Ko‘pchilik ayollar uchun homiladorlik – qiyin kechuvchi, sog‘lig‘i va umumiy ahvolida o‘zgarishlar kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi jarayondir. Bu paytda ayol organizmidagi barcha a’zolar kuchli ishlashga majbur bo‘lib qoladilar. Shu bilan bir qatorda siydik ayirish tizimi a’zolari ham. Homiladorlik vaqtida buyrak og‘rishi tez tez uchrab turadigan holat bo‘lib, ayolning normal hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va unga qiyinchiliklar tug‘diradi.
Bu bir juft a’zoning funksiyasida kamchiliklar kelib chiqishiga bir qator sabablar bor. Ularning ayrimlari ayol va homila hayoti uchun xavfli bo‘lishi mumkin. buyrak sohasidagi har qanday og‘riq va diskomfor holatlarini e’tibordan chetda qoldirish kerak emas.
Homiladorlikda buyrak og‘rishi sabablari
Nima uchun homiladorlik vaqtida buyraklar og‘riydi? Ushbu savol bilan ko‘pchilik ayollar o‘z shifokorlariga murojaat etishadi. Eng ko‘p uchraydigan sabablar quyidagilar:
Zo‘riqish. Homiladorlik vaqtida ayol buyraklari faqatgina o‘zining organizmidagi zararli moddalarni tozalab chiqarmay, balki rivojlanib borayotgan homila ajratayotgan zararli moddalarni ham tozalaydi.
Gormonal qayta qurilish. Homiladorlik organizmda progesteron miqdorining oshishi bilan kechadigan jarayondir. Bu gormon turli a’zolar sfinkterlarini bo‘shashtirishi mumkin, shu qatorda siydik pufagi sfinkterini ham.
Bundan tashqari, homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab bachadon o‘lchami kattalashib boradi, natijada u siydik chiqaruv kanallarini va siydik nayini ezib qo‘yadi, bu esa siydikning buyrak jomchalarida ushlanib qolishiga olib keladi va og‘riq paydo bo‘ladi.
Ayrim hollarda buyraklardagi yallig‘lanishli jarayonlar, jinsiy a’zolar yo‘lidagi infeksiyalar, gripp, shamollash asorati sifatida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunda moddalar almashinuvi buzilib tuzlar ajralishi kamayadi va ular buyraklarda to‘planib qolib tosh hosil bo‘lishiga olib keladi va og‘riqqa sababchi bo‘ladi.
Aynan buyraklar og‘riyotganini qanday bilib olsa bo‘ladi?
Homiladorlik vaqtida ayollarni tez-tez bel sohasidagi og‘riqlar bezovta qilib turadi. Odatda bunga sabab bel sohasidagi mushakalar zo‘riqishi va umurtqalarga tushayotgan og‘irlik bo‘ladi. Chunki homila kundan-kunga o‘sib kattalashib boradi, uning vazni og‘irlashgan sari ayol organizmi og‘irlik massasini asosan umurtqalarga tashlaydi. Ammo, bel sohasidagi og‘riqlarga faqatgina umurtqalar va mushaklar sababchi bo‘lmaydi. Buyrakdagi o‘zgarishlar ham bel sohasida og‘riq hissini sezishga olib keladi. Bunday holatlarda davolanish uchun og‘riqqa sabab bo‘layotgan aniq manbani bilib olish va kerakli bo‘lgan shifokor tekshiruvidan o‘tish kerak bo‘ladi.
Buyrakda og‘riqlar ko‘p hollarda peshob ajralishining qiyinlashuvi bilan namoyon bo‘ladi.
Buyrak og‘riqlari ayrim maxsus shikoyatlar bilan birga keladi. Ayol kishi peshob ajratayotganda yoqimsiz hislarni sezadi (achishish, ba’zida og‘riq). Peshob ajratishga tez tez chaqiruvlar kuzatiladi. Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va arterial qon bosimi oshishi kelib chiqadi. Shishlar paydo bo‘ladi, ayol emotsional holati pasayadi.
Yuqoridagi belgilar ayolda sezilsa, zudlik bilan shifokor-ginekolog huzuriga borish kerak. Ginekolog umumiy ko‘rik va laborator tekshiruvlar natijasiga qarab urolog ko‘rigiga yuborishi mumkin.
Homiladorlikda buyrak kasalliklari
Homiladorlik vaqtida shifokorlar ko‘p hollarda quyidagi buyrak kasalliklarini aniqlashadi:
Piyelonefrit – buyrak jomchalarining yallig‘lanish kasalligi. Ko‘pincha homiladorlikning ikkinchi yarmida kuzatiladi, chunki bunda buyraklar ezilishi va gormonlar miqdorining o‘zgarishi ko‘payadi. Ushbu patologik holatda buyrak jomchalari kengayadi, ularning tonusi pasayadi, siydik turib qolishi kuzatiladi va yallig‘lanish jarayonlari kelib chiqadi. Ayol umumiy ahvoli og‘irlashadi va siydik ajralishi kamayadi.
Glomerulonefrit – buyrak kosachalari va to‘qimalarining yallig‘lanish kasalligidir. Ko‘pincha shamollash asorati sifatida kelib chiqadi. Umumiy ahvol og‘irlashadi, bel sohasida og‘riqlar paydo bo‘ladi, shish va qon bosimi oshishlari kuzatiladi.
Siydik-tosh kasalligi – homilador ayol organizmidagi moddalar almashinuvi buzilishlari bilan, ayniqsa kalsiy, fosfor, siydik kislotasi almashinuvlaridagi kamchiliklar. Natijada siydik ajralishi kamayadi, uning zichligi ortadi, kristallangan cho‘kmalar paydo bo‘la boshlaydi. Buyrak jomchalari va siydik yo‘llarining yuqori qismlarida toshlar hosil bo‘ladi. Shu toshning siydik yo‘llarida ko‘chishi natijasida buyrak xuruji kelib chiqadi, bu juda og‘riqli jarayondir, siydik tarkibida qon aniqlanishi mumkin.
Homiladorlik vaqtida buyrak og‘rishi belgilari
Homiladorlik vaqtida buyrak og‘riqlari quyidagi klinik belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin:
- Peshob ajratishdagi muammolar;
- Qon bosimining ko‘tarilishi;
- Yuz va tananing pastki qismlarida shishlar paydo bo‘lishi;
- Bel sohasidagi og‘riqlar, yonbosh sohada va qorinning pastki qismlarida simmilovchi va spastik (siquvchi) og‘riqlar va ularning holatni o‘zgartirganda yoki dam olgandan keyin o‘tib ketmasligi;
- Piyelonefritda og‘riq doimiy bo‘ladi. Siydik tosh kasalliklarida esa kuchli va xurujsimon og‘riq, ba’zida og‘riq kuchi tufayli ayolga shoshilinch yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bunda peshob tarkibida qumlar topiladi;
Buyrakning yallig‘lanish kasalliklarida organizmning umumiy ahvoli o‘zgaradi – tana harorati oshadi, ko‘ngil aynish, qusish, ishtahaning pasayishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquning buzilishi. Bel soha palpatsiya qilinganda og‘riqli bo‘ladi. Glomerulonefrit oqibatida ko‘ruv o‘tkirligi yomonlashishi ham mumkin, keyinchalik ko‘z to‘r pardasida angiopatiyalar ham kelib chiqishi mumkin. Siydik rangi xira, ba’zida qon ham bo‘ladi, tosh hosilalari ham aniqlanishi mumkin.
Yallig‘lanishli kasalliklarda ko‘pincha o‘ng buyrak og‘riqli bo‘ladi. Chunki o‘ng buyrak chapiga nisbatan pastroqda joylashgan. Shuning hisobiga o‘ng buyrakda siydik turib qolish xavfi yuqoriroq. Kam hollarda og‘riq qovurg‘alar ostiga, chov sohasiga ham tarqalishi mumkin, bunday holatda kasallikni xolesistit yoki appenditsitdan farqlab olish kerak.
Chap buyrakdagi og‘riqlar ko‘pincha buyrak tosh kasalliklarida kuzatiladi. Homiladorlikda chap buyrak og‘rishi yallig‘lanishli jarayonlarda ham yuzaga chiqishi mumkin. chap tomondagi og‘riqlar ichak kasalliklarida, pankreatit, ovqatdan zaharlanish hollarida ham namoyon bo‘ladi.
Diagnostikasi
Siydik ayiruv tizimidagi kasalliklar simptomi bir biriga o‘xshash bo‘ladi. Ayniqsa, homiladorlik vaqtida patologik holatni aniq bilib olish uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish kerak. Bunda urolog va nefrolog konsultatsiyalari muhim o‘rinni egallaydi. Laborator analizlardan: siydik analizi (eritrotsitlar, bakteriyalar, oqsillar, leykotsitlar topilishi mumkin) eng muhim tekshiruv hisoblanadi. Bundan tashqari instrumental tekshiruvlardan UTT (UZI) tekshiruvi ham buyraklardagi yashirin patologiyalarni aniqlashda yordam beradi.
Homiladorlik vaqtida buyraklar og‘risa nima qilish kerak?
Javobi oddiy – davolanish kerak, aks holda buyrak kasalliklarining asorati jiddiy bo‘lishi mumkin, ular quyidagilar:
- Homiladorlikning erta muddatlarida to‘xtashi;
- Muddatidan oldin tug‘ish;
- Homilaning infeksiyalanishi;
- Homilaning gipotrofiyasi.
Eng asosiy vazifa – ayolga yordam berish va tug‘ilajak bolaga ziyon yetkazmaslik. Shuning uchun homiladorlik vaqtida davo choralari individual holatidan kelib chiqib, aniq diagnoz qo‘yish bilan olib boriladi.
Davo choralari kompleks ravishda olib boriladi, ya’ni tibbiy davo hamda xalq tabobati birgalikda. Keng qo‘llaniladigan muolaja – fitoterapiyadir. Dorivor o‘simliklarni to‘g‘ri tanlab ularni birgalikda qo‘llasa, homilador ayol ahvolini yaxshilaydi. Ular siydik haydovchi, mikroblarga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va siydik qopi spazmini olish kabi ta’sirlar ko‘rsatadi.
Homilador ayol diyetaga rioya etishi, ko‘proq suyuqlik ichishi, dorivor o‘simliklardan tayyorlangan eritmalar ichish kerak. Buyraklarning o‘tkir yallig‘lanishlarida antibiotikterapiya qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Antibiotiklar turi va dozasini faqatgina davolovchi shifokor buyuradi.
Homiladorlikda buyrak og‘rishini oldini olish
Homiladorlik vaqtida siydik ayirish tizimi a’zolarida zo‘riqish ko‘payganligi natijasida surunkali buyrak kasalliklari kelib chiqishi yoki ular xuruj qilishi mumkin. Bunday holatlar kuzatilmasligi uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
- Ovqatlanish tartibini to‘g‘irlash (qovurilgan, o‘tkir, achchiq va yog‘li mahsulotlardan cheklanish);
- Kun tartibiga rioya etish, uyquning yetarlicha bo‘lishi;
- Bir kunda kamida 2 litr suyuqlik ichish;
- Peshob ajratish hissi uyg‘onsa, zudlik bilan hojatxonaga borish kerak;
- Tanani toza holda saqlash, ayniqsa jinsiy a’zolarni;
- Sintetik materiallardan tayyorlangan tor kiyimlar kiymaslik;
- Yengil gimnastika bilan shug‘ullanib turish;
Homiladorlikni rejalashtirishdan oldin siydik ayiruv tizimi kasalliklaridan davolanish.
Homiladorlik ayol kishi uchun ma’suliyatli jarayondir, axir tug‘ilajak farzand har tomonlama sog‘lom bo‘lmog‘i lozim. shuning uchun homilador ayollar o‘z organizmlarini “eshita olishlari” kerak va qanday dir o‘zgarish sezsalar zudlik bilan shifokorga murojaat etishlari zarur. Kasallikni davolagandan ko‘ra oldini olish osonroq ! Sizga va tug‘ilajak farzandingizga salomatlik tilab qolamiz.
Ikid.uz
Для большинства женщин беременность – сложный процесс, вызывающий изменения в их самочувствии и общем состоянии. В это время все органы женского организма вынуждены усиленно работать. Наряду с этим, органы мочевыделительной системы. Боль в почках при беременности – распространенное состояние, которое негативно влияет на нормальную жизнь женщины и вызывает у нее трудности.
Существует ряд причин, по которым функция этой пары органов нарушается. Некоторые из них могут быть опасны для жизни женщины и плода. любые боли и дискомфорт в области почек нельзя игнорировать.
Причины болей в почках при беременности
Почему болят почки при беременности? Многие женщины обращаются с этим вопросом к своим врачам. Наиболее распространенные причины:
Напряжение. Во время беременности почки женщины не только выводят вредные вещества из ее организма, но и выводят вредные вещества из развивающегося плода.
Гормональная перестройка. Беременность – это процесс, который происходит при увеличении количества прогестерона в организме. Этот гормон может расслаблять сфинктеры различных органов, включая сфинктер мочевого пузыря.
Кроме того, со второй половины беременности размеры матки увеличиваются, в результате чего она сдавливает мочевыводящие пути и мочеиспускательный канал, из-за чего моча задерживается в почечных камнях и вызывает боль.
В ряде случаев может возникать и как осложнение воспалительных процессов в почках, инфекций половых путей, гриппа, простудных заболеваний. При этом нарушается обмен веществ, уменьшается выведение солей, и они накапливаются в почках, приводя к образованию камней и вызывая боль.
Как узнать, что болят именно почки?
Во время беременности женщины часто страдают от болей в спине. Обычно причиной этого является напряжение мышц поясничного отдела и вес, приходящийся на позвонки. Поскольку плод растет день ото дня, по мере увеличения его веса женский организм переносит массу веса в основном на позвонки. Однако боли в спине вызываются не только позвоночником и мышцами. Изменения в почках также вызывают боли в пояснице. В таких случаях для лечения необходимо выяснить точный источник болей и пройти необходимое медицинское обследование.
Боль в почках часто проявляется затруднением мочеиспускания.
Боль в почках сопровождается некоторыми особыми жалобами. Женщина испытывает неприятные ощущения при мочеиспускании (жжение, иногда боль). Наблюдаются частые позывы к мочеиспусканию. Головная боль,вызывает головокружение и повышение артериального давления. Появляются отеки, снижается эмоциональное состояние женщины.
Если женщина замечает вышеперечисленные признаки, ей следует немедленно обратиться к гинекологу. Гинеколог может направить к урологу в зависимости от результатов общего осмотра и лабораторных исследований.
Заболевания почек при беременности
Во время беременности врачи часто диагностируют следующие заболевания почек:
Пиелонефрит – воспалительное заболевание долек почек. Часто наблюдается во второй половине беременности, так как угнетаются почки и нарастают изменения количества гормонов. При этом патологическом состоянии дольки почек расширяются, снижается их тонус, наблюдается задержка мочи, возникают воспалительные процессы. Общее состояние женщины ухудшается и уменьшается выделение мочи.
Гломерулонефрит – воспалительное заболевание чашечек и тканей почек. Часто возникает как осложнение простуды. Общее состояние ухудшается, появляются боли в спине, отеки и повышение артериального давления.
Мочекаменная болезнь представляет собой нарушение обмена веществ в организме беременной, прежде всего дефицит обмена кальция, фосфора и мочевой кислоты. В результате уменьшается выделение мочи, увеличивается ее плотность, начинают появляться кристаллизованные отложения. Камни образуются в почках и верхних отделах мочевыводящих путей. В результате миграции этого камня по мочевыводящим путям возникает поражение почек, что является очень болезненным процессом, а в моче может обнаруживаться кровь.
Симптомы боли в почках при беременности
Боль в почках при беременности может проявляться следующими клиническими признаками:
Проблемы с мочеиспусканием;
Повышенное кровяное давление;
Отечность лица и нижних частей тела;
Боли в поясничной области, пульсирующие и спастические (тянущие) боли в боках и нижних отделах живота и их непрохождение при смене положения или после отдыха;
Боли при пиелонефрите постоянны. Мочекаменные болезни характеризуются сильными и острыми болями, иногда из-за интенсивности болей необходимо оказать женщине неотложную помощь. В этом случае в моче обнаруживается песок;
При воспалительных заболеваниях почек изменяется общее состояние организма — повышается температура тела, появляются тошнота, рвота, снижение аппетита, раздражительность, нарушения сна. Поясничная область болезненна при пальпации. В результате гломерулонефрита может ухудшиться острота зрения, а в дальнейшем может возникнуть ангиопатия сетчатки. Цвет мочи темный, иногда присутствует кровь, также могут обнаруживаться каменные образования.
При воспалительных заболеваниях правая почка часто болезненна. Потому что правая почка ниже левой. Следовательно, риск задержки мочи в правой почке выше. В редких случаях боли под ребрами,Также может распространиться на область печени, в этом случае заболевание следует дифференцировать с холециститом или аппендицитом.
Боль в левой почке часто наблюдается при мочекаменной болезни. Боли в левой почке при беременности могут возникать и при воспалительных процессах. боли с левой стороны проявляются также при кишечных заболеваниях, панкреатите, пищевых отравлениях.
Диагностика
Симптомы заболеваний мочевыделительной системы схожи. Особенно при беременности необходимо проводить дополнительные обследования, чтобы однозначно выяснить патологическое состояние. Большую роль в этом играют консультации уролога и нефролога. Лабораторный анализ: анализ мочи (могут быть обнаружены эритроциты, бактерии, белки, лейкоциты) является наиболее важным исследованием. Помимо инструментальных обследований, обследование УТТ (УЗИ) также помогает выявить скрытые патологии в почках.
Что делать, если болят почки при беременности?
Ответ прост — лечить надо, иначе осложнения болезней почек могут быть серьезными, это:
Раннее прерывание беременности;
преждевременные роды;
Инфицирование плода;
Гипотрофия плода.
Главная задача – помочь женщине и не навредить будущему ребенку. Поэтому при беременности лечебные мероприятия проводятся исходя из индивидуальной ситуации, с точным диагнозом.
Лечебные мероприятия проводятся комплексно, то есть медикаментозное лечение и народная медицина вместе. Широко используемым методом лечения является фитотерапия. Правильный выбор лекарственных растений и их совместное употребление улучшат состояние беременной женщины. Они обладают мочегонным, противомикробным, болеутоляющим и спазмолитическим действием.
Беременной женщине следует соблюдать диету, пить больше жидкости, пить растворы, приготовленные из лекарственных растений. Антибиотикотерапию следует применять при остром воспалении почек. Вид и дозировку антибиотиков назначает только лечащий врач.
Профилактика болей в почках при беременности
В результате повышенного напряжения органов мочевыделительной системы при беременности могут развиться или развиться хронические заболевания почек. Во избежание подобных ситуаций необходимо соблюдать следующее:
Коррекция пищевых привычек (отказ от жареного, острого, острого и жирного);
Соблюдение режима дня, высыпание;
Пейте не менее 2 литров жидкости в день;
Если вы чувствуете позывы к мочеиспусканию, вам следует немедленно пойти в туалет;
Содержание тела в чистоте, особенно половых органов;
Не носить тесную одежду из синтетических материалов;
Занятия легкой гимнастикой;
Лечение заболеваний мочевыделительной системы перед планированием беременности.
Беременность – ответственный процесс для женщины.ведь будущий ребенок должен быть здоров во всех отношениях. поэтому беременные женщины должны уметь «слышать» свой организм, и если они заметят какие-либо изменения, то должны немедленно обратиться к врачу. Болезнь легче предупредить, чем лечить! Желаем вам и вашему будущему ребенку крепкого здоровья.
Ikid.uz