So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar

Lu sulolasining vakilasi bo’lgan tarixdagi so’nggi koreys malikasining taqdiri barchani lol qilishi tabiiy. Siyosiy o’yinlar, xiyonatlar va yolg’izlik malika Tok Xeni butun umr davomida taqib qilgan. Ammo hech bir narsa uning irodasini buka olmadi, Vataniga bo’lgan muhabbatini so’ndirmadi. Chosonni idora qilgan yigirma oltinchi hukmdorning qizi bo’lgan malika Tok Xening taqdir bolalikdan oson bo’lmadi.

1912 yilning may oyida imperator Kodjonning joriyasi Yan Guy In qiz farzandni dunyoga keltirdi. Qizaloqqa Tok Xe deya ism berdilar. Ammo Tok Xeni qirolicha emas, joriya dunyoga keltirgani uchun amaldorlar unga malika sifatida nazar tashlamas edilar. Xalq marhuma qirolicha Minni juda yaxshi ko’rar, shu sababli ham oddiy joriya dunyoga keltirgan qizaloqni qabul qilish odamlarga oson emasdi. Shu bois ham qizaloq davralarda hurmat ila emas, kinoyali tabassum bilan qarshi olinardi.

1917 yilga kelib imperator qizini rasmiy ravishda malika deya tan olishlariga erishdi.  Ammo rasmiy unvon odamlarning unga bo’lgan muhabbatlarini to’liq ta’minlab bera olmadi.

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Buning oqibatida Tok Xe kamgap va odamovi qiz bo’lib ulg’aydi. Malika atrofidagilar bilan ko’p ham so’zlashmasdi. Uning otasi sevimli qizining boshqa tengdoshlari bilan til topishishi uchun saroyda amaldorlarning farzandlari tarbiyalanadigan bog’cha ochdi. G’oya haqiqatdan ish berdi, tez orada Tok Xe boshqa tengdoshlari bilan do’stlashdi, bu esa uning ruhiyatidagi yaxshi o’zgarishlarga sabab bo’ldi.

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Malika balog’at yoshiga qadam qo’ygan vaqtda Koreya va Yaponiya o’rtasidagi siyosiy munosabatlar keskinlashdi. Imperator ushbu holat xavfini avvaldan sezib, qizini dushmanlarning changalidan himoya qilish uchun turmushga bermoqchi bo’ldi. Ushbu nikoh Tok Xeni yapon amaldorlarining bosimidan himoya qilishi kerak edi. Ammo tez orada Yaponiyaning aralashuvi sababli unashtiruv bekor qilindi, Tok Xening bo’lg’usi turmush o’rtog’iga saroyga kirish taqiqlab qo’yildi.

Oradan bir necha oy o’tmay Li sulolasining boshiga og’ir musibat tushdi, imperator Kodjon xastalikka chalindi.

Shifokorlar imperator hayotini saqlab qolish uchun harakat qilishlariga qaramay, u olamdan o’tdi. Ushbu holat nafaqat malika, balki butun mamlakat uchun og’ir kunlarni boshlab berdi, Koreyada tartibsizliklar, hukumat uchun ayovsiz kurashlar boshlandi.

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Koreyadagi ichki siyosiy vaziyat yaponlarga bu yerdagi ta’sir kuchini oshirish uchun imkon berdi. Tez orada yaponlar Yaponiya va Koreya yerlari birlashuvini e’lon qildilar. Bu esa Koreyada yashovchi insonlar uchun daxshatga aylandi. Bosh ko’targanlar qattiq jazolandi, bosma nashrlar o’z ishini to’xtatdi, koreyslar o’z ismlarini yaponcha ismlarga almashtirishga majbur etildi, ulardan o’z madaniyatidan voz kechish talab qilindi.

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
1925 yilda imperator Kodjon qorqqan voqea yuz berdi-uning sevimli qizi Tok Xeni majburan Yaponiyaga surgun qildilar. Tok Xe mahalliy o’quv muassasalarining birida ta’lim olishni boshladi, unga Koreyaga kirish va onasi bilan ko’rishish ta’qiqlab qo’yildi. Begona yurtda yashayotgan qiz qaytadan yolg’izlik domiga cho’mdi. Uni o’z tili va madaniyatini unutishga majbur qilmoqchi bo’ldilar.

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Oradan besh yil vaqt o’tib, Tok Xening onasi olamdan o’tdi. Malikaga dafn marosimini o’tkazish uchun Koreyaga borishga ruxsat berishdi, ammo vataniga yetib kelgan Tok Xeni onasi bilan vidolashish uchun uning yoniga kiritishmadi.

Ushbu fojiali voqealar Tok Xening qalbida og’ir iz qoldirdi. Tez orada unda shizofreniya kasalligi boshlanganligi aniqlandi. Malika odatiy va kundalik narsalarni- ovqatlanish, suyuqlik ichish, kundalik buyumlardan ham foydalanishni unutdi. Shifokorlar unga toza havoda sayr qilishni maslaxat berdilar. Malikaning kasalligi tufayli uning yonida bo’lish uchun uning ukasini olib kelishdi.

Malika ukasini ko’rishi bilan uning holati biroz yaxshilangandek bo’ldi. Oradan bir yil o’tib, uning salomatligida ijobiy o’zgarishlar kuzatila boshladi.

 

1931 yili Yaponiya imperatorining rafiqasi Teymey malika Tok Xeni turmushga berish fikriga keldi va unga kuyov sifatida yapon oqsuyaklaridan biri – Takeyuki Soni tanlandi. Tez orada turmush qurgan juftlikvoilasida Masae ismli qizaloq dunyoga keldi. Bir qarashda malikaning hayoti iziga tushib ketgandek edi. U turmushga chiqib, oilali bo’lgan, shiringina qizalog’ini tarbiyalay boshlagandi. Aslida esa…

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Juftlik orasida muhabbat hech qachon bo’lmagan. Tokxening turmush o’rtog’i unga hiyonat qilar, oilani saqlab qolish haqida o’ylab ham o’tirmas edi. Tok Xe bundan qattiq azob chekardi. U yaponlar jamiyatiga o’rgana olmasdi, Vatan sog’inchi bilan yashashda davom etardi. Tok Xe yapon milliy liboslarini kiyishdan bosh tortish bilan birga qiziga kareyscha ism qo’yib olgan edi. Turmushining ikkinchi yilida Tok Xe salomatligida jiddiy muammolar kuzatila boshladi. Malika uyquda yurish bilan birga odatiy narsalarni unutib qo’ydi. Ortiq unga bola tarbiyasini ishonib topshirish mumkin emasdi. Bu vaqtda unga shaxsiy yordamchisi ko’mak qo’lini cho’zdi, uning qizini tarbiyalash bilan birga malikaning qalb og’riqlarini tushunishga harakat qildi. Biroq tez orada malikani ruhiy kasallar shifoxonasiga joylashtirishdi, Tok Xeni tushungan yagona inson uning shaxsiy yordamchisiga esa malika bilan ko’rishish taqiqlab qo’yildi.

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Malika umumiy hisobda umrining 15 yilini ruhiy kasalliklar shifoxonasida o’tkazdi. Bu vaqt davomida unga eri va qizi bilan ko’rishish uchun ruxsat berilmadi. U kasalxonada bo’lgan vaqti qizini yapon odatlariga ko’ra tarbiya qilishdi.

Ulg’aygan Masae onasining qayerda ekanligi bilan qiziqa boshladi. Ammo Takeyuki So Tok Xening qayerda ekanligini qizidan qattiq sir tutdi. Bir vaqtlar Tok Xening yaqin dugonasiga aylangan shaxsiy yordamchisi tinimsiz harakat qilib, malikani kasalxonadan chiqarib oldi.

Ozodlikka chiqqan malika eri va qizi bilan uchrashdi, ammo Masaening otasi o’zboshimchalik bilan tarbiya qilgani uni qattiq ranjitdi.

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Yaponiya Koreya ustidan nazoratni yoqotdi, siyosiy maqsadlarda barpo bo’lgan Tok Xe va Takeyuki So nikohi ham yakun topdi. Endigina o’ziga kela boshlagan Tok Xeni taqdirning navbatdagi zarbasi qiynoqqa soldi- ota-onasining ajrimini og’ir qabul qilgan Masae o’z joniga qasd qilib halok bo’ldi.

Yagona farzandining o’limi Tok Xening uyquga ketgan kasalligi qayta bosh ko’tarishiga sabab bo’ldi. U nafaqat odatiy narsalarni, balki odamlarning kim ekanligini ham unutdi.

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
1962 yilda malika koreys jurnalisti yordamida Janubiy Koreya hukumatiga murojat qilib, vataniga qaytdi. Ko’p yillardan beri odamlar bilan so’zlashmay qo’ygan, atrofidagilarga nisbatan hech qanday munosabat bildirmaydigan malika Vatan tuprog’iga qadam bosgach, achchiq ko’z yosh to’kdi.

U bir necha yil davomida Seuldagi saroyda hayot kechirdi. Aynan mana shu yillar uning hayotidagi eng sokin pallaga aylandi. So’nggi koreys malikasi 1989 yilda o’z vatanida olamdan o’tdi.

 

So’nggi koreys malikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar

Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Судьба последней в истории корейской королевы, которая является представительницей династии Лу, естественно, всех удивляет. Политические игры, предательства и одиночество преследовали принцессу Ток Хэ всю жизнь. Но ничто не могло сломить его волю, не погасить любви к родине. У дочери двадцать шестого правителя Чосона, принцессы Ток Хэ, было трудное [mask_link][/mask_link] детство.

В мае 1912 года Ян Гуй Ин, наложница императора Коджонга, родила девочку. Девочку назвали Ток Хе. Но поскольку Ток Хэ родила ток, а не королеву, чиновники не смотрели на нее как на королеву. Народ очень любил покойную королеву Минни, поэтому людям было нелегко принять маленькую девочку, которую она родила. Поэтому девушек встречали с саркастической улыбкой, а не с уважением.

К 1917 году император официально признал свою дочь принцессой. Но официальное название не могло полностью удовлетворить народную любовь к нему.

В результате Ток Хе вырастает застенчивой и застенчивой девочкой. Княгиня мало разговаривала с окружающими. Ее отец открыл во дворце детский сад для детей чиновников, чтобы любимая дочь могла ладить со сверстниками. Идея действительно сработала, и вскоре Ток Хе подружился с другими сверстниками, что привело к положительным изменениям в его психике.

Когда принцесса стала взрослой, политические отношения между Кореей и Японией обострились. Император осознавал опасность такого положения и хотел выдать дочь замуж, чтобы уберечь ее от лап врагов. Этот брак должен был защитить Ток Хэ от давления со стороны японских чиновников. Но вскоре из-за вмешательства Японии помолвка была расторгнута, а будущему мужу Ток Хэ запретили входить во дворец.

Через несколько месяцев династию Ли постигло великое бедствие, император Коджонг заболел.

Несмотря на усилия врачей спасти императору жизнь, он скончался. Эта ситуация положила начало трудным дням не только для принцессы, но и для всей страны, в Корее начались беспорядки и ожесточенная борьба за правительство.

Внутриполитическая ситуация в Корее позволила японцам усилить там свое влияние. Вскоре японцы объявили об объединении Японии и Кореи. Это стало кошмаром для людей, живущих в Корее. Восставших жестоко наказывали, печатные издания закрывали, корейцев заставляли менять имена на японские, от них требовали отречься от своей культуры.

В 1925 году случилось событие, которого опасался император Коджо – его любимая дочь Ток Хе была насильно сослана в Японию. Ток Хэ начал учиться в одном из местных учебных заведений.ему запретили въезжать в Корею и видеться с матерью. Девушка, живущая на чужбине, снова погрузилась в одиночество. Они пытались заставить его забыть свой язык и культуру.

Пять лет спустя мать Ток Хе скончалась. Принцессе разрешили поехать в Корею на похороны, но Ток Хе, приехавшей на родину, не разрешили попрощаться с матерью.

Эти трагические события оставили тяжелый след в сердце Ток Хэ. Вскоре выяснилось, что у него развилась шизофрения. Принцесса забыла пользоваться обычными и повседневными вещами — едой, питьем, даже повседневными предметами. Врачи посоветовали ему прогуляться на свежем воздухе. Из-за болезни принцессы к ней привезли ее брата.

Как только принцесса увидела своего брата, ее состояние, казалось, немного улучшилось. Спустя год стали наблюдаться положительные изменения в его здоровье.

В 1931 году Тэймэй, супруга японского императора, решила выйти замуж за принцессу Ток Хэ, и женихом ей был выбран один из японских дворян Такеюки Сони. У пары, которая вскоре поженилась, родилась маленькая девочка по имени Масаэ. На первый взгляд казалось, что жизнь принцессы пошла наперекосяк. Она вышла замуж, завела семью и начала воспитывать милую маленькую девочку. Фактически…

Между парой никогда не было любви. Муж Тохе предал ее и даже не думал о спасении семьи. Ток Хе сильно страдала от этого. Он не мог привыкнуть к японскому обществу, продолжал жить с тоской по дому. Ток Хе отказалась носить японскую национальную одежду и дала дочери корейское имя. На втором году жизни у Ток Хе начались серьезные проблемы со здоровьем. Принцесса забыла обычные вещи вместе с лунатизмом. Ему уже нельзя было доверить воспитание ребенка. В это время ее личный помощник протянул ей руку помощи, пытался понять душевную боль принцессы при воспитании дочери. Однако вскоре принцессу поместили в психиатрическую больницу, а единственному понимающему ее личному помощнику Ток Хе запретили видеться с принцессой.

Всего Малика провела в психиатрической больнице 15 лет своей жизни. В это время ей не разрешали видеться с мужем и дочерью. Пока она находилась в больнице, дочь воспитывалась по японским обычаям.

Повзрослев, Масаэ заинтересовался местонахождением своей матери. Но Такеюки держал местонахождение Со Ток Хе в секрете от дочери. Личный помощник Ток Хэ, который когда-то стал близким другом, неустанно работал над тем, чтобы вытащить принцессу из больницы.

Освобожденная принцесса воссоединилась со своим мужем и дочерью, но произвольное воспитание Масаэ ее отцом глубоко ранило ее.

После окончания Второй мировой войны Япония потеряла контроль над Кореей, и политический брак между Ток Хе и Такеюки Со распался. Ток Хэ, который только начинал приходить в себя, был замучен очередным ударом судьбы — Масаэ, тяжело воспринявший решение родителей, покончил жизнь самоубийством.

Смерть ее единственного ребенка заставила дремлющую болезнь Ток Хэ вновь проявиться. Он забыл не только привычные вещи, но и то, кем были люди.

В 1962 году принцесса с помощью корейского журналиста обратилась к правительству Южной Кореи и вернулась на родину. Ступив на землю Родины, княгиня, уже много лет не разговаривающая с людьми и не проявляющая никакой реакции на окружающих, пролила горькие слезы.

Несколько лет жил во дворце в Сеуле. Именно эти годы стали самым спокойным периодом в его жизни. Последняя корейская королева умерла у себя на родине в 1989 году.
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz