Bir shohning ikki vaziri bor edi. Biri aql-farosati, toʻgʻrisoʻzligi bilan eʼtiborga tushgan, podsho koʻp masalalarda undan maslahat olar edi. Bu vazir birovga yomonligi yoʻqligi bilan ajralib turar, uning “Yaxshi odamga yaxshi munosabatda boʻling, yomonga oʻzining yomonligi yetadi” degan gapi el orasida mashhur boʻlib ketgan edi.
Narigi vazir esa uning saroydagi mavqei va odamlar orasidagi obroʻ-eʼtiboriga hasad qilardi. Kunlarning birida hasadchi vazir podshoning qabuliga kirib, dedi: “O, podshoyi olam! Sevimli vaziringiz: “Shohimizning ogʻzidan yoqimsiz hid keladi”, deb aytdi”. Hukmdor sevimli vaziriga alohida mehr qoʻygandi, shu sababli bu vazirning soʻzlariga ishonmadi. Hasadchi esa shohning shunday munosabat koʻrsatishini hisobga olib qoʻygandi: “Uni huzuringizga chaqiring, sizga yaqinlashgan payti qoʻlini burniga olib boradi, shunda men bu gaplarni bekorga aytmaganimga amin boʻlasiz”, dedi u.
Hukmdor bosiqlik bilan buyurdi: “Yaxshi, uni chaqirib kel-chi”. Ichiqora vazir raqobatchisini ziyofatga taklif etdi va ovqatga juda koʻp sarimsoq qoʻshdi. Yemaganiga qoʻymadi. Tushlik tugagan zahoti birinchi vazirga uni podsho yoʻqlayotgani, zudlik bilan borishi kerakligi aytildi. U, ilojsiz, saroyga yoʻl oldi.
Podsho uning salomiga alik oldi-da: “Qani, menga yaqinroq oʻtir-chi”, deb buyurdi. Vazir hukmdorga yaqin kelgan zahoti sarimoq hidi bilinmasin deb qoʻllari bilan ogʻzini yopdi. “Ha, narigi vazirim toʻgʻri gapirgan ekan”, deb oʻyladi shoh. Soʻng bir qogʻozga maktub yozdi-da, uni eltib berishni vazirga topshirdi. Podsho kimnidir mukofotlashni istasagina oʻz qoʻllari bilan xat yozardi. Voqealar nima bila tugashini intiqlik bilan kutib turgan hasadchi vazirning hafsalasi bir boʻldi. “Bu yaramas qutulib qolibdi-da, uning ustiga mukofot ham olibdi” deb oʻyladi u va raqibidan xatni unga berishini iltimos qildi. Bagʻrikeng vazir uning iltimosini qabul qildi va qayerga, kimga eltib berishi kerakligi tushuntirdi.
Lekin xatda hech qanaqa mukofot haqida gap yoʻq edi. Unda “Bu xatni olib borgan kishining boshini tanasidan judo qiling!” deb yozilgan edi.
Birinchi vazirining saroyga sogʻ-omon kirib kelganini koʻrgan podsho bunda bir sir borligini angladi. Vazir unga boʻlgan voqealarni aytib berach, “Sen haq ekansan. Yomonga oʻzining yomonligi yetarli ekan”, dedi va donishmand vaziriga boʻlgan mehri yana bir karra ortdi.
У короля было два министра. Один отличался умом и правильностью, и царь советовался с ним по многим вопросам. Этот министр отличался тем, что ни к кому не имел злобы, в народе прославилась его поговорка «Будь хорошим человеком, дурному человеку достаточно плохого».
Другой министр завидовал его положению во дворце и его репутации в народе. Однажды в приемную царя вошел ревнивый министр и сказал: «О, я возьму царя! Ваш любимый министр сказал: «Из уст нашего короля плохо пахнет». Правитель очень любил своего любимого министра, поэтому не поверил словам министра. И завистник учел отношение царя: «Позови его к себе, он руку к носу приложит, когда приблизится к тебе, так ты убедишься, что я не напрасно говорил сие», — сказал он.
Правитель спокойно приказал: «Хорошо, позови его». Ичикора пригласил своего министра-соперника на пир и добавил в еду много чеснока. Он не давал ему есть. Как только обед закончился, первому министру сказали, что его ищет король и что он должен немедленно идти. Не в силах помочь, он отправился во дворец.
Царь принял его приветствие и приказал: «Подойди, сядь поближе ко мне». Как только министр приблизился к правителю, он закрыл ему рот руками, чтобы не учуял запах куркумы. «Да, другой мой министр был прав», — подумал король. Затем он написал письмо на листке бумаги и доверил его министру. Король писал письмо собственноручно только тогда, когда хотел кого-то наградить. Ревнивый министр, с нетерпением ожидавший, чем же закончатся события, был разочарован. «Этому подлецу сошло с рук, да еще и награда», — подумал он и стал умолять противника отдать ему письмо. Милостивый министр принял его просьбу и объяснил, куда и кому он должен ее передать.
Но в письме не упоминалось о какой-либо награде. «Обезглавьте того, кто принес это письмо!» это было написано.
Увидев, что его первый министр благополучно вошел во дворец, царь понял, что в нем есть тайна. Рассказав ему, что произошло, министр сказал: «Вы правы. У зла достаточно своего зла, — сказал он, и любовь его к мудрому служителю вновь возросла.