Tulki bilan xo‘roz — Jahon xalq ertagi

Rostmi yo yolg‘onmi, har qalay bir qari xo‘roz bo‘lgan ekan. U bir necha bor tulkining domiga ilingan ekan-u, ammo har gal bir amallabuningqo‘lidanomonchiqarekan. Kunlarning birida u qishloq chekkasidagi maydonchada don cho‘qilab yurgan paytda birdan bekinib kelayotgan tulkiga ko‘zi tushibdi.
Qishloqqacha qochib bora olmasligiga ko‘zi yetibdi. U bazo‘r yonidagi keksa qayrag‘och tepasiga chiqib olibdi. Tulki daraxt tagiga kelib:
— Hoy, xo‘roz! Nega meni ko‘rishing bilai daraxtga chiqib olding? — deb so‘rabdi.
Xo‘roz unga qarab debdi:
— Nima, yugurib borib seni quchoqlab olaymi?
— Ha-da! Hali hech narsadan bexabarmisan? Shoh chor atrofga elchilarni yuborib: «Mening saltanatimda biror odam bolasi, biror jonzot o‘zidan kichkinani xafa qilmasn». Bundan keyin bo‘rilar bilan qo‘ylar bir buloqdan suv ichadilar, lochin bilan kabutarlar bir inda yashaydilar» deb xabar qilishlarini buyuribdi. Qo‘rqmay yonimga tushaver, birga sayr qilamiz.
— Jo‘ralar bilan sayr qilish yaxshi, lekin birga emas. Bir oz sabr qil, bu yoqqa shamol kabi uchib kelayotgan hayvonlar yetib kelsin, o‘shanda hammamiz birga aylanamiz, — deb javob qilibdi xo‘roz.
— U qanday hayvonlar bo‘ldi ekan?
Bo‘rilarga o‘xshaydi, faqat quloqlari bilan dumlari uzunroqmi?
— Balki ovchi itlardir?
— Ha, ha, topding, xuddi o‘zi!
Ovchi itlarni ko‘z oldiga keltiribdi-yu, tulki tiraqaylab qochishga tushibdi. Xo‘roz uning ketidan:
— Nega qochib ketyapsan? — deb baqiribdi.
— Ovchi itlar bilan chiqisha olmayman.
— Hoziigina, shoh barcha jonzot o‘zidan kichikni xafa qilmaslikni buyurgan, demayotganmiding?
— Axir ovchi itlar cho‘lga chiqib ketgan edilar, shoh farmonini eshitmagan bo‘lishsa-chi? Meni nimtalab tashlashlari mumkin.
Shunday debdi-yu, tulki ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Правда это или нет, но он был старым петухом. Он несколько раз попадал в ловушку лисы, но каждый раз терпел поражение от лисы. Однажды, когда он собирал зерно в поле на окраине села, он вдруг увидел притаившуюся лису.
Он понял, что не сможет убежать в деревню. Он взобрался на верхушку старой сосны возле базара. Лиса зашла под дерево:
«Эй, петух!» Почему ты залез на дерево, чтобы увидеть меня? он спросил.
Петух посмотрел на него и сказал:
— Что, мне бежать и обнимать тебя?
— Да! Все еще не в курсе? Король разослал послов и сказал: «В моем королевстве вы не причините вреда человеческому ребенку, существу меньшему, чем вы». После этого волки и овцы будут пить из одного источника, а соколы и голуби будут жить в том же месте. Не бойся, спускайся ко мне, и мы пойдем вместе.
— Хорошо гулять с друзьями, но не вдвоем. Потерпите немного, пусть звери идут сюда, летят, как ветер, и тогда мы все вместе обернемся, — ответил петух.
— Какими животными он стал?
Как волки, только с более длинными ушами и хвостом?
— Может быть, охотничьих собак?
«Да, да, вы нашли его, тот самый!»
Охотник навел на его взгляд собак, а лиса убежала. Петух последовал за ним:
— Почему ты убегаешь? он крикнул.
«Я не могу гулять с охотничьими собаками».
— Разве ты только что не говорил, что король приказал всем существам не причинять вреда нижестоящим?
«Ведь охотничьи собаки ушли в пустыню, а вдруг они не услышат приказа царя?» Меня могут уволить.
Сказав это, лиса исчезла.
[/spoiler]

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: