Bir sinfda aʼlochi bir bola oʻqirdi. Lekin unda koʻrolmaslik odati bor edi. Sinfning eng yaxshi oʻquvchisi men boʻlishim kerak, boshqalar hamisha mendan orqada yurishi kerak deb hisoblardi u.
Shuning uchun sheriklari darsda javob berayotganda oʻrtaga gap qoʻshib, ularni adashtirar, daftarlariga xato javoblarni yozib qoʻyar, xullas, ochiq dushmanlik qilardi. Buni sezgan oʻqituvchisi bir kuni uni xattaxta yoniga chiqarib, nega bunday qilayotganini soʻradi. Bolakay ichidagini yashirmadi:
– Ustoz, hech kim mendan zoʻr boʻlishi istamayman. Eng yaxshi, eng aʼlochi oʻquvchi oʻzim boʻlishimni xohlayman, – dedi u.
Ustozi xattaxtaga teng uzunlikdagi ikkita chiziq chizdi. Soʻng soʻradi:
– Qara, oʻgʻlim, hozir taxtadagi chiziqlarning uzunligi bir xil. Birinchisi meniki, narigisi seniki. Seniki uzunroq boʻlishi uchun nima qilish kerak?
– Sizning chizigʻingizni oʻchirib, qisqartirish kerak, – deb javob berdi bola.
– Buning yana boshqa bir usuli bor, mantiqli va toʻgʻri usuli bor, – dedi oʻqituvchi va boʻr bilan bitta chiziqni davom ettirib uzaytirdi. – Koʻrdingmi, bu holda ham sening chizigʻing menikidan uzun boʻldi. Mening chizigʻimga esa zarar yetmadi. Agar boshqalardan aʼlochi boʻlmoqchi boʻlsang, ularning oyogʻidan chalishing emas, oʻz qobiliyatlaringni kuchaytirishing kerak. Shunda sinfning eng yaxshisi boʻlasan, oʻrtoqlaringga ham zararing tegmaydi. Ular senga havas bilan qaraydi, hurmatingni joyiga qoʻyadi.
Kichik sinfdagi bolalar orasida tez-tez koʻzga tashlanishi mumkin boʻlgan bu holat, afsuski, kap-katta kishilar oʻrtasida ham uchrab turadi. Aslida, oʻqituvchi aytgan haqiqatni anglab yetish unchalik qiyin ish emas. Buning uchun hayotga ochiq koʻz va uygʻoq vijdon bilan qarash kerak, xolos.
Orif TOLIB
“Sogʻlom avlod” gazetasining 2016 yil 39-sonida chop etilgan.
В одном классе был отличник. Но у него была привычка оставаться незамеченным. Он считал, что я должен быть лучшим учеником в классе, а другие всегда должны следовать за мной.
Поэтому, когда его партнеры давали ответы на уроках, он добавлял слова в середине, вводил их в заблуждение, записывал неверные ответы в их тетради, словом, был откровенно враждебен. Заметив это, его учитель однажды отвел его к чертежной доске и спросил, почему он это делает. Мальчик не скрывал, что у него внутри:
«Учитель, я не хочу, чтобы кто-то был лучше меня». «Я хочу быть лучшим, самым отличником», — сказал он.
Учитель провел две линии такой же длины, как и линейка. Затем он спросил:
— Смотри, сынок, теперь линии на доске имеют одинаковую длину. Первый мой, второй твой. Что вы можете сделать, чтобы ваша прослужила дольше?
— Твою строчку надо вычеркнуть и сократить, — ответил мальчик.
«Есть другой способ сделать это, есть логичный и правильный способ», — сказал учитель и продолжил рисовать мелом одну линию. — Видишь ли, даже в этом случае твоя линия была длиннее моей. Моя линия не пострадала. Если вы хотите быть лучше других, вам нужно улучшать свои навыки, а не побеждать их. Тогда ты будешь лучшим в классе и не причинишь вреда своим друзьям. На вас смотрят с завистью, уважают.
Это состояние, которое часто можно наблюдать у детей младших классов, к сожалению, встречается и у взрослых. На самом деле не так уж трудно понять истину учителя. Для этого нужно просто смотреть на жизнь открытыми глазами и с чистой совестью.
Ариф ТАЛИБ
Опубликовано в 39 номере газеты «Соглом авлод» за 2016 год.