Jinsiy yaqinlikdan qo‘rqish yoxud vaginizm haqida

Jinsiy yaqinlikdan qo‘rqish yoxud vaginizm haqida

Jinsiy aloqa paytidagi katta-kichik noxushliklar haqida ayollarning ochiq gapirishga uyalishlari rost. Ammo bu jinsiy hayot sifati va juftliklarning o‘zaro munosabatlariga salbiy ma’noda ta’sir etayotgan bo‘lsa, albatta, chorasini ko‘rish zarur. Ayniqsa, jinsiy yaqinlikka kirishishdan qo‘rqish, qorinning pastki sohasi, qinda og‘riq yuzaga kelishi tez-tez takrorlanayotgan bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qilishdan aslo cho‘chimaslik kerak. Tibbiyotda mazkur holat vaginizm kasalligi nomi bilan yuritilib, bugungi kunda uni davolashning samarali usullari mavjud.

Vaginizm — nima?

Jinsiy yaqinlikka kirishishdan xavfsirash, aloqa vaqti qin mushaklarining tortilib, siqilishi natijasida og‘riq yuzaga kelishidir. Mazkur kasallik belgilari faqat jinsiy yaqinlik paytida namoyon bo‘lgani bois, ko‘pchilik ayollar uni jiddiy qabul qilmay, jinsiy a’zolar yallig‘lanishi bilan adashtirishlari mumkin. Shuning uchun ham og‘riqlar kuzatilganida yoki homilador bo‘lolmasangiz, muammoning asl negizi bilan darhol qiziqing. Chunki jinsiy aloqa vaqtida tez-tez va muntazam takrorlanuvchi bezovtaliklar aynan vaginizm kasalligiga xos bo‘lib, to‘liq davolanilmasa, jinsiy hayot sifatini oshirish yoki istalgan homiladorlikka erishish mushkul.

Sabablari qanday?

Kasallikning kelib chiqishiga sabablar turlicha taxmin qilinsa-da, asosiy omil sifatida qo‘rquv, jinsiy hayotdan xavfsirash, stress, nevroz holatlari ko‘rsatiladi. Vaginizm aksariyat hollarda yangi turmush qurgan juftliklar orasida ko‘proq kuzatiladi. Turmushga chiqmagan qizlar ruhiyatidagi o‘zgarishlar, birinchi nikoh kechasi haqidagi vahimali o‘ylar, jinsiy hayot to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlar ham kasallikni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bilan birga jinsiy a’zolardagi yallig‘lanishlar asorati yoki tug‘ruq jarayonidagi jarohatlar ta’sirida ham vaginizm paydo bo‘lishi ehtimoli bor.

Nimalarda namoyon bo‘ladi?

Kasallik kechishiga ko‘ra, uning uch davri mavjud. Bular:

  • Yengil daraja – jinsiy yaqinlik qilish imkoniyati saqlanib qolinsa-da, yoqimsiz hissiyotlarning mavjudligi, jinsiy a’zolardagi og‘riqlar, xohish so‘nib borishi;
  • O‘rta dajara – jinsiy yaqinlikka kirishish jarayonida qin sohasidagi og‘riqning namoyon bo‘lishi;
  • Og‘ir daraja – jinsiy yaqinlikka kirishish oldidan hatto bu haqda xayol qilinsa ham qin mushaklarining tortilishi va qisilishi yuzaga kelib, barmoq bilan paypaslaganda kuchli og‘riq kuzatiladi.

Shunisi ham borki…

Mazkur xastalikka tashxis qo‘yishda uning birlamchi va ikkilamchi turlari ham inobatga olinadi. Xususan:

Birlamchi vaginizm – ilk jinsiy yaqinlik vaqtidagi qo‘rquv, kuchli hayajon, xavfsirash natijasida yuzaga kelib, qin sohasidagi og‘riqlar bilan kuzatiladi. Bunda jinsiy aloqaga kirishish mushkul. Odatda, kasallikning mazkur turi bilan og‘rigan ayollar ginekologik tekshiruv chog‘ida ham noqulayliklarga duch kelishadi, qolaversa, tampon gigiyena vositalaridan foydalanishda muammolar borligini e’tirof etishadi.

Ikkilamchi vaginizm – jinsiy hayot bir maromda davom etib, bu borada muammolar bo‘lmaydi. Kasallik jinsiy a’zolar, peshob ajralishi tizimidagi yallig‘lanishlar asorati, jinsiy aloqa vaqti erkakning qo‘pol harakatlanishi kabi sabablar tufayli yuzaga keladi.

Davosi bor!

Kasallikni davolashda avval uning kelib chiqishi sabablari o‘rganilib, shunga ko‘ra, zarur muolaja tanlanadi. Ikkilamchi vaginizmda, asosan, yallig‘lanish asoratini bartaraf etishga e’tibor qaratilib, turli xil preparatlar buyuriladi. Birlamchi ko‘rinishida esa ruhiyatga ta’sir etish orqali tasavvurdagi turli noxushlik va bezovtaliklar bartaraf etilib, sog‘ayishga erishish mumkin. Bunday holatlarda ginekolog, seksapatolog va psixonevrolog mutaxassislarga murojaat etib, kompleks muolajalar olish ayni muddaodir. Muolaja davomida kasallikning negizi asab tizimi bilan bog‘liqligi aniqlansa, tinchlantiruvchi dori-darmonlar, massaj, fizioterapiya usullari qo‘llanadi. Shu bilan birga seksapatolog shifokorning individual seanslari ham o‘tkaziladi.

Muammodan cho‘chimang!

Mutaxassislar bir martalik to‘g‘ri va to‘liq davolanishdan so‘ng kasallik qayta bezovta qilmasligini ta’kidlashadi. Agar sizda mazkur kasallikka doir belgilar kuzatilayotgan bo‘lsa, bu haqda juftingiz bilan suhbatlashishdan cho‘chimang. Negaki, muolaja davomiyligini ta’minlash va mutaxassislar ko‘rigida er-xotinning birgalikdagi ishtiroki muhimdir.

Ekspert: Ramazon Nazarov, androlog-seksapatolog.

Manba
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Это правда, что женщинам стыдно открыто говорить о больших и маленьких неприятностях во время секса. Но если это негативно сказывается на качестве половой жизни и отношениях пары, необходимо принимать меры. Не нужно бояться обращаться к специалисту, особенно если вы боитесь полового акта, боли внизу живота или во влагалище повторяются часто. В медицине это состояние известно как вагинизм, и сегодня существуют эффективные методы его лечения.

Что такое вагинизм?

Боязнь полового акта, боль возникает в результате напряжения и сжатия мышц влагалища во время полового акта. Поскольку симптомы этого заболевания проявляются только во время полового акта, многие женщины не воспринимают его всерьез и могут спутать с воспалением половых органов. Поэтому при появлении болей или при невозможности забеременеть сразу интересуйтесь первопричиной проблемы. Потому что для болезни вагинизм характерны частые и регулярные нарушения во время полового акта, и при отсутствии полноценного лечения трудно улучшить качество половой жизни или добиться желаемой беременности.

Каковы причины?

Хотя причины возникновения болезни оцениваются по-разному, основными факторами являются страх, риск сексуальной жизни, стресс, невроз. Вагинизм чаще встречается у молодоженов. Изменения в психике незамужних девушек, пугающие мысли о первой брачной ночи, неправильные представления о сексуальной жизни также могут стать причиной заболевания. В то же время существует вероятность того, что вагинизм может появиться в результате осложнений воспалительного процесса в половых органах или травм во время родов.

Что это показывает?

По течению болезни выделяют три периода. Это:

Легкая степень – наличие неприятных ощущений, болей в половых органах, желание угасает, хотя возможность половой близости сохраняется;
Средний уровень – проявление болей во влагалище при половом акте;
Тяжелая степень – перед половым актом, даже если подумать, мышцы влагалища напрягаются и напрягаются, а при пальпации пальцем наблюдается сильная боль.
Также есть тот факт, что…

При диагностике этого заболевания учитывают как его первичный, так и вторичный виды. Особенно:

Первичный вагинизм возникает в результате страха, сильного возбуждения, опасности при первом половом акте и наблюдается при болях во влагалище. Трудно заниматься сексом. Обычно женщины, страдающие данным видом заболевания, испытывают дискомфорт во время гинекологического осмотра, кроме того, они признаются, что у них есть проблемы с использованием тампонов.

Вторичный вагинизм – половая жизнь продолжается одновременно,в этом плане проблем не будет. Заболевание возникает из-за таких причин, как осложнения воспаления в половых органах, мочевыводящей системе, грубые движения мужчины во время полового акта.

Есть лекарство!

При лечении заболевания в первую очередь изучаются причины его возникновения, и в соответствии с этим подбирается необходимое лечение. При вторичном вагинизме основное внимание сосредотачивают на устранении осложнения воспаления, назначают различные лекарственные средства. При первичной форме путем воздействия на психику можно устранить различные неприятности и нарушения воображения и добиться выздоровления. В таких случаях пора обращаться к гинекологам, сексопатологам и психоневрологам и проходить комплексное лечение. При лечении, если установлено, что корень болезни связан с нервной системой, применяют седативные препараты, массаж, физиотерапевтические методы. Параллельно проводятся и индивидуальные занятия сексопатолога.

Не бойтесь проблемы!

Специалисты подчеркивают, что после однократного правильного и полного лечения болезнь больше не беспокоит. Если у вас есть признаки этого заболевания, не стесняйтесь поговорить об этом со своим партнером. Ведь важно обеспечить продолжительность лечения и совместное участие пары в осмотре специалистов.

Эксперт: Рамазон Назаров, андролог-сексопатолог.

[mask_link]Источник[/mask_link]
[/spoiler]

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz