Nodir Jonuzoq haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Nodir Jonuzoq haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Nodir Jonuzoq 1976 yil 14 martda Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida tugʻildi. Samarqand Davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi (1993–1998).

Bir muddat (1998–1999) “Turkiston”, “Respublika” gazetalarida xizmat qildi. Shundan soʻng Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida muharrir sifatida ish boshlab, keyinchalik “Oʻzbekiston” telekanalining “Maʼnaviyat”, “Musiqiy dasturlar” studiyalari bosh muharriri, “Madaniyat va maʼrifat” telekanalining “Madaniy-badiiy dasturlar” muharririyati bosh muharriri, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali direktor oʻrinbosari vazifalarida faoliyat yuritdi (1999–2015). 2015 yildan Oʻzbekiston yoshlarining adabiy-ijtimoiy nashri – “Yoshlik” jurnali bosh muharriri lavozimida xizmat qilib keladi.

Oʻquvchilik yillaridan oʻz sheʼrlari bilan tuman va viloyat gazetalarida qatnashib kelgan Nodir Jonuzoq talabalik paytida (1997) respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari gʻolibi boʻldi. “Tomchilar” nomli ilk kitobi Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti tomonidan “Isteʼdod” (1997) ruknida chop etildi.

Shundan soʻng uning “Sizni sevar edim” (2006), “Mehribonim” (2008) nomli sheʼriy toʻplamlari, “Oʻn yetti lahza”, “Nilufar”, “Siniq oy” kabi bir qator dostonlari dunyoga keldi. Shoir asarlari oʻz samimiyligi, tiniq tashbehlarga boyligi, ayni choqda jamiyatimizdagi evrilishlar, yangilanishlar ruhi aks ettirilgani bilan adabiy jamoatchilik va muxlislar eʼtiborini qozondi.

Nodir Jonuzoq telejurnalist sifatida “Yozuvchi va zamon”, “Sheʼr va shuur”, “Gap chiqdi”, “Oq va qora”, “Shaxsiy fikr”, “Hayot goʻzal!”, “Ijodiy uchrashuvlar” singari koʻrsatuv va tokshoular tayyorladi. Shuningdek, uning ssenariylari asosida koʻplab videofilmlar tasvirga olindi. “Bobbi”, “Tafakkur oʻyinlari”, “Panda izidan” kabi chet el filmlarini, M. Lermontov, A. Blok kabi mashhur shoirlar sheʼrlarini ona tilimizga oʻgirdi.

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Надир Джонузок родился 14 марта 1976 года в Булунгурском районе Самаркандской области. Учился на факультете узбекской филологии Самаркандского государственного университета (1993-1998).

Некоторое время (1998-1999 гг.) работал в газетах «Туркистон» и «Республика». После этого начал работать редактором Национальной телерадиокомпании Узбекистана, позже стал главным редактором студий «Духовная» и «Музыкальная» телеканала «Узбекистан», главным редактором «Культурной -художественные программы» редакции телеканала «Маданият ва марифат», директор телеканала «Маданият ва марифат». Работал заместителем (1999-2015 гг.). С 2015 года занимает должность главного редактора литературно-общественного издания молодежи Узбекистана – журнала «Молодежь».

Надир Жонузок, который со школьных лет участвует в областных и районных газетах со своими стихами, в студенческие годы (1997) стал победителем Зоминского семинара молодых художников республики. Первая книга «Томчилар» вышла в издательстве «Гафур Гулям» в рубрике «Талант» (1997 год).

После этого были изданы его поэтические сборники «Сизни севар едим» (2006 г.), «Мехрибоним» (2008 г.), «Семнадцать мгновений», «Нилуфар», «Сыник Ой». Произведения поэта завоевали внимание литературной публики и поклонников своей искренностью, богатством четких аллюзий и в то же время отражением духа эволюции и обновления в нашем обществе.

В качестве тележурналиста Надир Джонузок готовил программы и ток-шоу, такие как «Писатель и время», «Поэзия и сознание», «Высказывание», «Белое и черное», «Личное мнение», «Жизнь прекрасна!», « Творческие встречи». Также по его сценариям снято множество видеофильмов. Он переводил на наш родной язык иностранные фильмы, такие как «Бобби», «Тафаккур Ойылинари», «Панда Изидан», стихи известных поэтов, таких как М. Лермонтов, А. Блок.

Из книги «Узбекские писатели» (С. Мирвалиев, Р. Шокирова. Ташкент, издательство литературы и искусства им. Гафура Гулома, 2016).
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: