Ilm, bilim va o’qish haqida maqollar

Ilm, bilim va o'qish haqida maqollar

Avval bil, keyin qil.

Avval o’rgan, keyin o’rgat.

Avom tabib — ofati jon.

Avrasang, oqil bo’lar,
Bovrasang, botir bo’lar.

Baxt belgisi — bilim.

Bilagi zo’r birni yiqar,
Bilimi zo’r — mingni.

Bilak bilan bitmagan
Bilim bilan bitar.

Bilgan bilganin ishlar,
Bilmagan barmog’in tishlar.

Bilgan bitirar,
Bilmagan yitirar.

Bilgan o’zar,
Bilmagan to’zar.

Bilgan o’qir,
Bilmagan to’qir.

Bildirish uchun bihsh kerak.

Bilim — aql chirog’i.

Bilim baxt keltirar.

Bilim — davlatdan qimmat.

Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.

BilimJi — olim.
Bilimsiz — zohm.

Bilimliga dunyo yorug’,
Bilimsizga — qorong’u.

Bilimlining bilimi yuqar,
Bilimsizning nimasi yuqar.

Bilishim,
Bilishimga tushar bir ishim.

Bilimsiz kishiga ish yo’q,
Ilmsiz kishiga osh yo’q.

Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.

Bilimsiz xalfa — ekinsiz dala.

Bilmagan ayb emas,
Bilishga tirishmagan ayb.

Bilmagan ishga urinma,
Urinib tuzoqqa ilinma.

Bilmagandan bilgan yaxshi,
To’g’ri ishni qilgan yaxshi.

Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

Bilmaganning bilagi tolmas.

Bilmas tabib jon olar.

Bilmasang, bilgandan so’ra.

Go’zallik — ilm-u ma’rifatda.

Davlat tugar, bilim tugamas.

Didli yigit — ilmli yigit.

Zehn qo’ysang bilimga,
Ilm tomar dilingga.

Ilm — aql bulog’i,
Aql — yashash chirog’i.

Ilm baxt keltirar,
Bilim taxt keltirar.

Ilm — yorug’lik,
Jaholat — zuimat.

Ilm izlagan yetar,
Izlamagan — yitar.

Ilm istasang, takror qil.

Ilm ko’p, umr oz,
Keragini o’qi.

Ilm olish — nina bilan quduq qazish.

Ilm olishning erta-kechi yo’q.

Ilm topmay, maqtanma.

Ilm — tubsiz quduq.

Ilm — egarlangan ot,
Bilganga — do’st,
bilmaganga — yov.

Ilm o’lchovi — aql,
Zehn o’lchovi — naql.

Ilm qog’oz qatida emas, miya qatida.

Ilmi borni yosh dema,
Ilmi yo’qni bosh dema.

Ilmi yo’qning ko’zi yumuq.

Ilmli odam — ilikli suyak.

Ilmli olar, Ilmsiz oldirar.

Ilmli uy — charog’on,
Ilmsiz uy — zimiston.

Ilmlining so’zi — o’q.

Ilmni mehnatsiz egallab bo’lmas.

limning avvali achchiq,
So’ngi — totli.

Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar.

Ilmsiz bosh qashir,
Xushomadgo’y gap tashir.

Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.

Ilmsiz kishi o’limga yaqin.

Ilmsiz olim — to’qimsiz eshak.

Ilmsizga ishonch yo’q,
Hunarsizga quvonch yo’q.

Ilm-u hikmat suvni yondirar.

Ilm-u hunar yelga emas, elga.

Imoni yo’qning burdi yo’q.

Kitob — aql qayrog’i.

Kitob ko’rmagan kalla —
Giyoh unmagan dala.

Kitobsiz aql — qanotsiz qush.

Ko’rib bilish yaqinni,
O’qib bilish uzoqni.

Ogohlikni ko’rdan o’rgan,
Donolikni — ilmdan.

Ozdan yig’ilib daryo bo’lar,
So’rab-so’rab dono bo’lar.

Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.

Otolmagan yoy tanlar.

Piling kuchli bo’lguncha,
Biliming kuchli bo’lsin.

Poxoldan somon chiqmas,
Qo’poldan olim chiqmas.

Teshik idish suvda bilinar,
Bilimi oz kishi — sinovda.

Til bilgan yo’lda qolmas.

Uchishga qanot kerak,
O’qishga — toqat.

Uquvsiz ishboshi bo’lsa,
Baqir-chaqirdan chiqmas.

Chalasavod — chirik rabot.

Yuzga kirsang, yuz yil o’qi.

Yuziga qarama, bilimiga qara.

O’rdak bo’lmay, g’oz bo’l,
Bilim olib, soz bo’l.

O’qigan — guliston,
O’qimagan — go’riston.

O’qigan — yorug’,
O’qimagan — choriq.

O’qigan — olim,
O’qimagan — o’ziga zolim.

O’qigan o’qdan oshar,
Nodon turtkidan shoshar.

O’qigan o’qigan emas,
Uqqan — o’qigan.

O’qigan o’g’il otadan ulug’.

O’qiganing o’zingga.

O’qiganning oshi — pishirig’lik.

O’qiganning oshig’i — olchi.

O’qiganning tili — ikki.

O’qimagan shu damda,
Turtinar har qadamda.

O’qimagan — yalang oyoq,
Baayni bir quruq tayoq.

O’qimay mulla bo’lgan,
Cho’qimay qarg’a bo’lar.

O’qish boshqa, uqish boshqa.

O’qish — jafoli, keti — vafoli.

O’qish yaxshi,
Uqish undan ham yaxshi.

O’quvi bor ulg’ayar,
Uquvi yo’q sarg’ayar.

Qadam qo’y asta-asta,
Qadam yetguncha ilm ista.

Quyma aql bo’lmasa,
Turtma aql hech bo’lar.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz