Orzu qilish bilangina… — Islomiy hikoya

Orzu qilish bilangina... - Islomiy hikoya

Bir odam Rasululloh (s.a.v.)ni tushida ko‘rishni orzu qilardi. Buning yo‘lini ilmli kishidan so‘radi. Olim aytdi:

– Uyqu oldidan sho‘r baliq yeb yot, ammo suv ichma!

Kishi hayron bo‘ldi – Rasululloh (s.a.v.)ni tushda ko‘rish bilan sho‘r baliq yeyish orasida qanday bog‘liqlik bor? Lekin shunday bo‘lsa-da, olim aytgan ishni qildi. Qanchalik chanqamasin, suv ichmadi. Sahargacha tushiga faqat chashmalar, buloqlar kirdi. Uyg‘ondi-yu olimning oldiga yugurdi:

– Menga Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni ko‘rasan, degan edingiz. Biroq tushimga suvdan boshqa narsa kirmadi-ku!

– Buning uchun orzuning o‘zi kifoya qilmaydi, – tabassum bilan dedi olim. – Rasululloh (s.a.v.)ga bo‘lgan muhabbat tuzli baliq yeb, suvga tashna bo‘lgandek joningni yondirsin. Shundagina u zot (s.a.v.)ni ko‘rasan.

“Irfon” taqvimining 2011 yil, 1-sonidan olindi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: