Tarix guvoh bo‘lgan buyuk hukm — Islomiy hikoya

Tarix guvoh bo‘lgan buyuk hukm - Islomiy hikoya

Mahkama. Kotib yigit qo‘mondonni chaqirdi. Qo‘mondon bosh kohin bilan birga qozining oldiga kirdi.

Qozi: «Ha, samarqandlik, da’voying nima?»

Bosh kohin: «Qo‘mondoningiz bizni bosib oldi, Islomga chaqirib, biz o‘z ishimizni o‘ylab olishimiz uchun muhlat bermadi».

Qozi qo‘mondonga qarab dedi: «Bunga nima deysan, ey qo‘mondon?»

Qo‘mondon: «Urush hiyladir. Bu ulkan shahar. Atrofdagi shaharlarda jang qildik, ular na Islomga kirishdi, na jizyani qabul qilishdi».

Qozi: «Ey qo‘mondon, ularni Islom, jizya yoki urushga chaqirdingmi?»

Qo‘mondon: «Yo‘q, aytgan sabablarimga ko‘ra ustlariga bosib kirdik, xolos».

Qozi: «O‘ylaymanki, iqror bo‘lding. Javobgar iqror bo‘lsa, hukm bitadi. Ey qo‘mondon, Alloh bu ummatga din bilan, aldovdan saqlanib, adolatni barpo qilish bilangina nusrat bergan».

Keyin qozi shunday dedi: «Hukm shunday: barcha musulmonlar — hokimu askarlari, erkagu ayol, bola-chaqalari hammasi Samarqand yeridan chiqib ketishsin! Do‘konu hovlilar tark qilinsin! Samarqandda biror kishi qolmasin. Musulmonlar bundan keyin ularga boshidan ogohlantiruv beradilar!»

Kohinlar ko‘rgan-eshitganlariga ishonmay qolishdi. Guvoh ham, dalil ham so‘ralmadi. Muhokama ham bir necha daqiqada tugadi. Ular oldilaridan qozi, yigit va qo‘mondonning qaytib o‘tib ketishganini ham bilmay qolishdi.

Bir payt Samarqand ahli shovqin-suron ko‘tarilganini, to‘s-to‘polonni eshitishdi. Hamma yoq chang-to‘zon, havodagi g‘uborlar ostida bayroqlar hilpirar edi. Ular nima bo‘layotganini so‘rashgan edi, «Hukm ijro qilindi», degan javob bo‘ldi.

O‘sha kun kun botishi bilan Samarqandning bo‘shab qolgan ko‘chalarida itlar sayr qila boshladi. Har uydan yig‘i eshitilardi. Ular o‘z yurtdoshlaridan ham shafqatli, adolatli bu xalqning shaharni tashlab chiqib ketganiga yig‘lashardi.

Samarqndliklar, hatto kohinlar ham o‘zlarini tutib tura olmay, bir necha soat ichida to‘planib, ko‘p guruh bo‘lib qo‘shin tomon chiqishdi. Bosh kohin eng oldida. Hammalari barobariga «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Allohning Rasulidir», deb guvohlik berishardi.

O‘sha qo‘mondon Qutayba ibn Muslim, qozi esa Umar ibn Abdulaziz edi!

Aliy Tantoviyning «Islom tarixidan hikoyalar» kitobi asosida Hafiz Abu Ubay tayyorladi.

Manba: islom.ziyouz.com
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Суд. Служащий позвал командира. Командир и первосвященник вошли во двор.

Кази: «Да, из Самарканда, на что ты претендуешь?»

Первосвященник сказал: «Ваш полководец вторгся в нас, призвал нас к исламу и не дал нам времени подумать о нашей работе».

Судья посмотрел на командира и сказал: «Что ты скажешь на это, командир?»

Командир: «Война — это уловка. Это огромный город. Мы воевали в окрестных городах, они не приняли ислам и не приняли джизью».

Кази: «О полководец, ты призывал их к исламу, джизье или войне?»

Командир: «Нет, по причинам, которые я вам сказал, мы просто надавили на них».

Судья сказал: «Я думаю, ты признался. Если подсудимый признается, приговор закончится. О полководец, Бог спас эту умму только через религию, защиту от обмана и установление справедливости».

Тогда судья сказал: «Приговор таков: пусть все мусульмане — солдаты правителя, мужчины, женщины и дети — покинут землю Самарканда! Пусть будут заброшены лавки и дворы! Ни один человек не должен оставаться в Самарканде. Мусульмане будут предупреждать их с этого момента!»

Жрецы не могли поверить тому, что видели и слышали. Ни свидетелей, ни доказательств не спросили. Обсуждение также закончилось через несколько минут. Они даже не знали, что судья, молодой человек и командир прошли назад перед ними.

В какой-то момент самаркандцы услышали шум и гам. Повсюду была пыль, под пылью в воздухе развевались флаги. Они спросили, что происходит, и ответ был: «Приговор приведен в исполнение».

В тот день, когда зашло солнце, по пустынным улицам Самарканда начали гулять собаки. Плач был слышен из каждого дома. Они оплакивали, что этот народ, более сострадательный и справедливый, чем их соотечественники, покинул город.

Самаркандцы, даже священники, не удержались, собрались за несколько часов и большими группами пошли в войско. Впереди первосвященник. Все они свидетельствовали о том, что нет бога, кроме Аллаха, и Мухаммед – посланник Аллаха.

Этим командиром был Кутайба ибн Муслим, а судьей был Умар ибн Абдулазиз!

Подготовлено Хафизом Абу Убаем на основе книги Али Тантови «Рассказы из истории ислама».

Источник: islam.ziyouz.com
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: