Homiladorlikning oxirgi uch oyligi ayol uchun eng hayajonli davr hisoblanadi. Tug‘ruq jarayoni yaqinlashgan sari, ayollarda savollar ham ko‘paya boradi. Ulardan eng ko‘p so‘raladigani to‘lg‘oq qanday boshlanadi, ayol kishi nimalarni his qiladi, og‘riq bo‘lmaydimi kabi savollardir.
Aynan mana shu davrda ilk bor farzand dunyoga keltirayotgan ayollar ko‘proq xavotirda bo‘ladilar. Aslini olganda, bu davrda xavotirlanishga asos yo‘q. Salbiy emotsional holat tufayli og‘riq hissi yanada kuchayishi mumkin. To‘lg‘oq – dard haqida kamroq o‘ylasangiz va kamroq xavotirlansangiz, bu jarayonning oson kechishi va asoratlar bo‘lmasligiga erishasiz.
Ha, albatta og‘riq hissini kamaytiruvchi usullar ham bor. To‘lg‘oq, ayollarda tug‘ishdan oldingi dard haqida ushbu maqolada batafsil ma’lumot beramiz.
Tug‘ruqdan oldingi dardni (to‘lg‘oqni) qanday bilib olsa bo‘ladi?
Homilador ayollarda tug‘ish oldidan yolg‘on to‘lg‘oqlar (mashq qilish uchun) ham kuzatilib turadi. Ular homilador ayolni 20-haftalardan boshlab bezovta qiladi. Yolg‘on to‘lg‘oq ayollarda biroz diskomfort tug‘diradi, u davomli bo‘lmaydi va ko‘p hollarda og‘riqsiz namoyon bo‘ladi. Bachadonning siqilishi va diskomfortdan biroz sayr qilish yoki iliq vanna qabul qilish bartaraf etadi.
Chin to‘lg‘oq (dard) – tug‘ruq jarayoni boshlanishining eng asosiy “xabarchisidir”.
Tug‘ruqdan oldingi to‘lg‘oq qanday kechadi va bu holat nimaga o‘xshaydi?
Har bir ayolda dard kechishi o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Bu ayol organizmining jismoniy holati va homilaning joylashishiga bog‘liq. Masalan, ayrimlar bel sohasidagi simmilovchi og‘riq, so‘ngra og‘riqning qorin va chanoq sohasiga ko‘chganligini aytishadi.
Boshqalar esa, to‘lg‘oq tutgandagi og‘riq hayz ko‘rgandagi og‘riq kabi sezilishini aytishgan. Dard tutgan vaqtda og‘riq kuchayib boradi, bunda bachadon qattiqlash “tosh kabi” bo‘lib qoladi, buni oson aniqlash mumkin, qo‘llar bilan bachadon sohasi palpatsiya qilinishi kifoya.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha belgilar yolg‘on to‘lg‘oqqa ham xos. Unday bo‘lsa, chin to‘lg‘oqni qanday farqlab olsa bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy holat, albatta. Chin to‘lg‘oq boshlanganligini va tug‘ish jarayoni yaqinlashganligini bildiruvchi umumiy belgilar mavjud, ular quyidagilar:
- Belgilarning doimiy bo‘lishi;
- Ularning bezovta qilishi chastotasi ortib borishi;
- Vaqt o‘tishi bilan og‘riqning kuchayib borishi.
Avvaliga homilador ayol to‘lg‘oq belgilarini uzoqroq vaqt oralig‘ida his qiladi. Bunda og‘riq kuchsiz bo‘ladi. Keyinchalik, dard kelish oralig‘i kamayib boradi, og‘ri hissi esa kuchayib boradi.
Umumiy belgilardan kelib chiqqan holda to‘lg‘oq (dard) jarayonini 3 ta fazaga bo‘lish mumkin:
- Boshlang‘ich (latent, yashirin);
- Aktiv;
- O‘tib ketuvchi.
Boshlang‘ich davr – o‘rtacha 7-8 soat davom etadi. Bunda bachadon siqilishi 30-45 sekundda davom etadi. Dard oralig‘i esa 5 daqiqa atrofida. Bu davrda bachadon bo‘yni 0-3 sm ga kengayadi.
Aktiv davrda 3 soatdan 5 soatgacha davom etadi. Dard 60 soniyagacha davom etib turadi. To‘lg‘oq takrorlanish oralig‘i har 2-4 daqiqada. Bu davrda bachadon bo‘yni 3-7 sm ga kengayadi.
O‘tib ketuvchi davr eng qisqa davr hisoblanadi. Homilador ayolda bu davr 0,5-1,5 soatgacha davom etishi mumkin. Dard bo‘lishi uzoq muddat ushlanib turadi, 70-90 sekundgacha. To‘lg‘oq takrorlanish oralig‘i har 1 daqiqada bo‘ladi. Bachadon bo‘yni 7-10 sm ga ochiladi.
Avvallari farzand dunyoga keltirgan ayollarda ham to‘lg‘oq 3 davrga bo‘linadi. Faqat bunday ayollarda dard kelish davri qisqa va osonroq kechadi.
To‘lg‘oq boshlanganda nima qilish kerak?
Homilador ayolda to‘lg‘oq boshlanganda – xavotirlanmasligi lozim. Qulayroq joyda o‘tirib olish va to‘lg‘oq davrlari va ularning davomiyligi, takrorlanish oralig‘idagi vaqtni aniqlab olish kerak. Ularni qayd etib, yozib borish zarur. Ayol o‘y hayolida – to‘lg‘oq og‘riqliroqmi yoki tug‘ishmi degan fikr bo‘lmasligi lozim. Qo‘rquv tufayli og‘riq yanada kuchayishi mumkin.
Agar to‘lg‘oq muddati qisqa bo‘lsa va uning takrorlanish oralig‘i uzoq bo‘lsa (20-30 daqiqa) tug‘ruq jarayoniga hali erta. Ayol kishida tayyorgarlik ko‘rish, tez tibbiy yordamga murojaat etish uchun biroz vaqti borligidan dalolatdir. Oralig‘i 5-7 daqiqa bilan takrorlanib keladigan to‘lg‘oq boshlansa, darhol tug‘uruqxonaga borish kerak bo‘ladi.
To‘lg‘oqning boshlang‘ich davri bir necha soatlarni tashkil etsa ham shifoxonaga borish zarur, chunki tug‘ruq oldi suvi (qog‘onoq suvi) erta kelishi ham mumkin, bunday vaqt ayol kishi ginekolog nazorati ostida bo‘lgani yaxshiroq.
To‘lg‘oq va tug‘ruq jarayonini qanday qilib chaqirish mumkin?
Ko‘pchilik ayollarda tug‘ruq jarayoni homiladorlikning 37-40 haftalarida ro‘y beradi. Ammo, ayrim holatlarda homiladorlik 41, 42 va hatto 43 hafta davom etadi. Albatta, ayollar bu vaqtda xavotirga tushishadi, asabiylashishadi, tezroq farzandini dunyoga keltirishni istashadi, lekin bolakaylari dunyoga kelay demaydi.
Homilaning o‘limi platsenta (yo‘ldoshning) muddat o‘tganligi sababli kelib chiqishi mumkin. Bolakay uchun kislorod va ozuqaviy moddalar yetib bormaydi. Shu sababli ko‘pchilik ayollarni qiziqtiradigan savol – qanday qilib dardni chaqirsa bo‘ladi.
Salbiy oqibatlardan qochish uchun sun’iy ravishda to‘lg‘oq chaqirsa ham bo‘ladi, biroq buni faqatgina shifokor-ginekolog bajaradi. Ayol kishida hech qanday patologiya yo‘q va qog‘onoq suvi toza bo‘lsa, tug‘ish jarayonini tezlashtirish shart emas. Barchasi o‘z vaqtida bo‘lgani yaxshi. Agar qandaydir bir o‘zgarishlar sezilsa, shifokor darhol tug‘ruq jarayonini tezlashtiradi va sun’iy ravishda to‘lg‘oq chaqiradi.
To‘lg‘oqni mustaqil ravishda ham chaqirsa bo‘ladi. Masalan, vertikal (tik) holatda ko‘proq turish, yurish, harakatlanish, bunda ayol kishi charchab qolmasligi va asabiylashmasligi kerak.
To‘lg‘oqni chaqirishning yana bir usuli ko‘krak bezi so‘rg‘ichlarini massaj qilishdir. Bunday massajni homiladorlikning 37-haftalaridan boshlash lozim. So‘rg‘ich massaj qilinishi natijasida organizmda oksitotsin gormoni ko‘p ajralib chiqadi, bu gormon ta’siri ostida bachadon qisqarishi kuchayadi hamda so‘rg‘ichlar bolakay emishi uchun tayyorlanadi.
To‘lg‘oqni qanday qilib yengillashtirish mumkin?
Shifokorlar maxsus preparatlar yordamida to‘lg‘oq va tug‘ruq jarayonida og‘riqni kamaytirishlari mumkin. Ammo, anesteziya muolajasini o‘tkazish kerak emas. Chunki, anestetik preparatlar bolakayga va ayol organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
To‘lg‘oq va tug‘ish vaqtida og‘riqni kamaytirishning eng oson va xavfsiz usuli – to‘g‘ri nafas olishdir. Shu yo‘l bilan ayol kishi tinchlanadi. Dard boshlanganda ayol kishi nafas chiqarishi kerak, hayolida nafas bilan birgalikda og‘riq ham “chiqib ketyapti” deb tasavvur etishi kerak. Biroz shovqin solsa ham bo‘ladi, bu ham to‘lg‘oqni yengillashtiradi. Tug‘ruq jarayoni stress bo‘lganligi sabab bu kabi mashqlar esdan chiqib qolmasligi uchun, homilador ayol oldindan mashq qilishi lozim.
O‘z umr yo‘ldoshingiz yoki yaqin qarindoshlaringiz tomonidan belning pastki qismini yengil massaj qilinishi ham to‘lg‘oq vaqtidagi og‘riq hissini kamaytiradi. Bu usul juda ham samarali. Chunki, bachadonga boradigan nerv tolalari aynan bel sohasidagi umurtqalar orasidan o‘tadi.
Psixologik kayfiyat ham muhim rol o‘ynaydi. Faqat va faqat yaxshi narsalar haqida o‘ylash kerak, yaqin vaqtlar ichida o‘zingizning shirindan shakar farzandingiz dunyoga kelishi haqida o‘ylash ham og‘riqni kamayishiga yordam beradi.
Bir to‘lg‘oq o‘tib ikkinchisi kelishini kutib o‘tirmaslik kerak. To‘lg‘oq oralig‘idagi vaqt ayol kishining dam olishi uchun imkondir. Agar homilador ayol keying to‘lg‘oqni ham kutib o‘tirsa, dard kelganda tez charchab qolishi mumkin.
Xulosa o‘rnida
To‘lg‘oq (tug‘ruqdan oldingi dard) – bu tabiiy fiziologik jarayon. Barcha homilador ayollar bu kabi holatdan o‘tishadi. To‘lg‘oq qanday boshlanadi – mana shu savol ko‘pchilik ayollarni qiziqtiradi. Dard kelgandagi hislarni aniq aytib berish qiyin, sababi ular barcha ayollarda o‘ziga xos kechadi. Ba’zilar to‘lg‘oqdagi og‘riqlarni hayz ko‘rgandagi og‘riqlarga o‘xshatsa, ba’zilar ichaklardagi muammolar kabi og‘riq bo‘lishini aytishadi.
Har qanday holatda ham og‘riqlardan qo‘rqmaslik kerak. Barcha og‘riqlar shiringina farzandingiz dunyoga kelganidan keyin unutilib ketadi.
Ikid.uz
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Последний триместр беременности – самый волнительный период для женщины. По мере приближения процесса родов у женщин возникает все больше вопросов. Наиболее часто задают вопросы, как начинаются роды, что чувствует женщина, есть ли боль.
Именно в этот период больше беспокоятся женщины, впервые рожающие ребенка. На самом деле поводов для беспокойства в этот период нет. Негативное эмоциональное состояние может усилить боль. Труд – если вы будете меньше думать о боли и меньше беспокоиться, вы добьетесь более легкого и менее сложного процесса.
Фото: Гетти Изображений
Да, конечно, есть способы уменьшить боль. В этой статье мы предоставим подробную информацию о беременности, дородовой боли у женщин.
Как узнать боль перед родами (беременностью)?
Ложные схватки (на нагрузку) наблюдаются и у беременных перед родами. Они беспокоят беременную женщину с 20-й недели. Ложная беременность вызывает у женщин некоторый дискомфорт, она непродолжительна и в большинстве случаев протекает безболезненно. Сокращения матки и дискомфорт можно облегчить, совершив короткую прогулку или приняв теплую ванну.
Спазмы (боль) – главный «предвестник» начала родов.
Что такое преждевременные роды и на что они похожи?
Боли у каждой женщины имеют свои проявления. Это зависит от физического состояния организма женщины и расположения плода. Например, некоторые говорят, что боль в пояснице пульсирует, а затем боль переместилась на живот и пах.
Другие сообщают, что родовые схватки похожи на менструальные боли. В момент болей боль усиливается, уплотнение матки становится «каменным», что легко определить при пальпации области матки руками.
Все перечисленные выше признаки характерны для ложной беременности. В таком случае естественно возникает вопрос, как отличить настоящую беременность. Есть несколько общих признаков, которые указывают на то, что вы находитесь в родах и что процесс родов неизбежен, а именно:
постоянство знаков;
Частота их нарушения увеличивается;
Нарастающая боль со временем.
В первое время беременная ощущает признаки родовой деятельности более длительный период времени. В этом случае боль слабая. В дальнейшем интервал между болями уменьшается, а болевые ощущения усиливаются.
По общей симптоматике процесс родов (боли) можно разделить на 3 фазы:
Первичный (латентный, скрытый);
Активный;
Переходный.
Начальный период длится в среднем 7-8 часов. При этом сокращения матки длятся 30-45 секунд. Болевой интервал составляет около 5 минут. В этот период шейка матки расширяется на 0-3 см.
Он длится от 3 до 5 часов в течение активного периода.Боль длится до 60 секунд. Полный интервал повторения – каждые 2-4 минуты. В этот период шейка матки расширяется на 3-7 см.
Проходной период является самым коротким периодом. У беременной этот период может продолжаться до 0,5-1,5 часов. Боль длится долго, до 70-90 секунд. Полный интервал повторения – каждую 1 минуту. Шейка матки открывается на 7-10 см.
Беременность также делится на 3 периода у женщин, родивших ребенка ранее. Только у таких женщин месячные короче и легче.
Что делать, когда начались роды?
Когда у беременной начинаются роды, ей не стоит волноваться. Необходимо сесть на более удобное место и узнать периоды родов и их продолжительность, время между повторениями. Их необходимо записывать и записывать. Женщина не должна думать о том, что более болезненно – роды или роды. Страх может усилить боль.
Если продолжительность родов мала, а интервал между их повторениями велик (20—30 минут), то для родового процесса еще рано. Это признак того, что у женщины есть время подготовиться и обратиться за неотложной медицинской помощью. Если схватки начинаются с интервалом в 5-7 минут, необходимо срочно обратиться в родильное отделение.
Даже если начальный период родов составляет несколько часов, необходимо обратиться в больницу, так как околоплодные воды (амниотическая жидкость) могут выйти рано, женщине лучше находиться под наблюдением гинеколога.
Как назвать процесс родов и родоразрешения?
Большинство женщин рожают на 37-40 неделе беременности. Однако в некоторых случаях беременность длится 41, 42 и даже 43 недели. Конечно, женщины в это время волнуются, нервничают, хотят поскорее родить ребенка, но их ребенок никак не хочет рождаться.
Гибель плода может наступить из-за отслойки плаценты. Кислород и питательные вещества не доходят до ребенка. Поэтому вопрос, который интересует многих женщин, как вызвать боль.
Во избежание негативных последствий можно искусственно вызвать роды, но сделать это может только врач-гинеколог. Если патологии у женщины нет и воды чистые, ускорять роды не нужно. Хорошо, что все произошло вовремя. Если замечаются какие-либо изменения, врач сразу же ускоряет родовой процесс и искусственно вызывает роды.
Труд можно вызвать самостоятельно. Например, стояние, ходьба, движение больше в вертикальном (вертикальном) положении, при котором женщина не должна уставать и нервничать.
Еще один способ стимулировать роды — массировать соски. Такой массаж следует начинать с 37 недели беременности.В результате массирования соски в организме выделяется много гормона окситоцина, под влиянием этого гормона усиливается сокращение матки и соска подготавливается к сосанию малыша.
Как облегчить родовую боль?
Врачи могут уменьшить боль во время родов и родоразрешения с помощью специальных препаратов. Однако в анестезии нет необходимости. Потому что обезболивающие препараты могут оказать негативное влияние на ребенка и организм женщины.
Самый простой и безопасный способ уменьшить боль во время родов — это правильное дыхание. Таким образом женщина успокаивается. При появлении боли женщина должна выдохнуть, представить, что боль «уходит» вместе с вдохом. Можно немного пошуметь, что тоже облегчает роды. Беременной женщине следует заранее заниматься спортом, чтобы она не забыла о таких упражнениях, потому что процесс родов является стрессовым.
Легкий массаж поясницы партнером или близкими родственниками также уменьшит болевые ощущения во время родов. Этот метод очень эффективен. Потому что нервные волокна к матке проходят между позвонками в поясничном отделе.
Психологический настрой также играет важную роль. Необходимо думать только о хорошем, мысли о рождении вашего сладкого малыша в ближайшее время также помогут уменьшить боль.
Вы не должны ждать, пока одно рождение придет за другим. Время между родами – это возможность для женщины отдохнуть. Если беременная ждет очередных родов, она может быстро устать, когда придет боль.
Вывод в порядке
Роды (боль перед родами) – естественный физиологический процесс. Все беременные женщины проходят через это состояние. Как начинаются роды – вот вопрос, который интересует большинство женщин. Трудно точно сказать, на что похожа боль, потому что у всех женщин она разная. Некоторые говорят, что родовые схватки похожи на боли при менструациях, а другие говорят, что это боли, похожие на проблемы с кишечником.
В любом случае не стоит бояться боли. Все боли забудутся после рождения вашего милого ребенка.
Ikid.uz
[/spoiler]
This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.
More information...
Maslahtlar uchun raxmat

Assalomu alekum rahmat sizga kottakon o’zim uchun kerekli tavsiyalani oldim maslahatlarizdan
fikrim juda xam ijobiy savolim bor edi mumkin bolsa agar
Fikrim yaxwi hozirda ikkinchi farzandimdi dunyoga keliwini kutyapmiz hozir 34 haftalikmiz : bunisiga ozroq qurquv bor edi dadamiz uzoqda maslahatlariz bn ancha uzimga kib qoldim inwollox eson omon qulimga olib olay
Assalomu alaykum biz hozir 40haftalik buldik yana qancha kitishimiz kerak javob uchun raxmat
36 haftalikdan har daqiqa tug’ish vaqti kutiladi
Salom mani xomilam 32 haftalik 5 kundan beri kuchan kelib og’riq bo’lyapti 10 minutda 3 marta kuchan kelyapti shifokorlar aytgan dorilar tasir qilmayapti nima qilishim kerak hech qanday og’riq qoldiruvchi dori tasir qilmayapti javob uchun oldindan raxmat
raxmad maslahat uchun