Oltin olma — O‘zbek xalq ertagi

O‘tgan zamonda ikki qo‘shni yashagan ekan. Biri boy, lekin befarzand, ikkinchisi esa bola-chaqasi ko‘p-u, biroq nihoyatda kambag‘al ekan.
Bola-chaqasi ko‘p kambag‘al qo‘shnining uyi kecha-yu kunduz shovqin-suron, to‘polon, bag‘ir-bug‘ur bo‘lib, boy qo‘shnisiga hech tinchlik bermas ekan.
Bir kuni boy qo‘shni kambag‘alnikiga chiqib:
— Tinchlik berasizlarmi, yo‘qmi, yeyishga ovqatlaring yo‘q, hamma yoqdan qarz bo‘lib yotibsanlar-ku, kechasi-yu kunduz uylaringda kulgi, shovqin-suron, bu nima degan gap! — deb do‘q uribdi. Shunda kambag‘al javob qaytaribdi:
— Ey, qo‘shni, bizning oltin olmalarimiz bor. Shularni dumalatib o‘ynab, dimog‘imizni chog‘ qilamiz. Shuning uchun bizning uyimizdan kulgi arimaydi, —debdi.
Bu so‘zni eshitgan boy qo‘shni indamay o‘z uyiga kirib xotiniga:
— Xotin, sandiqni och, oltinlarni ol. Men ularni zargarga olib borib, ikkita oltin olma yasatib kelay, so‘ngra biz ham shod-xurram bo‘lib yashaymiz, — debdi.
Xotini sandiqdan oltinlarni olib eriga beribdi. Boy ularni zargarga olib borib ikkita olma yasatibdi. Olmalarni olib kelib uyida er-xotin toza dumalatishibdi. Biroq har ikkisida hech qanday kulgi paydo bo‘lmabdi. Ular oltin olmani dumalata-dumalata charchab, «endi qanday qilsak biz ham kulib, xursand bo‘lar ekanmiz», deb o‘ylashibdi. Nihoyat boy yana qo‘shnisinikiga chiqib so‘rabdi:
— Qo‘shni, biz ham oltin olmani er-xotin juda ko‘p dumalatib-dumalatib hech qanday xursandchilikka ega bo‘lolmadik. Buning siri nimada, aytib beringiz-chi? — debdi. Qo‘shnisi:
— Ey, boy bobo, bizning oltin olmalarimiz, kulgimiz, baxtimiz mana shu bolalarimiz. Biz har kuni shular bilan quvonamiz, kulamiz, yayraymiz. Natijada qiyinchiliklarimiz ham, qarzlarimiz ham unutilib ketadi. Bular bizning bozorimiz, — debdi.
Boy o‘zining befarzandligidan afsuslanib, peshonasiga bir urib, uyiga kirib ketgan ekan.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Раньше жили два соседа. Один богат, но бездетен, а другой многодетен, но крайне беден.
Дом бедного многодетного соседа шумит, шумит, шумит день и ночь и не дает покоя богатому соседу.
Однажды богатый сосед подошел к бедному соседу и сказал:
«Ты дашь мне мир или нет? Тебе нечего есть, ты в долгах со всех сторон, в твоих домах день и ночь смех и шум, что это?» — он крикнул. Тогда бедняк ответил:
— Эй, сосед, у нас есть золотые яблоки. Мы играем с ними и играем с ними. Вот почему в нашем доме нет смеха», — сказал он.
Услышав эти слова, богатый сосед молча вошел в свой дом и сказал жене:
— Жена, открой сундук, возьми золото. «Я отнесу их к ювелиру и сделаю два золотых яблока, и тогда мы будем жить счастливо», — сказал он.
Жена достала золото из сундука и отдала мужу. Богач отнес их к ювелиру и сделал два яблока. Принеся яблоки, супруги почистили их дома. Однако ни в одном из них не было смеха. Они устали катать золотое яблоко и подумали: «Если мы сделаем это сейчас, то будем смеяться и радоваться». Наконец богач снова подошел к своему соседу и спросил:
— Сосед, мы не могли получить удовольствие от того, что парочка слишком много катала золотое яблоко. В чем секрет этого, скажи мне? он сказал. Сосед:
— О, богатый дедушка, это наши дети, наши золотые яблоки, наш смех, наше счастье. Мы радуемся, смеемся и празднуем с ними каждый день. В результате наши трудности и долги будут забыты. «Это наши рынки», — сказал он.
Богач пожалел о своей бездетности, хлопнул себя по лбу и вошел в свой дом.
[/spoiler]

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: