Vafo va bevafolik haqida maqollar

Vafo va bevafolik haqida maqollar

Bevafo do’stdan tayoq yaxshi,
Bebahra guldan — yaproq.

Bevafo yor — joningga dor.

Bevafo yordan vafodor it yaxshi.

Bevafo yordan osilgan dor yaxshi.

Bevafoda hayo yo’q,
Hayosizda riyo yo’q.

Bevafoning asli ko’ngli begona,
Bevafoga ko’ngil qo’ygan devona.

Bildingki, bevafodir,
Ko’ngil qo’ymoq xatodir.

Birga vafo — mingga vafo.

Vafo qilgan vafo topar,
Jafo qilgan jafo topar.

Vafoli qul — jafoli qul.

Vafosizga berilma,
Vafolidan ayrilma.

Vafosizda hayo yo’q,
Hayosizda vafo yo’q.

Va’da — vafosi bilan go’zal.

Va’daga — vafo,
Vafosizga — jafo.

Inson bo’lsang vafo qil,
Vafosizlik — xato, bil.

Ip kiysa ham vafodor bo’lsin.

It — vafo, xotin — jafo.

Muhabbat — uy poydevori,
Vafo — ustuni.

Suvsiz hayot bo’lmas,
Vafosiz — oila.

To’g’ri gapning ajjisi yo’q,
Bevafoning — sujjisi.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz