Qadimda bir podshoh o‘tgan ekan. Kunlardan bir kuni u tush ko‘ribdi. Uyg‘ongach, ancha muddat o‘ylanib qolibdi. So‘ngra vazirini chaqirib: “Tayyorlan, saroydan tashqariga chiqamiz”, deb amr qilibdi. Bir ozdan so‘ng ikkovlon imomlar kiyimini kiyib, yo‘lda ketib borardilar. Bir qishloqqa yetgach, podshoh tushida ko‘rgan joyni tanib: “Keldik”, dedi. Odam ko‘p, hamma o‘z ishi bilan band. Lekin hech kim yerda yotgan jasadga e’tibor ham qilmas edi. Shunda podshoh odamlardan so‘radi:
– Bu kimning jasadi?
– E so‘ramang, uyatsiz aroqxo‘rniki, – javob berdi bir kishi. – Qirq yillik qo‘shnim edi u. Tan olish kerak, juda mohir taqachi edi, ertadan qora kechgacha ishlar, biroq ichkilikni ko‘rdi deguncha, bor budini berib sotib olardi. Har kuni uyiga aroq tashir, fohishalarni olib kelishdan ham toymasdi. Bugun bittasini, ertasiga ikkinchisini. Agar ishonmasangiz, boshqalardan ham so‘rang, uni biror marta jamoatda ko‘rgan bormikan?..
Bir fursatdan keyin odamlar tarqalib, ko‘cha o‘rtasida shoh, vazir va yerdagi jasaddan boshqa kimsa qolmadi. Shunda vazir:
– Yuring, shohim, biz ham ketaylik, – dedi.
– Yo‘q, hali ko‘rgan tushimning hikmatiga yeta olmadim, – javob berdi shoh. – Jasadni olib ketamiz. Sen g‘am yema, uni yuvib, kafanlab, ko‘mishni o‘zim uddalayman. Faqat yuvish uchun biror joy topsak, kifoya…
Ikkovlon jasadni olib narigi qishloqdagi katta masjid tomon yo‘l oldilar. Yo‘l-yo‘lakay kerakli ashyolarni xarid qilishdi. Jasadni yuvib, kafanlar ekanlar, marhum yuzidagi nur, lablaridagi ma’noli tabassumni ko‘rib, xayollaridan: “Bu odam qo‘shnilari aytganidek yomon kimsaga o‘xshamaydi-ku”, – degan o‘y o‘tdi. Barcha ishlar bitgach, vazir:
– Shohim, yanglishmadikmikan? – deb qoldi. – Marhumning yaqinlari, bola-chaqalarini surishtirish kerakmidi…
– To‘g‘ri aytasan, – dedi shoh. – Hali namoz paytigacha vaqt bor. Sen shu yerda bo‘lib tur, men uning uyiga borib kelaman.
Podshoh so‘rab-so‘rab marhum yashagan uyni topdi. Eshikni ochgan katta yoshli ayol shohning so‘zlarini diqqat bilan tinglar ekan, musibatni mardona qarshilasa-da, ko‘zyoshlariga mone’lik qila olmadi. Keyin shunday dedi:
– Bilasizmi, o‘g‘lim, bizning xo‘jayin bir olam edi. Ertadan-kechgacha tinmay ishlar, topgan puliga esa aroq olib kelardi. Keyin… ummati Muhammad ichmasin deya, ularni hojatxonaga to‘kardi. Ba’zan yomon qizlarni ham yetaklab kelardi. “Men sizlarning vaqtingizni sotib oldimmi?” – deya so‘rar, “Ha”, deyishgach, unda mana bu yerga o‘tirib tinglanglar, derdi. Men esa ularga islom, imon, e’tiqod haqida Alloh qodir qilganicha o‘rgatardim. U kishi uzoq-uzoqlardagi masjidlarga qatnar, sababini so‘rasam: “Shunday imomning ortida namoz o‘qiginki, quloq qoqqaningda Ka’bani qarshingda ko‘rgin”, deya javob berardi. Lekin odamlar u kishining ishlarini noto‘g‘ri tushunishardi. Bir kuni: “Qo‘shnilar siz haqingizda yomon gaplarni gapirishyapti, ishqilib janozangiz o‘rtada qolmasa edi”, dedim. Shundan keyin hech kimga og‘irligim tushmasin deb, qabrini hovlimizdan tayyorlab qo‘ygan edi. Men e’tiroz bildirdim: “Ish qabr kavlash bilan tugamaydi, axir, sizni kim yuvadi, kim kafanlaydi, kim ko‘madi?”
– Xo‘sh, eringiz nima dedi? – qiziqdi podshoh.
– U tabassum qilib: “Alloh buyukdir, xotin, – dedi, – Odamlar bo‘lmasa, podshoh bor-ku!..”
Iroda To‘raxonova tayyorladi
“Irfon” taqvimining 2010 yil, 2-sonidan olindi
Manba: islom.ziyouz.com
Жил-был король. Однажды ему приснился сон. Проснувшись, он долго думал. Тогда он позвал своего министра и приказал: «Готовься, мы выйдем из дворца». Через некоторое время оба имама оделись и отправились в путь. Когда он достиг деревни, царь узнал место, которое он видел во сне, и сказал: «Мы пришли». Народу много, все заняты своим делом. Но на лежащее на земле тело никто не обратил внимания. Тогда царь спросил народ:
— Чье это тело?
«Не спрашивай, бессовестный пьяница,» ответил один человек. — Он был моим соседом сорок лет. Надо признать, он был очень искусным сапожником, работал с раннего утра до поздней ночи, но все, что можно было купить, отдавал, пока не увидит спиртного. Каждый день он приносил домой водку и приводил проституток. Сегодня один, на следующий день другой. Если не верите, спросите у других, видели ли они его когда-нибудь в церкви.
Через мгновение люди разошлись, и посреди улицы не осталось никого, кроме короля, министра и лежащего на земле тела. Затем министр:
«Иди, мой король, пойдем тоже», — сказал он.
— Нет, я еще не достиг мудрости своей мечты, — ответил король. — Мы возьмем тело. Не беспокойтесь, я сам его вымою, закрою и похороню. Нам просто нужно найти место, чтобы помыться…
Они вдвоем отнесли тело в большую мечеть в другой деревне. По дороге купили необходимые вещи. Пока они обмывали тело и закутывали его, видя свет на лице покойного и многозначительную улыбку на его губах, им в голову пришла мысль: «Этот человек не так плох, как говорят соседи». Когда вся работа сделана, министр:
— Шахим, мы не ошиблись? — он сказал. — Нужно ли было наводить справки о родственниках и детях погибшего…
— Ты прав, — сказал король. — До молитвы еще есть время. Ты оставайся здесь, я пойду к нему домой.
Царь поискал и нашел дом, где жил покойный. Пожилая женщина, открывшая дверь, внимательно слушала слова короля. Затем он сказал:
«Знаешь, сын мой, нашим хозяином был мир». Он работал не покладая рук с утра до ночи, а на заработанные деньги водку привозил. Потом… он вылил их в унитаз, чтобы его умма не пила. Иногда он приводил плохих девочек. — Я купил твое время? — спросил он, а когда сказали «Да», то сказал, сиди здесь и слушай. И я учил их исламу, вере, вере столько, сколько мог Бог. Он ходил в отдаленные мечети, и когда я спрашивал его, почему, он говорил: «Молитесь за таким имамом, чтобы, когда вы будете слушать, вы увидите перед собой Каабу». Но люди неправильно поняли его работу. Однажды я сказал: «Соседи говорят о тебе плохо, я хочу, чтобы твои похороны не были в середине». После этого он приготовил себе могилу у нас во дворе, чтобы я никому не была в тягость.Я запротестовал: «Работа не кончается рытьем могилы, ведь кто тебя обмоет, кто окунет, кто тебя не похоронит?»
— Так что сказал ваш муж? — заинтересовался король.
— Он улыбнулся и сказал: «Аллах велик, женщина, — если нет людей, есть царь!»
Подготовила Ирода Торахонова
Взято из календаря «Ирфон», 2010, №2
Источник: islam.ziyouz.com