Ulug’bekning kutubxonasi bormi? Hozir u qayerda?

Ulug’bekning kutubxonasi bormi? Hozir u qayerda?

Kutubxonalar qadimda antik davr madaniyatining butun ilmini o’zida mujassam etgan manba hisoblangan. Uni donishmandlik xazinasi, fikrlar makoni deya ta’riflashar edi. Qadimda kutubxonalar ko’p bo’lgan, biroq ularning ko’pchiligi dushmanlar tomonidan yo’q qilingan, ba’zailari esa shunchalik mohirlik bilan berkitib qo’yilgan-ki, hali-hanuz topib bo’lmaydi.

O’z davrining buyuk sarkardasi Amir Temur Samarqandning nomini butun dunyoga yoyib, uni arxitektura va madaniyat markaziga aylantirdi. Sarkarda yurishlardan o’ljalar bilan birga Kichik Osiyodan, Turkiya, Hindistondan qimmatbaho kitoblarni olib kelar edi.

Amir Temurning vafotidan keyin uning imperiyasi ikkiga bo’lindi: Hirotni sarkardaning o’g’li Shohruh boshqargan bo’lsa, Movaraunnaxrda Shohruhning o’g’li Ulugbek hukmronlik qildi. Ulug’bekka bobosidan kutubxona ham meros bo’lib qoldi.

Ulug’bek o’rta asr davrining ma’rifatli hukmdorlaridan biri edi. U o’z atrofiga Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi sharqning buyuk olimlarini yig’gan edi. Katta davlatning hukdori bo’lishiga qaramasdan Ulug’bek umrining asosiy vaqtini ilmiy ishlarga bag’ishlar va ko’p vaqtini o’zi qurdirgan observatoriyada o’tkazar edi.

Otasining o’limidan keyin Ulig’bek Timiriylar sulolasining yagona hukmdori bo’ldi. Uning ilm bilan shug’ullanishi ko’pchilikka yoqmas edi. Ulug’bekka qarshi fitna uyushtirildi, dushmanlar hatto uning o’g’lini ham o’z tomonlariga og’dirib oldilar.

 

Ulug’bekning kutubxonasi bormi? Hozir u qayerda?
Yaqinlashib kelayotgan fitnani sezgan Ulug’bek hukumat tepasiga keladigan jaholat vakillari uning yaratgan ilm maskanini vayron qilishlarini bilar edi. Rasadxona yo’q qilinish arafasida edi, ammo kutubxonani qanday bo’lmasin saqlab qolish kerak edi. Olim o’z fikrini shogirdi Ali Qushchiga bildirdi, u esa buning yo’li borligini aytdi. Ali Qushchi Kesh qishlog’idan bo’lgan, shu qishloq yaqinida tog’da ko’plab g’orlar borligini va o’sha yerda kitoblarni yaxshilab berkitib qo’yish mumkinligi ham qo’shib o’tdi. Ulug’bek shunday qildi ham – bir necha yuz tomdan iborat kitoblar sandiqlarga joylanib, yashirin ravishda olib ketildi.

 

Ulug’bekning kutubxonasi bormi? Hozir u qayerda?
Buning orasida 1449 yilda Samarqandda fojiali voqealar sodir bo’ldi. Ulug’bek hiyonatkorona o’ldirildi, uning rasadxonasi vayron qilindi. Ustozining o’limidan keyin Ali Qushchi ham Turkiyaga o’tib ketdi. Aytishlaricha, u o’zi bilan birga kitoblarning ozgina qismini olib ketgan, qolgani esa maxfiy berkitilgan joyda qolib ketdi. Ali Qushchi Movaraunnaxrga boshqa qaytib kelolmadi, kitoblarning berkitilgan joyini esa faqatgina u bilar edi. Shu tariqa kutubxonaning izlari ham yo’qoldi, uning joylashgan joyi hozirda ham Sharqning yechimi topilmagan jimbog’i bo’lib qolmoqda.

 

Manba
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
В древности библиотеки считались источником всех знаний античной культуры. Его описывали как сокровище мудрости, место мыслей. В древности было много библиотек, но многие из них были уничтожены врагами, а некоторые были так ловко спрятаны, что их до сих пор невозможно найти.

Великий полководец своего времени Амир Темур прославил Самарканд на весь мир и превратил его в центр архитектуры и культуры. Саркар привозил драгоценные книги из Малой Азии, Турции и Индии вместе с добычей из походов.

После смерти Амира Темура его империя разделилась на две части: Гератом правил сын военачальника Шахрух, а сын Шахруха Улугбек правил Моварауннахром. Библиотека также досталась в наследство от деда Улугбекки.

Улугбек был одним из просвещенных правителей Средневековья. Он собрал вокруг себя великих ученых Востока, таких как Казизада Руми и Али Кушчи. Несмотря на то, что он был правителем большой страны, Улугбек большую часть своей жизни посвятил научной работе и большую часть времени проводил в построенной им обсерватории.

После смерти отца Улигбек стал единоличным правителем династии Тимири. Многим не нравилось то, что он занимался наукой. Против Улугбека был организован заговор, враги даже переманили его сына на свою сторону.

Предчувствуя готовящийся заговор, Улугбек знал, что приходящие на вершину власти представители невежества разрушат созданное им место знаний. Обсерваторию вот-вот должны были уничтожить, но библиотеку все равно нужно было спасать. Ученый высказал свое мнение своему ученику Али Кушчи, который сказал, что способ есть. Али Кушчи из села Кеш и добавил, что недалеко от этого села в горе есть много пещер, где можно хорошо спрятать книги. Улугбек так и сделал — несколько сотен томов книг были помещены в сундуки и тайно увезены.

Между тем в 1449 году в Самарканде произошли трагические события. Улугбек был предательски убит, его обсерватория разрушена. После смерти своего учителя Али Кушчи переехал в Турцию. Говорят, что он взял с собой лишь малую часть книг, а остальные остались в тайнике. Али Кушчи не мог вернуться в Моварауннахр, и только он знал, где спрятаны книги. Таким образом, следы библиотеки исчезли, а ее местонахождение остается неразгаданной тайной Востока.

[mask_link]Источник[/mask_link]
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz