Davralardan birida hazrati Umar (r.a.) o‘tirganlarga qarata: “Alloh taolodan istaklaringizni so‘ramaysizmi?” – deb qoldilar. Shunda oralaridan biri dedi:
– Alloh yo‘lida infoq qilish uchun shu uy to‘la oltinim bo‘lishini istayman!
“Yana so‘ranglar”, dedilar hazrati Umar. Bir kishi so‘zladi: “Men shu uy to‘la yoqut, olmos, javohirlarim bo‘lsa va uni Alloh rizosi uchun ehson qilishni xohlayman”.
Hazrati Umar “yana istanglar”, deganlaridan keyin, o‘tirganlar hayron bo‘lishdi va: “Yo amiralmo‘minin, o‘zingiz nima istagan bo‘lardingiz?” – deb so‘rashdi. Umar (r.a.) shunday javob berdilar:
– Mening istagim, shu uy to‘la Abu Ubayda ibn Jarroh kabi inson bo‘lsin va qaerga yuborsam, xayrli ishlarni bajarsin…
“Irfon” taqvimining 2010 yil, 3-sonidan olindi.