O’lim shiddati — Islomiy hikoya

Vahb ibn Munabbih hikoya qiladi:
«O’tgan podshohlardan biri qaergadir sayohatga otlandi. Yurish oldidan u o’ziga hammani hayratga soladigan kiyim keltirishlarni buyurdi. Olib kelingan kiyim podshohning didiga o’tirmadi. Darhol bundan ham yaxshirog’ini keltirishlarini buyurdi. To hayratdan yoq ushlaydigan darajadagi ajabtovur kiyim keltirgunlaricha bu hol davom etdi. Podshoh ulovni ham shu talab bilan tanladi. Har safar ko’rsatilayotgan otlarni qaytarib, yanada chiroyliroq yanada xushbichimroq ot keltirishlarini buyuradi. Nihoyat, podshoh antiqa kiyimlar kiyib, eng chiroyli ot ustiga mindi. O’sha paytda Iblis uning burniga dam urdi, podshohning ichi kibrga to’ldi. Endi uninh ko’zi ko’r bo’lib, na atrofdagi otliqlarni, na yo’ldagi odamlarni ko’rardi. Shu payt uvada kiyimda, holi xarob bir kishi yo’l o’rtasiga chiqib, podshohga salom berdi. Podshoh uning salomiga alik olmadi. U otning jilovidan ushlab, yo’lga ko’ndalang turib oldi. Shunda podshoh:
-Jilovni qo’yvor! Qattiq jazoga munosib ish qilyapsan,-dedi unga g’azabnok.
-Senda hojatim bor, -dedi u podshohga.
-Sabr qil otdan tushay.
-Yo ‘q, xoziroq, shu hojatimni ravo qilasan.
Podshoh ulovning jilovini unga topshirishga majbur bo’ldi va:
-Ayt hojatingni, -dedi.
-Bu sir!
Podshoh boshini egib unga qulog’ini tutdi. U sirni ochdi:
-Men o’lim farishtasiman!
Podshohning rangi o’zgarib, tili kalimaga kelmay qoldi. Keyin o’ziga kelib:
-Fursat ber, ahlimni oldiga qaytib, omonatlarimni ado qilay,-dedi o’lim farishtasiga.
-Yo’q, Allohga qasamki, endi sen ahlingni ham, qoldirgan mol-dunyoyingni ham hech qachon ko’rolmaysan, -dedi o’lim farishtasi va uning jonini oldi.
Podshoh qurigan yog ‘och kabi yerga quladi.
Keyin o’lim farishtasi shu ahvolda mo ‘min bandasiga yo’liqdi, unga salom berdi. Mo’min banda uning salomiga alik oldi.
-Senda hojatim bor,-dedi o’lim farishtasi unga.
-Aytaqol, qulog’im senda.
-Yaqinroq kel, dedi o ‘lim farishtasi va unga sirni ochdi:
-Men o ‘lim farishtasiman!
-Xush kelibsan, marhabo, ey intizor kutilgan zot! Yer yuzida g’oyib narsalar ichida men uchun eng suyuklisi sensan!
-Nimani hohlaysan? Hojatlaring bo ‘lsa, bemalol ado qilishing mumkin.
-Yo’q! Alloh taoloning diydoridan ulug ‘roq va suyukliroq hojat bormi! — dedi mo’min banda.
-Ayt joningni qanday shaklda olishimni istaysan?
-Sen men istaganday jonimni olishga qodirmisan?
-Ha, men shunga buyurilganman.
-U holda ozgina muhlat ber, tahorat olay ibodat qilay. Boshim sajdaga qo’yilgan payti jonimni ol. Darhaqiqat shunday bo ‘ldi: mo ‘min banda boshini sajdaga qo’ygani zahoti o’lim farishtasi uning jonini oldi».

Manba: islom.ziyouz.com


Вахб ибн Мунаббих рассказывает:
«Один из королей прошлого отправился куда-то в путешествие. Перед отъездом он велел принести ему одежду, которая всех поразит. Одежда, которая была привезена, не пришлась по вкусу королю. Он тут же велел им принести лучшую .ситуация продолжалась.Король тоже выбрал охоту с этим требованием.Каждый раз он возвращал показанных лошадей и приказывал привести более красивую и красивую лошадь.Наконец король оделся в старинные одежды и ехал на самой красивой лошади .В то время Дьявол уперся ему в нос,сердце царя наполнилось гордыней.Теперь глаза его ослепли,он не мог видеть ни всадников вокруг себя,ни людей на дороге.В этот момент человек в бедном одежда, еще в руинах, вышла посреди дороги, поприветствовала царя. Царь не принял его приветствия. Он схватил поводья коня и стал через дорогу. Тогда царь сказал:
-Опустите поводья! «Ты делаешь что-то достойное сурового наказания», — сердито сказал он.
— Ты мне нужен, — сказал он королю.
— Потерпите, он слезет с коня.
— Нет, пока ты удовлетворишь мою потребность.
Король был вынужден передать ему бразды охоты и:
— Скажи мне, что тебе нужно, — сказал он.
— Это секрет!
Царь склонил голову и коснулся уха. Он раскрыл тайну:
— Я ангел смерти!
Цвет царя изменился, и его язык потерял дар речи. Потом пришел в себя:
«Дай мне шанс вернуться к моему народу и заплатить свои взносы», — сказал он ангелу смерти.
«Нет, клянусь Богом, теперь ты никогда не увидишь свою семью и свое богатство», — сказал ангел смерти и лишил его жизни.
Царь упал на землю, как засохший жир.
Тогда к верному в этой ситуации слуге явился ангел смерти и поприветствовал его. Верный слуга принял его приветствие.
«Ты нужен мне», — сказал ему ангел смерти.
— Скажи мне, у тебя есть мое ухо.
— Подойди поближе, — сказал ангел смерти и открыл ему тайну:
— Я ангел смерти!
«Добро пожаловать, добро пожаловать, тот, кто ждет тебя!» Ты самый любимый для меня среди вещей, что исчезли на земле!
— Что ты хочешь? Если у вас есть потребности, вы можете сделать это легко.
-Нет! Есть ли потребность более великая и дорогая, чем присутствие Всемогущего Бога! — сказал верующий слуга.
— Скажи мне, в каком виде ты хочешь, чтобы я забрал твою душу?
— Ты можешь лишить меня жизни, как я хочу?
— Да, мне приказали сделать это.
— В таком случае дайте мне немного времени, совершите омовение и помолитесь. Возьми мою жизнь, когда моя голова склонится. Действительно, так и произошло: как только верующий склонил голову, ангел смерти забрал его жизнь.

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: