Odil hokim — Jahon xalq ertagi

Bir kuni ikki kishi ovqatlanib o‘tirgan ekan. Ularning birida beshta, ikkinchisida uchta kulchasi bor ekan. Xuddi shu payt ko‘chadan o‘tib borayotgan bir yigitcha ularning yoniga kelib salom beribdi. Ular salomga alik qaytarib, yigitchani nonushtaga taklif etishibdi. Yigitcha taklifni qabul qilib, ularga qo‘shilibdi va nonushta tugagandan so‘ng yo‘lovchi ularga sakkiz oltin tashlab:
— Olinglar, bu sizning kulchalaringiz haqi, — debdi.
Ular oltinlarni o‘zaro bo‘lisha boshlashibdi. Beshta kulchaning egasi: — Oltinlarning beshtasi meniki, uchtasi esa seniki, — deb baqiribdi.
Uchta kulchaning egasi bo‘lsa, oltinlarni teng bo‘lamiz, deb turib olibdi. Janjal boigan sayin kuchayib, hech bir-birlari bilan kelisha olishmabdi.
Shunda ular odil hokim oldiga borib, unga bo‘lgan voqeani so‘zlab berishibdi. Hokim uch kulcha egasiga qarab:
— O‘sha yigitcha senga rozi bo‘lib, o‘z ixtiyori bilan uch oltinni beribdi-yu, nega sen ularni olmading?
— Janob, men unga rozi bo‘lmadim. Men o‘z ulushimni to‘g‘ri talab qildim, — deb javob qilibdi haligi odam.
— Sen hali o‘z ulushingni talab qilyapsanmi? — debdi hokim. -Ammo sening ulushing bor-yo‘g‘i bir oltin, qolgan yettitasi boshqaning haqi.
— Nega unday bo‘larkan, janob, menga bor-yo‘g‘i bir oltin tegarkanmi? — shovqin solibdi uch kulcha egasi. — Men uch oltinga ham rozi bo‘lmay tursamu, sen bo‘lsang bor-yo‘g‘i bir oltin beryapsan!
— Sizlar uch kishi edinglar, — deb javob qilibdi hokim, -kulchalar esa hammasi bo‘lib sakkizta. Agar har bir kulchani uchga bo‘lgan taqdirda, ulardan yigirma to‘rt bo‘lak chiqadi. Agar sizlar teng yegan bo‘lsalaring, unda har biringizga sakkiz bo‘lakdan to‘g‘ri keladi. Sening uch kulcha noningdan to‘qqiz bo‘lak chiqadi. Undan sen sakkiz bo‘lagini yegansan, bor-yo‘g‘i bir bo‘lagi qolgan. Boshqa odamning beshta kulchasidan o‘n besh bo‘lak chiqqan. Uning sakkizinchisini o‘zi tamaddi qilgan bo‘lib, yetti bo‘lagi qolgan.
Agarda o‘sha yo‘lovchi yigit sakkiz bo‘lak non yegan bo‘lsa, shundan bir bo‘lagi seniki bo‘lib, qolgan yetti bo‘lagi uniki. Demak, senga tegishlisi- bir, uniki — yetti oltindir. O‘zing yaxshilab hisob-kitob qilib, o‘ylab ko‘r, — debdi.
— To‘g‘ri, endi tushundim, gapingga qo‘shilaman, — deb javob qilibdi haligi odam.


Однажды два человека ели. У одного из них пять, а у другого три. В то же время к ним подошел переходивший улицу молодой человек и поприветствовал их. Они ответили на приветствие и пригласили молодого человека на завтрак. Молодой человек принял приглашение и присоединился к ним, а после завтрака пассажир бросил в них восемь золотых:
«Возьми, это твой пирог», — сказал он.
Они начали делить золото между собой. Хозяин пяти золотых монет закричал: «Пять золотых — мои, а три — твои».
Он настаивал на том, что если он будет владеть тремя кульчами, мы разделим золото поровну. По мере того как ссора нарастала, они не могли договориться друг с другом.
Затем они пошли к губернатору и рассказали ему о случившемся. Мэр посмотрел на владельца трех кульчей:
— Этот молодой человек добровольно согласился отдать вам три золотых, почему вы их не взяли?
«Сэр, я не согласен с ним». — Я правильно потребовал свою долю, — ответил старик.
— Вы все еще требуете свою долю? сказал мэр. — Но на твою долю приходится только одно золото, а остальные семь принадлежат кому-то другому.
«Почему же тогда, сэр, у меня есть только одно золото, чтобы потрогать?» — крикнул владелец трех кульчей. «Даже если я не соглашусь на три золота, ты дашь только одно золото!»
— Вас было трое, — ответил губернатор, — а всего их было восемь. Если каждую кульчу разделить на трети, то из них выйдет двадцать четыре штуки. Если вы едите поровну, каждому из вас достанется по восемь штук. Из ваших трех буханок хлеба получится девять ломтиков. Вы съели восемь кусочков, и остался только один. Пятнадцать кусков вышли из пяти пепел другого человека. Восьмую часть он съел сам, и осталось семь кусков.
Если этот юный пассажир съел восемь кусков хлеба, один кусок будет вашим, а остальные семь — его. Итак, то, что принадлежит тебе, — одно, а его — семь золотых. «Сделайте тщательный расчет и подумайте об этом», — сказал он.
«Правильно, теперь я понимаю, я согласен с вами,» ответил старик.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: