Usmon Qoʻchqor haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol

Usmon Qoʻchqor haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Usmon Qoʻchqor 1953 yil 15 iyulda Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi Novaboshi qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da tahsil oldi (1970-1975). Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir boʻlib ishladi (1975-1977). Shofirkondagi oʻrta maktabda oʻzbek tili va adabiyotidan dars berdi (1977-1979). Shundan soʻng “Oʻzbekiston” (1979-1986), “Choʻlpon” (1986-1989), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat (1991-1997) hamda “Maʼnaviyat” (1997-2011) nashriyotlarida, “Yoshlik” (1989-1991),  “Jahon adabiyoti” (2011-2013) jurnallarida xizmat qildi.

Birinchi sheʼriy toʻplami “Hayajonga koʻmilgan dunyo” (1982) nomi bilan chop etildi. Soʻngra “Akssiz sadolar” (1986), “Uyqudagi minora” (1987), “Ogʻir karvon” (1991) kabi sheʼriy majmualari, “Chamangul” (1989) ertak-dostoni, “Shiroq” (1997) rivoyat-dostoni chop etildi.

Shoir “Quvgʻin” dostonida qatagʻon davri iztiroblari va alamlari haqida hikoya qiladi. Har qanday sharoitda ham inson oʻz feʼli-tabiatidagi yuksak odamiylik jihatlarini namoyon etishi kerak. Ana shu ezgulikka, olijanoblikka yoʻgʻrilgan omil inson xarakterida beqiyos qadriyat ekanini tasdiqlaydi.

Shoir tarjimon sifatida ham samarali ijod qilib kelmoqda. U ozarbayjon yozuvchilaridan Sayyid Imomiddin Nasimiy, Husayn Jovid, Yusuf Samad oʻgʻli, Anor,  Sobir Rustamxonli, Hidoyat kabi adiblar asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi.

Uning “Chamangul” (1999) nomli bolalar uchun yozilgan sheʼriy ertak-dostoni Respublika Davlat matbuot qoʻmitasining yillik mukofotiga sazovor boʻlgan.

Shoir “Mehnat shuhrati” ordeni (1997), “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni (1999) bilan taqdirlangan.

2017 yil 21 sentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

S. Mirvaliyev va R. Shokirovaning “Oʻzbek adiblari” (Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan foydalanildi.


Усман Кочкор родился 15 июля 1953 года в селе Новобоши Шафирконского района Бухарской области. Учился в Ташкентском государственном университете (ныне УзМУ) (1970-1975). Работал редактором в Издательстве литературы и искусства имени Гафура Гулама (1975-1977). Преподавал узбекский язык и литературу в средней школе в Шафирконе (1977-1979). После этого в издательствах «Узбекистан» (1979-1986), «Чолпон» (1986-1989), Литература и искусство имени Гафура Гулама (1991-1997) и «Духовность» (1997-2011), «Юность». (1989-1991 гг.), работал в журналах «Всемирная литература» (2011-2013 гг.).

Его первый поэтический сборник вышел под названием «Мир, погребенный в волнении» (1982). Затем последовали такие поэтические сборники, как «Акцизные звуки» (1986), «Спящая башня» (1987), «Тяжелый караван» (1991), сказка «Чамангуль» (1989), поэма «Широк» (1997). были опубликованы.

О страданиях и горестях периода репрессий поэт рассказывает в эпосе «Кувъин». В любой ситуации человек должен проявлять высокие человеческие стороны своей натуры. Этот фактор доброты и благородства подтверждает, что это ни с чем не сравнимая ценность в человеческом характере.

Поэт успешно работал переводчиком. Он перевел на узбекский язык произведения азербайджанских писателей Сайида Имоеддина Насими, Хусейна Джавида, Юсуфа Самед оглу, Анора, Сабира Рустамханлы, Хидаята.

Его поэтическая сказка «Чамангуль» (1999) для детей была отмечена ежегодной премией республиканского Госкомитета по печати.

Поэт награжден орденом «Трудовая слава» (1997 г.), званием «Заслуженный работник культуры Республики Узбекистан» (1999 г.).

Ушёл из жизни 21 сентября 2017 года в Ташкенте.

Использовалась книга «Узбекские писатели» С. Мирвалиева и Р. Шокировой (Ташкент, издательство литературы и искусства им. Гафура Гулома, 2016 г.).

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: