Umar Xayyom (1040-1123) — ulkan qomusiy olim va shoir.
Mol-dunyo hasrati qilmasin abgor,
Mangu yashar kishi qani, qayda bor?!
O’tib borar ajib umr karvoni,
Qo‘lingdan chiqmasin shodlik zamoni.
Kishi o‘zligidan yaxshi-yomon ham,
Qazo-yu qadaru quvonch yoki g‘am.
Do‘stga ham, dushmanga ham yaxshilik qilish yaxshidir. Agar do‘stingga yomonlik qilsang, u senga dushman, dushmaningga yaxshilik qilsang, u senga do‘st bo‘ladi.