Zehnli qiz — O‘zbek xalq ertagi

Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir chol bilan kampirning bitta-yu bitta qizi bor ekan. Qizi bo‘y yetib, sovchilar qatorlashib kela boshlashibdi. Qiz hyech qaysilariga unamas ekan.
Bir kuni chol bilan kampir qizlarini daryoning narigi tomonidagi qishloqda yashaydigan bir oilaga beradigan bo‘lishibdi. Buni eshitgan qiz rosa xafa bo‘lib yig‘labdi. Chunki qiz u tomonga kelin bo‘lib tushishni hyech xohlamas ekan. Lekin chol bilan kampir o‘z aytganlaridan qaytmay, qizlarining ra’yiga qarashmabdi. Shunda qiz:
— Men daryoning u betiga kelin bo‘lib tushsam, bitta-ikkita bolalik bo‘lganimda, o‘z uyimga kelayotganimda birini ko‘tarib, ikkinchisini yetaklab olgan bo‘laman. Shunda yetaklab kelayotgan bolam daryoga tushib ketsa, topa olmay rosa yig‘lab o‘tirsam, — deb, onasining yoniga borib yig‘lay boshlabdi. Kampir:
— Nega muncha yig‘layapsan, qizim? — deb so‘rabdi. Qiz haligi gaplarini qaytarib, yig‘layveribdi. Bu gapni eshitib, kampir ham yig‘lashga tushib ketibdi. Bir payt chol kelib qarasa, kampiri bilan qizi yig‘lab yotishibdi. Chol yig‘ining sababini so‘rasa, qizi yana o‘sha gaplarni qaytaribdi. Chol ham yig‘lashga tushibdi. Shunday qilib uchalalari rosa yig‘lashibdi. Oxiri chol bilan kampir qizlarini narigi tomondan kelgan sovchilarga bermaslikka rozi bo‘lishibdi.

Manba: www.ziyouz.uz


Жили-были-были у старика и старухи одна дочь. Девушка подросла, и женихи начинают выстраиваться в очередь. Девушка не доверяет никому из них.
Однажды старик и старуха договорились отдать своих дочерей в семью, жившую в деревне на другом берегу реки. Услышав это, девочка очень расстроилась и заплакала. Потому что девушка не хочет спускаться туда невестой. Но старик и старуха не отступили от сказанного и не посмотрели на мнение своих дочерей. Затем девушка:
— Когда я спускалась на другой берег реки как невеста, когда у меня был один или два ребенка, я несла одного, а другого вела по дороге домой. Если ребенок, которого я вел, падал в реку, я не мог найти его и плакать», — он подошел к матери и стал плакать. Пожилая женщина:
— Почему ты так плачешь, девочка? он спросил. Девушка все еще плачет. Услышав это, старуха заплакала. В какой-то момент пришел старик и увидел, что старуха и ее дочь плачут. Когда старик спросил, почему он плачет, его дочь повторила те же слова. Старик тоже начал плакать. Так плакали все трое. В конце концов старик и старуха договорились не отдавать своих дочерей женихам с той стороны.

Источник: www.ziyouz.uz

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: