Piyozvoy nega xomush? — O‘zbek xalq ertagi

Ustoz haqida she’rlar

Oshxonada savlat toʻkib turgan javon ichida yotaverib zerikkan sabzavotlar oʻzaro gurungga kirishibdi.

Suhbatni bir tomoni oftob koʻrmay sargʻayib pishgan Pomidor boshlabdi:

– Shakl jihatdan kamina ham meva, ham sabzavotga oʻtaveraman. Ayniqsa, shu xonadonning chaqqon qizi Munisa meni juda ham yaxshi koʻradi, – dedi va qoʻshib qoʻydi, – goh “oltin olma”, goh pomidorim – hammasi dorim, deb erkalaydi. Shifobaxshligim bois men odamlarga juda kerakman!

– Qoʻying, Pomidorxon, koʻp ham maqtanmang, baribir kamina-yu kamtarin Kartoshkabekka hech bir sabzavot foydalilikda teng kelolmaydi. Meni-chi, istasa yogʻda qovuradi, istasa suvda qaynatadi. Agar xohlasa, qoʻrga koʻmib pishirishlari mumkin. Har qanday holatda ham totli boʻlib pishaman. Aytmoqchi, men “S” vitaminining koniman. – Shu payt Sholgʻomoy yanoqlarini qizartirib gapga chogʻlandi:

– Kartoshkabek, maqtanishda Pomidorxondan qolishmaysiz! Har holda siz aytgan “moʻjizalar”, bizning ham qoʻlimizdan keladi. Maqtanadigan odatim yoʻgʻ-u, biroq oshxona bekasi oʻgʻli Sanjarbek shamollaganida dori bermaydi, sholgʻomni qasqonda dimlab yediradi. Ertasi kuni qarabsizki, Sanjarbek otday! Xullas, baxslashmay qoʻyaveringlar. Chunki foydalilar foydalisi menman!

– Voy-voy Sholgʻomoy, maslahatim, sal oʻpkangizni bosvoling?! Mening oshxonadagi oʻrnim beqiyos, – gap boshladi Sabzivoy, – bilib qoʻyinglar, taomlar shohi – palovxontoʻraga maza beradigan menman. Ha, aytgandek, men ham darmondorilarga boy sabzavotman…

Sabzavotlar bir-birlariga gal bermay oʻzlarini maqtashaveribdi. Ammo toʻniga oʻralib olgan Piyoz miq etmabdi. Shunda Kartoshkabek:

– Piyozvoy sen nimaga jimsan? – deb soʻrabdi. Piyozvoy esa:

– Munisa doim ukasi Sanjarga “Sen oʻzingni maqtama, seni birov maqtasin”, deydi. Men esa… – hali gapini aytib ulgurmagan bechora Piyozvoyni suhbatdoshlari toʻrt tomonidan baqirib oʻtakasini yoribdi.

– Nima-nima? Seningcha biz maqtanchogʻ-u, sen kamtar va maqtanishga emas, maqtashga arziguliksan, shundaymi? – debdi Pomidorxon suzilibgina.

Jahldan uning oftob koʻrmay sargʻaygan yanogʻi ham qizarib ketibdi.

– Yoʻq-yoʻq, aslo! Doʻstlarim, aksincha, men oʻzimni na maqtanishga, na maqtashga arzishimni aytmoqchi edim. Siz meni notoʻgʻri tushundingiz. Kechiringlar… Axir oshxona bekasi ham meni yigʻlab-yigʻlab toʻgʻraydi. Xullas, men tufayli xafa boʻlishadi, yigʻlashadi… – xijolat boʻlibdi Piyoz.

Shu payt oshxonaga dastyor qiz Munisa kirib javonni ochibdi. Kerakli sabzavotlardan idishiga solibdi.

Munisa kechki ovqatga shoʻrva pishiribdi. Munisaning dadasi shoʻrvani ishtaha bilan ichayotib: – Oh, oh, oh!!! Juda mazali chiqibdi. Rostdan ham oʻzing pishirdingmi? Buning siri nimada ekan-a, qizim?! – debdi.

– Darmondorilarga boy boʻlgan piyozda, dadajon. Maktabda pazandachilik mahoratidan mashgʻulot boʻldi. Ustozimizning aytishicha, taomning shirin chiqishida piyozning oʻrni beqiyos ekan. Shuning uchun oshpazlarning erkasi ekan. U shamollaganda va burun bitganda qoʻllanilsa, kasallik tumtaraqay qocharkan. “Yigʻlab-yigʻlab” toʻgʻrash esa koʻz uchun ayniqsa foydali ekan. Barra piyoz ham odamlar sogʻligʻiga foyda berarkan.

– Voy, mening dono qizim-ey! Barakalla!!! Bundan keyin ovqatga ham, achchiq-chuchukka ham koʻproq piyoz sol. Ham mazali, ham foydali boʻladi.

– Xoʻp boʻladi, dadajon!

Piyozvoy haqidagi maqtovlarni eshitib, kosadagi boshqa sabzavotlar uyalib qolishibdi.

Mohinur RAMAZONOVA


На кухне овощи, лежавшие на переполненной полке, начали ворчать друг с другом.

Разговор начал спелый помидор, который пожелтел, не видя солнца:

— По форме переведу и на фрукты, и на овощи. «Особенно Муниса, быстрая дочь этой семьи, очень любит меня, — сказал он и добавил, — иногда она ласкает меня, говоря «золотые яблоки», иногда мои помидоры — все мое лекарство. Так как я целитель, я очень нужен людям!

— Да ладно, Помидор-хан, не хвастайся слишком, никакой овощ не может сравниться по полезности со скромной Картофельной Кабекой. Что со мной, если он хочет жарить в масле, если он хочет варить в воде. Если захотят, то могут закопать в землю и приготовить. В любом случае, я буду тост. Кстати, я кладезь витамина С. — В этот момент Шельгомой покраснел и начал говорить:

— Картошкабек, в хвастовстве Помидор-хана не переплюнешь! В любом случае, «чудеса», о которых вы упомянули, в пределах нашей досягаемости. Не имею привычки хвастаться, но своему сыну Санжарбеку кухарка не дает лекарства, когда он простужается, он ест репу, сваренную в котелке. На следующий день вы увидите, что Санжарбек подобен коню! Так что хватит спорить. Потому что я полезный из полезных!

— О, о, Шолгомой, мой совет, нажми на легкие?! Мое место на кухне бесподобно, — начал Сабзивой, — знаете, я король блюд — я тот, кто придает вкус ресторанному плову. Да, как я уже сказал, я тоже овощ, богатый травами…

Овощи хвалили друг друга. Но Пийозу, закутанному в тунику, это не понравилось. Затем картофельная запеканка:

— Лук, почему ты молчишь? он спросил. Пиозвой:

— Муниса всегда говорит своему брату Санджару: «Не хвали себя, пусть тебя хвалит кто-то другой». А я… — закричали со всех четырех сторон на бедного Пиозвого, не договорившего.

— Какая? Вы думаете, что мы хвастаемся, вы скромны и достойны похвалы, не хвастаетесь, не так ли? — плавно сказал Помидорхан.

Его щеки, пожелтевшие от того, что он не видел солнца, покраснели от гнева.

— Нет, нет, совсем нет! Друзья мои, напротив, я хотел сказать, что я ни хвастлив, ни похвален. Ты не понял меня. Простите… Ведь хозяйка кухни поправляет меня плачем. Значит, из-за меня они будут расстраиваться и плакать… — смутился Пийоз.

В этот момент на кухню вошла официантка Муниса и открыла шкаф. Он положил необходимые овощи в миску.

Муниса готовит суп на ужин. Отец Мунисы с аппетитом пил суп: — Ой, ой, ой!!! Получилось очень вкусно. Ты правда сам готовил? В чем же секрет, девочка?! — он сказал.

— На лук, который богат целебными свойствами, дададжан. В школе был кулинарный мастер-класс. Наш учитель сказал, что лук играет несравнимую роль в том, чтобы сделать блюдо сладким. Вот почему он человек поваров. Если его использовать при простудных заболеваниях и насморке, полностью удается избежать болезни.Резка «плач-плач» особенно полезна для глаз. Лук барра также приносит пользу здоровью людей.

«О, моя мудрая девочка!» Благословения!!! После этого добавьте больше лука и к еде, и к острому. Будет и вкусно, и полезно.

— Все в порядке, дедушка!

Услышав комплименты в адрес лука, остальные овощи в тарелке смутились.

Мохинур РАМАЗОНОВА

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: