратных мыслей.

Сон смотреть на нечистое омрачает душу. Только яд капает из души, которая черна-черна и заляпана грязью.

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: