Onaga xizmat — Islomiy hikoya

Bir xasta ayolning ikkita o‘g‘li bor edi. Aka-uka har kecha navbatlashib onalariga qarab chiqishardi. Uka o‘z navbatchiligida ko‘proq ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar va bundan faxr qilardi. Bir kecha akasining navbatida:

– Bu kecha ham dam ola qoling, men baribir tuni bilan uxlamay ibodat qilaman, – dedi.

Akasi rozi bo‘ldi. Uka yarim tunda sajdaga bosh qo‘ygancha ko‘zi ilindi. Tushida unga bir ovoz eshitildi:

– Akangning gunohlari kechirildi, sen ham uning hurmati uchun afv qilinding.

– Men kecha-yu kunduz Allohga ibodatda bo‘lsam, akam esa onamga xizmat qiladi, xolos, – hayron bo‘ldi uka.
– Shunda ham men uning hurmati uchun afv etilamanmi?

– Albatta. Chunki onang muhtoj bo‘lgan xizmatni unga akang qilyapti, sen qilayotgan amallarga esa bizning aslo ehtiyojimiz yo‘q.

“Irfon” taqvimining 2011 yil, 1-sonidan olindi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: