1951 yil 15 mayda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan. 1967 yili tumandagi
37-oʻrta maktabni bitirgan. 1968-1972 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati 1972 yilda “Oʻqituvchi” nashriyotida korrektorlikdan boshlandi. Mazkur nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi – “Lenin uchquni”ga adabiy xodim boʻlib ishga oʻtdi va 1984 yilgacha ana shu gazetada boʻlim mudiri, masʼul kotib vazifalarida mehnat qildi. 1984 – 87 yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida masʼul kotib, 1987-91 yillari “Lenin uchquni” gazetasida bosh muharrir,1991-92 yillarda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida uyushma raisining oʻrinbosari,1992 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Madaniyat, axborot va turizm boʻlimi mudiri, 1992-1996 yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisining oʻrinbosari, 1996-1997 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Axborot markazi rahbari,1997-2005 yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisi, 2005-2006 yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisining oʻrinbosari, “Toshkent” teleradio kanali bosh derektori vazifalarida xizmat qildi. 2006 yilning iyul oyidan buyon “Xabar” gazetasida bosh muharrirlik qilayotir.
Oʻzbekiston jurnalistlari va Yozuvchilari uyushmalarining aʼzosi boʻlgan A. Koʻchimovning birinchi kitobi – “Kashfiyotchi bolalar” 1978 yili chop etilgan edi. Oʻtgan yillar davomida “Mening Oʻzbekistonim”( 1979 yil). “Toshburgut” (1981 yil), “Mening yulduzim”(1984 yil), “Chanoq”(1985 yil), “Halqa”(1987 yil), “Ikki bahor”(1990 yil), ”Umid daraxtlari”(1992 yil), “Qiyofa”(1996 yil), ”Yosuman”(2000 yil), “Baland togʻlar”(2002 yil), “Koʻzlarimning qarogʻidasan” (2006 yil), “Muhabbat bogʻlari” (2008 yil), “El suv ichgan daryolar” (2009 yil) nomli publitsistik, sheʼriy va nasriy kitoblari chop etildi.Tatar adibi M.Xarisovning “Qizil sayyoraga sayohat” nomli qissasi A.Koʻchimov tarjamasida oʻzbek kitobxonlariga taqdim etilgan. Adibning “Baland togʻlar” qissasi va “Boychechak” hikoyasi asosida koʻp qismli badiiy filmlar yaratilgan. “Halqa” va “Hayot hukmi” nomli kitoblari Xitoy Xalq Respublikasida nashr etilgan.Bir qancha hikoya, qissa va sherlari rus, ukrain, moldovan, turk va boshqa jahon tillariga tarjima qilingan. Unga tabiatni asrab-avaylash mavzuidagi asarlari uchun Xalqaro YUNYeSKO mukofoti, “Halqa” kitobi uchun Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofot berilgan.
A. Koʻchimov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni, “Shuhrat” medali,”Mehnat shuhrati” ordeni, Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston respublikasi Oliy Kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
1990-1994 yillarda Oʻzbekiston Oliy Soveti deputatligiga, 1994-1999 va 1999-2004 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylangan.
Uch farzandi, toʻqqiz nafar nabirasi bor.
(2010 yilgi maʼlumot)
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Родился 15 мая 1951 года в Ургутском районе Самаркандской области. 1967 г. в районе
Окончил среднюю школу 37. В 1968-1972 годах учился на факультете узбекского языка и литературы Ташкентского государственного педагогического института им. Низами.
Работу начал в 1972 году корректором в издательстве «Учитель». Через полгода работы в этом издательстве перешел на работу литературным сотрудником республиканской детской газеты «Ленинские учкуни» и проработал в этой же газете до 1984 года заведующим отделом и ответственным секретарем. С 1984 по 1987 год — ответственный секретарь журнала «Шарк тызни», с 1987 по 1991 год — главный редактор газеты «Искра Ленина», с 1991 по 1992 год — заместитель председателя Союза писателей Узбекистана, в 1992 г. — заведующий отделом культуры, информации и туризма Кабинета Министров Республики Узбекистан, 1992 г. — В 1996 г. — заместитель председателя Союза Телерадиокомпания, в 1996-1997 годах заведующий Информационным центром при Аппарате Президента Республики Узбекистан, в 1997-2005 годах председатель Узбекской телерадиокомпании, в 2005-2006 годах заместитель председателя Телерадиокомпания «Узбекистан», генеральным директором Ташкентского телерадиоканала. С июля 2006 года главный редактор газеты «Хабар».
Первая книга члена Союза журналистов и писателей Узбекистана А. Кочимова вышла в свет в 1978 году. В последние годы «Мой Узбекистан» (1979). «Ташбургут» (1981), «Моя звезда» (1984), «Чанок» (1985), «Халка» (1987), «Два родника» (1990), «Деревья надежды» (1992), «Кийофа» ( 1996 г.), «Ёсуман» (2000 г.), «Высокие горы» (2002 г.), «Ты в моих глазах» (2006 г.), «Сады любви» (2008 г.), «Эл сув ичган дарйолар» (2009 г.) публицист, поэт были изданы книги прозы, узбекскому читателю был представлен рассказ татарского писателя М. Харисова «Путешествие на Красную планету» в переводе А. Кочимова. По мотивам рассказов писателя «Высокие горы» и «Бойчечак» созданы многосерийные художественные фильмы. В КНР изданы книги «Галка» и «Пожизненный приговор», переведены несколько рассказов, рассказов и стихов на русский, украинский, молдавский, турецкий и другие языки мира. Награжден Международной премией ЮНЕСКО за работы по охране природы, премией Гафура Гуляма за книгу «Халка».
А.Кочимов награжден званием «Заслуженный журналист Республики Узбекистан», медалью «Слава», орденом «Трудовая Слава», Почетными грамотами Президента Республики Узбекистан и Верховного Совета Республики Узбекистан .
В 1990-1994 годах избирался депутатом Верховного Совета Узбекистана, в 1994-1999 и 1999-2004 годах избирался депутатом Олий Мажлиса Республики Узбекистан.
У него трое детей и девять внуков.
(данные 2010 г.)
[/spoiler]
This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.
More information...