Jinsiy munosabatda ehtiros yo‘qolishi sabablari

Jinsiy munosabatda ehtiros yo‘qolishi sabablari

Er-xotin o‘rtasidagi qizg‘in ehtiroslar davri abadiy emas… Bunga tayyor bo‘ling!

Birgalikda o‘tadigan dastlabki maftunkor tunlar shu qadar qisqadek tuyuladiki, yosh kelin-kuyov qanday qilib tong otganini ham bilmay qoladi. Qorni och, kiyimi dazmollanmagan yoki hovlisi chala supurilgan bo‘lsa ham erkak va ayolning ko‘zlari porlab turadi. Sevgan yori bir zumga bo‘lsa-da hayolidan ketmaydi, ismi esa tilidan tushmaydi…

Er-xotinning bir-biriga bo‘lgan telbalarcha intilishi vaqt o‘tgach oila oldidagi ma’suliyat hissiga joy bo‘shatadi. Juftlik munosabatlari u qadar lazzatli tuyulmay qo‘yadi. Oilaviy hayotning turli davrlarida kechuvchi bunday jarayon juftlik munosabatlariga xavf solishi tayin. Qanday qilib bunday “sovish” dan himoyalanish mumkin?

Birinchi yil. “Sensiz o‘laman!”

Kuyov imkon topildi deguncha ishidan ertaroq uyga qaytishga harakat qiladi. Kelin esa sepidagi eng chiroyli ko‘ylaklarini kiyib, pardoz uchun hafsala va atir-upani ayamaydi. Bir-biriga mehr to‘la nigohlar bilan soatlab tikilib o‘tirishadi. Sevimli futbol komandaning o‘yini ham, bitta qismi qoldirilmay ko‘riladigan serial ham unutiladi. Ehtiroslarga bo‘ysungan jinsiy hayotning jo‘shqinligi ertami-kechmi, yoshlarni charchatadi.

Romantikaga bo‘lgan ishtiyoqning pasayishi natijasida yosh er-xotinning yotog‘i endi ikir-chikirlar borasidagi tortishuv maydoniga aylanadi. Turmushdagi tushunmovchilik va dilxiraliklar jinsiy hayotga rahna sola boshlaydi. Ishdan kech kelingani yoki taomning sho‘r chiqqanligi kabi holatlarda bir-birlariga yotoqdan bosh tortish bilan jazo qo‘llashlari ham mumkin. Bu davrning talofatlarsiz kechishini istaganlarga bir-birlariga e’tiborli bo‘lishlari hamda “yotoqxona inqirozi” sabab keskin xulosalarga kelmaslik tavsiya etiladi.

Uchinchi yil. Odatiy holat

Bu vaqtga kelib ko‘pgina juftliklar jinsiy hayotlariga “Bir oyda ikki marta, faqat shanba yoki payshanba kuni!” iborasini kiritishadi, ya’ni belgilangan jadvalga amal qilishadi. Va bu ular uchun normal holat deb baholanadi. Albatta yangi kelin-kuyovlik davrlarida bu narsani eshitganlarida “menda hech qachon bunday bo‘lmaydi” deyishlari aniq edi. Jinsiy hayotga sovuqchilik tushishiga asosan bir narsa xavf soladi, u ham bo‘lsa tirikchilik tashvishidir. Yosh bola yig‘lab turganida, uyda kartoshka qolmaganida yoki chiroq haqini to‘lash kerak bo‘lganida “ehtiros” so‘zi ensani qotiradi xolos…

Ammo iliq munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilish faqat o‘zingiz uchun foyda: oyda bir-ikki marotaba bo‘lsa-da, hamma tashvishlarni ortga tashlab, faqat bir-biringizga vaqt ajratishga harakat qiling! Chunki jinsiy hayotning zavqli kechishi oilaviy munosabatlarning “yoqilg‘i”si sanaladi. O‘choqning so‘nayotgan oloviga o‘tin qalab turish kerakligini yaxshi bilasiz.

Yettinchi yil. Shu shartmi?

Bu davrga kelib ikkita xavfli vaziyat vujudga keladi. Ketma-ket farzandli bo‘lib, uyda o‘tirib qolgan ayol o‘zining tashqi ko‘rinishidan qoniqmaydi, “semirib ketdim, hayotdan ortda qoldim” deb tushkunlikka tushadi. Er esa ro‘zg‘orning g‘oridan, uyda ertadan kechgacha noliydigan xotinidan, biri olib-ikkinchisi qo‘yib to‘polon qiladigan bolalar xarxashasidan bezib, oilaviy hayot unga zerikarli tuyula boshlaydi.

Unutmang: er-xotin o‘rtasidagi ehtirosning mash’alasi ayol qo‘lida! Modomiki ayol o‘zini go‘zal va yoqimli va yoki aksincha hisoblar ekan, er faqatgina ayolining fikriga qo‘shiladi xolos. Latofatli, nazokatli, o‘ziga jalb qilishni biladigan ayolning yonida bo‘lish uchun erkak doimo uyiga oshiqadi. Ayolning mehri va mahorati erning atrofdagi begona “etak”larga o‘ralashmasligi uchun yaxshi sabab bo‘la oladi. Erkakning sevimli ayoli bilan yonma-yon nafas olish istagi ham shundandir.

Tashvishga berilmang!

  • Jinsiy hayotni yaxshilash borasida seksopatolog hamda ruhshunoslarga murojaat qilayotganlarning aksariyati 5-7 yil davomida birga yashagan er-xotinlardir. Tajribali mutaxassislar maslahati “Bir kunda erni qaytariq qilaman” degan e’lonlardan ko‘ra ishonchli va foydaliroq bo‘ladi.
  • Demak, bir-biriga qiziqishi qolmaganidan er-xotinlar atrofga alanglay boshlashi mumkin. O‘zingizga mahkam bo‘ling, “uchinchi shaxs” qo‘shilishi oilani barbod qiladi!

Ekspert: Ramazon NAZAROV, androlog-seksopatolog.

Manba: “Sug‘diyona” gazetasi.
!Ma’lumotlar rus tilida:
Период бурной страсти между парой не вечен… Приготовьтесь к этому!

Первые очаровательные ночи, проведенные вместе, кажутся такими короткими, что юные жених и невеста даже не знают, как наступило утро. Даже если желудок пуст, белье не выглажено или двор не до конца подметен, глаза у мужчин и женщин блестят. Даже если на мгновение, человек, которого ты любишь, не уйдет из твоей памяти, а твое имя не сорвется с твоего языка…

Безумное желание пары друг к другу со временем уступает место чувству ответственности перед семьей. Отношения пары не кажутся такими уж восхитительными. Такой процесс, происходящий в разные периоды семейной жизни, неминуемо ставит под угрозу отношения пары. Как защититься от такого «охлаждения»?

Первый год. «Я умру без тебя!»

Жених старается пораньше вернуться с работы, пока не находит возможности. А невеста надевает самые красивые платья из своего приданого и не жалеет сил на макияж и духи. Они часами смотрят друг на друга влюбленными глазами. Игра любимой футбольной команды забывается, как и сериал, который смотрят, не пропуская ни одной серии. Изобилие страстной сексуальной жизни рано или поздно утомляет молодых людей.

В результате упадка страсти к романтике постель молодой пары теперь становится предметом споров о двух вещах. Непонимание и непонимание в браке начинают мешать половой жизни. Они могут наказывать друг друга, отказывая в постели в таких случаях, как опоздание с работы или пересоленная пища. Тем, кто хочет, чтобы этот период прошел без жертв, рекомендуется быть внимательными друг к другу и не делать резких выводов из-за «спального кризиса».

Третий год. Обычная ситуация

К этому времени многие пары изменили свою сексуальную жизнь на «Два раза в месяц, только по субботам или четвергам!» вводят фразу, то есть следуют установленному расписанию. И это считается для них нормальным. Конечно, когда молодожены это услышали, было понятно, что они скажут: «У меня такого никогда не будет». Есть одна вещь, которая угрожает холодности сексуальной жизни, и это беспокойство о средствах к существованию. Когда плачет маленький ребенок, когда в доме не осталось картошки или когда нужно платить за свет, от слова «страсть» просто стынет шея…

А вот попытки сохранить теплые отношения идут вам только на пользу: хотя бы раз-два в месяц постарайтесь отложить в сторону все заботы и проводить время только друг с другом! Потому что удовольствие от сексуальной жизни считается «топливом» семейных отношений. Вы прекрасно знаете, что нужно хранить дрова в догорающем огне печи.

Седьмой год. Это требование?

К этому времени возникают две опасные ситуации. Женщина, родившая подряд детей и сидящая дома, недовольна своим внешним видом, она в депрессии, говоря: «Я толстая, я отстала в жизни».Муж устал от пещеры заработка, жены, которая жалуется дома с утра до ночи, и детей, которые суетятся один за другим, семейная жизнь начинает казаться ему скучной.

Не забывайте: факел страсти между парой в руках женщины! Пока женщина считает себя красивой и милой и наоборот, муж будет соглашаться только с мнением жены. Мужчина всегда влюбляется в свой дом, чтобы быть рядом с нежной, женственной женщиной, которая знает, как его привлечь. Любовь и умения женщины могут стать для мужа весомым поводом не кутаться в чужие «юбки» вокруг себя. Вот почему мужчина хочет дышать бок о бок с любимой женщиной.

Не паникуй!
Большинство людей, которые обращаются к сексологам и психологам для улучшения своей сексуальной жизни, это пары, прожившие вместе 5-7 лет. Советы опытных специалистов надежнее и полезнее, чем объявления, в которых говорится: «Верну землю через день».
Таким образом, пары могут начать терять интерес друг к другу. Готовьтесь, добавление «третьего лица» разрушит семью!

Эксперт: Рамазон НАЗАРОВ, андролог-сексопатолог.

Источник: газета «Сугдиёна».
[/spoiler]

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz