Umar Foruq Saydo al-Jazariy hikmatlari, eng sara hikmatlar to’plami

Umar Foruq Saydo al-Jazariy (1954) — turkiyalik Naqshbandiya tariqati ustozlaridan.


Agar biz mo‘min bo‘laturib, nafsimizni jilovlay olmasak, demak, biz hali komil mo‘min va komil iymon egasi emasmiz. Komil iymonga ega bo‘lmaganimizdan nafsoniy orzu-havaslarni jilovlay olmayapmiz.
 
Ozgina tanballikka yo‘l qo‘yilgan joyda nafs sizga hokim bo‘la boshlaydi. Inson to o‘limiga qadar shayton va nafs hujumidan omonda bo‘lolmaydi.
 
Nafs orzu-istaklari cheksizdir. Nafs faqat o‘zini o‘ylaydi. Vaholanki, nafs uchun foydali tuyulgan narsa inson va jamiyat uchun zarar keltirishi mumkin. Biz zararli, foydasiz narsalarni tark etishimiz lozim. Bu esa, faqat Islomiyat orqali amalga oshadi. Faqat musulmon kishigina bu ishning uddasidan chiqishi mumkin.
 
O’limdan, hisob-kitobdan keyin Alloh taolo mo‘minlarga, ahli taqvolarga go‘zal bir hayot baxsh etadi. Chin mo‘min o‘sha hayotga ishonadi va manzilga yorug‘ yuz ila yetmoq uchun fidoyilik qiladi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz