Jannat to‘lovi — Islomiy hikoya

Jannat to‘lovi - Islomiy hikoya

Ibrohim Adham hazratlari hammomga bordilar. Lekin pullari bo‘lmagani uchun, qancha yalinsalar ham, ichkariga qo‘yishmadi. Bo‘yinlari egik holda ortga qaytayotgan Ibrohim Adham shunday hayqirib yig‘ladilarki, bir zumda atroflariga odamlar to‘plandi. Biri olib, biri qo‘yib hazratni yupata ketishdi:

– Bunchalik qayg‘u chekishingizga hojat yo‘q, siz uchun hammomga, mana, biz pul to‘laymiz!

Shunda Ibrohim Adham yig‘ilganlarga:

– Sizlar meni hammomga kiritishmagani uchun yig‘layapti deb o‘ylayapsizmi? – dedilar. – Yo‘q, aslo bunday emas. Bu dunyoda-ku puling yo‘q deb hammomga kiritishmayapti. Biroq oxiratda yaxshi amallaring yo‘q, deya jannatga qo‘ymasalar, holim nima kechadi? Shuni o‘ylab yig‘layapman.

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 4-sonidan olindi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: