Halollik yoʻli (ibratli hikoya)

Halollik yoʻli (ibratli hikoya)

2012 yilning dekabr oyida Ispaniyaning Navarra viloyatida yengil atletika boʻyicha muhim musobaqa boʻlib oʻtdi. Yutuqqa katta mukofot qoʻyilgan, poygada dunyoning yetakchi sport ustalari qatnashardi. Ular orasida Londonda oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining 3000 metrga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha bronza medali sohibi keniya­lik Abul Mutoi ham bor edi. U bu galgi poygada yetakchi boʻldi, hammadan oʻzib ketdi. Biroq marraga oʻn metrcha qolganda toʻxtab qoldi. Keniyalik atlet marra chizigʻini kesib oʻtdim degan yanglish xulosaga kelgan edi. Mutoi tomoshabinlarga qarab qarsak chalar, yutugʻidan xursand edi. Odamlar unga ispanchalab bir nimalar der, oʻn metr nariga ishora qilar, biroq u hech narsani anglamasdi.

Ikkinchi boʻlib kelgan ispaniyalik poygachi Fernandes Anayya uni bemalol ortda qoldirib oʻtishi va sovrindor boʻlishi mumkin edi. Biroq u raqibining xatosidan foydalanib qolish oʻrniga yelkasidan turtib, olgʻa yurishga chorladi. Oʻn metr naridagi finishni qoʻli bilan koʻrsatib, tushuntirdi. Ispaniyalik sportchi shundoq qoʻlga kiray deb turgan gʻoliblikdan voz kechdi, keniyalik raqibini marragacha olib keldi, undan keyingina chiziqni bosib oʻtdi.

Musobaqadan soʻng Fernandes Anayyani savolga tutishdi:

– Nahotki gʻolib boʻlishni istamadingiz?

5000 metrga yugurish boʻyicha Ispaniya chempioni boʻlgan Anayya shunday javob berdi:

– Yoʻq, men gʻoliblikni juda xohlagan edim. Ammo sovringa qoʻshib Ispaniya termasi tarkibida Yevropa chempionatida qatnashish imkonini berganlarida ham, shu yoʻlni tutgan boʻlardim. Men gʻalabaga loyiq darajada yugura olmadim. Agar raqibim xato qilmaganida, unga yeta olmasdim. Men uchun sovrindor boʻlishdan koʻra shaʼnimni saqlab qolish afzal. Odamlar juda koʻp hollarda xato yoʻlni tanlaydi, axloqi tuban ekanini koʻrsatib qoʻyadi. Men bunday yoʻl tutmaganimdan, halollik yoʻlini tanlaganimdan mamnunman.

“Hidoyat” jurnalining 2015 yil 9-sonida chop etilgan.
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
В декабре 2012 года в испанском регионе Наварра прошли важные соревнования по легкой атлетике. За достижение была назначена большая награда, а в гонке приняли участие ведущие мастера спорта мира. Среди них был и кенийец Абул Мутой, бронзовый призер Олимпиады в Лондоне в беге на 3000 метров с препятствиями. Он был лидером в этой вечерней гонке, он превзошел всех остальных. Однако он остановился за десять метров до финиша. Кенийский спортсмен ошибочно подумал, что пересек финишную черту. Мутой посмотрел на зал и зааплодировал, он был доволен своим достижением. Люди что-то говорили ему по-испански, показывая пальцем на десять метров, но он ничего не понимал.

Испанский гонщик Фернандес Анайя, занявший второе место, мог легко обогнать его и завоевать приз. Однако, вместо того, чтобы воспользоваться ошибкой соперника, он толкнул его в плечо и призвал идти вперед. Он указал на финишную черту в десяти метрах и объяснил. Испанский спортсмен отказался от победы, на которую рассчитывал, довел своего кенийского соперника до финиша и только потом пересек финишную черту.

После соревнований Фернандеса Анайю спросили:

— Разве ты не хотел победить?

Анайя, чемпионка Испании на 5000 м, ответила:

— Нет, я очень хотел победить. Но я бы пошел по тому же пути, даже если бы помимо награды мне дали возможность участвовать в чемпионате Европы в составе сборной Испании. Я недостаточно хорошо бежал, чтобы победить. Если бы мой соперник не ошибся, я бы его не догнал. Для меня лучше сохранить свою честь, чем выиграть приз. Во многих случаях люди выбирают неправильный путь и показывают, что их нравственность низка. Я рад, что не пошел по такому пути, что выбрал путь честности.

Он был опубликован в 9-м номере журнала Hidayat за 2015 год.
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz