Har bir bolaning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun yetarlicha ozuqaviy moddalar kerak. Yoshga bog‘liq holda organizm ehtiyojini qondirish uchun yog‘, oqsil va uglevod nisbati va sifati yetarlicha bo‘lishi zarur. Bundan tashqari ovqat tarkibida vitamin-minerallar organizmga keragicha tushishi va a’zolarning o‘sishi uchun muhim. Bolalikning erta davrlarida eng ko‘p uchraydigan yetishmovchilik holati – gipokalsiyemiya (kalsiy yetishmovchiligi) dir. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, masalan to‘satdan suyaklar sinishi, sudorgilar (talvasa), suyak va nerv tizimi rivojlanishi ortda qolishi.
Kalsiy yetishmovchiligiga sabablari
Bola organizmida kalsiyning normal ko‘rsatkichda bo‘lishi uchun, ovqat ratsionida kunlik kalsiyning dozasi 500-1000 mg bo‘lishi kerak. Ko‘krak yoshidagi bolalar kalsiyning yetarli miqdorini ona sutidan olishadi va bu davrda qo‘shimcha ravishda kalsiy preparatlaridan ham foydalanish kerak bo‘ladi. Qonda kalsiyning sezilarli darajada kamayishi bolalar raxiti va uning asoratlariga olib keladi. Yuqorida aytganimizdek emizikli bolalar kalsiyni ona sutidan qabul qilishadi, demak ona iste’mol qilayotgan mahsulotlar kalsiyga boy bo‘lishi zarur.
Bolalikning birinchi yilida kalsiy faqatgina, ovqat bilan kam miqdorda tushganligi sababli defitsitga uchramaydi, balki bola organizmida D3 vitamini yetishmasligi hisobiga ham kelib chiqadi. D3 vitamini kalsiyning so‘rilishida muhim rol o‘ynaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ko‘rsatmasiga binoan har bir ko‘krak yoshidagi bola kuz-qish mavsumida qo‘shimcha ravishda, eritma ko‘rinishida D3 vitaminini qabul qilishi lozim. Bahor-yoz mavsumida D3 vitamini bola organizmida mustaqil ravishda quyosh nuri ta’sirida sintezlanadi. Bu davrda qo‘shimcha vitamin qabul qilish organizmda uning miqdori oshishiga olib keladi, ya’ni gipervitaminoz holati kelib chiqishi mumkin.
Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiya ko‘pincha oshqozon ichak trakti kasalliklari (gastrit, kolit, ichaklar dizbiozi va boshqalar), ayrim dori preparatlarini qabul qilish oqibatida oshqozonning so‘rish funksiyasini buzilishi (antadsidlar, sorbentlar) natijasida kelib chiqadi.
Kalsiyning yoshga bog‘liq holda normal miqdori
- Tug‘ilgandan 6 oygacha – 400-500 mg;
- 7 oydan 1 yoshgacha – 700-700 mg;
- 1 yoshdan 10 yoshgacha – 700-900 mg.
Alimentar yo‘l (ovqatlanish) bilan organizmda kalsiy to‘planib qolmaydi. Chunki ortiqcha kalsiy ichak va buyraklar orqali tashqariga chiqarib turiladi. Qo‘shimcha ravishda qabul qilinayotgan ortiqcha kalsiy buyraklarda to‘planib qoladi va tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Gipokalsiyemiyaning klinik ko‘rinishi
Hali yurishni o‘rganmagan bolakaylarda kalsiy defitsitini faqatgina shifokor aniqlay oladi. Emizikli bolalarda kalsiy yetishmovchiligining ilk belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- Juda ko‘p terlash, ayniqsa boshning tepa qismida;
- Boshning yostiq bilan ko‘p kontakda bo‘ladigan sohalarida soch to‘kilishi;
- Tremor (tirishish) holati – yig‘laganda iyak sohasi;
- Baland shovqinlar eshitganda bezovtalanish va yig‘lash.
Agar kalsiy yetishmovchiligi bolaning o‘tirish va yurishni boshlagan davriga to‘g‘ri kelsa, unda umurtqalarda patologik qiyshiqliklar va egriliklar kelib chiqadi. Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiyada suyaklar sinuvchanligi oshishi, tirnoqlarning ko‘chib tushishi, og‘iz burchagida yorilishlar, talvasalar, anemiyalar, bo‘g‘imlarning deformatsiyalari ko‘zga tashlanadi.
Organizmda kalsiy yetishmayotganini va talvasa holatlari boshlanayotganini ba’zi bir testlar yordamida aniqlab olsa bo‘ladi:
- Agar bolakayning og‘iz burchagiga barmoq uchi bilan yengil tegilsa, bolaning og‘zi qaltiraydi, bu esa kalsiy yetishmovchiligidan dalolat beradi;
- Agar bolakayning yelka suyagining o‘rta uchdan bir qismi qo‘l bilan siqilsa, bolakayning barmoqlari tirishadi. Bu holat bola organizmida kalsiy yetishmovchiligining og‘ir darajasidan darak beradi.
Kalsiy yetishmovchiligining oqibatlari
Kalsiy bola rivojlanishi va normal o‘sishi uchun kerak bo‘lgan element. Uning ozuqa bilan kam tushishi yoki oshqozon ichaklardan so‘rilishining buzilishi bolalarda raxit kasalligiga olib keladi. Kasallikning bir necha bosqichlari bor va ularning har biri turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi – raxit kasalligining erta bosqichlarida bolakaylarda kalsiy yetishmovchiligining umumiy belgilari namoyon bo‘ladi: teri gipergidrozi (ko‘p terlash), giperqo‘zg‘aluvchanlik (tirishishlar, talvasalar), uzoq muddat kontakt natijasida soch to‘kilishi. Kasallikning bu bosqichida suyak tizimi tomonidan deformatsiyalar kuzatilmaydi.
Maxsus davo choralari ko‘rilmaganda raxit avj olib keyingi darajalariga o‘tib ketadi. Bunda birinchi navbatda dispeptik sindromlar yuzaga keladi (qayt qilish, ishtahaning pasayishi, ich kelishining buzilishi) va suyakdagi o‘zgarishlar. Shu bilan birga qorin old devori mushaklarining tonusi pasayishi natijasida – “baqa” qorni ko‘rinishida bo‘lishi. Suyak tizimi tomonidan bolalarda kalla chanog‘ining assimetrikligi, liqildiqlarning yopilmasligi, liqildoqlar cheti yumshab qolishi, to‘sh suyagi deformatsiyalari (voronkasimon ko‘krak), umurtqa pog‘onasidagi qiyshiqliklar (kifoz, skolioz), oyoqlarning deformatsiyalari (X yoki O simon oyoq) kabi o‘zgarishlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Kasallikni e’tibordan chetda qoldirib vaqtida davo muolajalari ko‘rilmasa, bolaning nogironligiga va jismoniy-ruhiy jihatdan ortda qolishiga olib kelishi mumkin. Raxit kasalligining eng ko‘p uchraydigan asorati: umurtqa pog‘onasining qo‘pol deformatsiyasi va qiyshiqligi, katta kalla chanog‘i, ta’m bilishda o‘zgarishlar, ya’ni adashtirib qo‘yishlar, oyoqlarning qiyshayishi natijasida yurishdagi o‘zgarishlar, ko‘krak qafasi va to‘sh suyagi deformatsiyasi, yurak va o‘pkaning normal funksiyasi buzilishi, yassi chanoq (qiz bolalarda kelajakda farzand dunyoga keltirishda qiyinchilik tug‘diradi), ko‘ruv o‘tkirligining buzilishi (miopiya) kabilar.
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarda kalsiy yetishmovchiligi suyaklarning tez-tez sinishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunga bo‘g‘imlaragi deformatsiyalar va anemiya holatlari ham qo‘shiladi.
Kalsiy yetishmovchiligi diagnostikasi
Raxitning ilk belgilari yoki talvasalar boshlanganini sezsangiz darhol shifokorga murojaat qiling. Kalsiy miqdorini tekshirish uchun:
- Umumiy qon analizi, undagi gemoglobin miqdori;
- Bolalarda siydik orqali Sulkovich sinamasi o‘tkazish yo‘li bilan siydik bilan ajralib chiqayotgan kalsiy miqdori o‘rganish;
- Periferik venoz qondagi kalsiy miqdorini tekshirish – 6 oygacha bo‘lgan bolalarda normal ko‘rsatkich 2,25-2,5 mmol/l bo‘ladi.
Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini davolash va profilaktikasi
Ayolning homiladorlik vaqtida va farzand dunyoga keltirgandan keyin ham iste’mol qilayotgan mahsulotlari tarkibida kalsiy miqdori yetarlicha bo‘lishi kerak. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligining profilaktikasi, uning ona qornidaligi vaqtidan boshlanishi kerak. Har bir homilador ayol homiladorlikning 28-32 haftasidan boshlab har kuni D3 vitaminini, 6-8 hafta davomida qabul qilishi zarur. Bolaning sog‘lom dunyoga kelganda ham profilaktika maqsadida 2-3 oyligidan boshlab D3 vitaminini qabul qilib turishi kerak. Kuz-qish mavsumida har bir sog‘lom tug‘ilgan bolakaylarga profilaktik doza, ya’ni 500 XB da D3 vitamini berilishi raxit kasalligining kelib chiqmasligini ta’minlaydi. Preparatlarni tanlash va ularning dozalarini shifokor belgilaydi. Sun’iy ovqatlanishga o‘tgan bolalarga esa alohida jihatlariga qarab D3 vitamini berishda istisnolar bo‘lishi ham mumkin.
D3 vitaminining ta’sir effekti, organizmga yetarlicha kalsiy elementi tushgandagina bilinadi. Bolalar ovqatlanish tarkibida albatta sut mahsulotlari (pishloq, tvorog, yogurt, sut), quruq mevalar, sutli shokolad kabi oziqaviy moddalar bo‘lishi lozim. D vitamini tayyor holda sariyog‘, mol jigari va tuxum sarig‘ida ko‘p saqlanadi. Bundan tashqari, raxitning erta bosqichlarida bolalar mushaklarining tonusini oshiruvchi va ichaklar funksiyasini normallashtiruvchi chora tadbirlar ham o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, masalan turli xil vannalar qabul qilish, ochiq havoda sayr qilish, davolovchi gimnastika va massajlar. Agar ichaklar normal mikroflorasi buzilib, disbioz holatlari kelib chiqqan bo‘lsa, probiotiklar tavsiya qilinishi ham mumkin.
Organizmga kalsiy elementi ovqat bilan yetarlicha tushmasa, sun’iy kalsiy saqlovchi preparatlar berish mumkin, faqatgina shifokor tavsiyasiga binoan. Kalsiyning organizmda so‘rilishini oshiruvchi modda – baliq yog‘ining kapsula ko‘rinishidagi preparatlaridan ham foydalansa bo‘ladi. Kasliy yetishmovchiligini mustaqil ravishda, o‘z boshimchalik bilan davolash og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin: ich qotishidan tortib buyrak yetishmovchiligigacha, natijada bolalik davrida siydik tosh kasalliklari paydo bo‘lishi xavfi mavjud. Bolalaringizni normal o‘sishi va sog‘lom yetilishi uchun har oyda bir marotaba oilaviy shifokoringiz bilan maslahatlashib turing! Salomat bo‘ling!
Ikid.uz
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
Каждому ребенку необходимо достаточное количество питательных веществ для нормального роста и развития. В зависимости от возраста соотношение и качество жиров, белков и углеводов должно быть достаточным для удовлетворения потребностей организма. Кроме того, витамины и минералы в пище важны для правильного усвоения организмом и роста органов. Наиболее распространенным дефицитом в раннем детстве является гипокальциемия (дефицит кальция). Дефицит кальция у детей может вызвать серьезные осложнения, такие как внезапные переломы костей, судороги и задержка развития костей и нервной системы.
Причины дефицита кальция
Чтобы кальций в организме ребенка был на нормальном уровне, суточная доза кальция в рационе должна составлять 500-1000 мг. Дети грудного возраста получают достаточное количество кальция из грудного молока, и в этот период также необходимо использовать препараты кальция. Значительное снижение кальция в крови приводит к детскому рахиту и его осложнениям. Как мы уже говорили выше, дети на грудном вскармливании получают кальций с молоком матери, поэтому продукты, потребляемые мамой, должны быть богаты кальцием.
В первый год детства дефицит кальция возникает не только из-за низкого потребления пищи, но и из-за недостатка в организме ребенка витамина D3. Витамин D3 играет важную роль в усвоении кальция. Согласно указаниям Всемирной организации здравоохранения, каждый ребенок грудного возраста должен дополнительно получать витамин D3 в виде раствора в осенне-зимний период. В весенне-летний сезон витамин D3 синтезируется в детском организме самостоятельно под воздействием солнечных лучей. В этот период дополнительный прием витамина приводит к увеличению его количества в организме, то есть может возникнуть гипервитаминоз.
В поздние сроки детского возраста гипокальциемия часто бывает обусловлена заболеваниями желудочно-кишечного тракта (гастриты, колиты, дисбактериоз кишечника и др.), нарушением всасывания в желудке вследствие приема некоторых лекарственных препаратов (антацидов, сорбентов).
Нормальное количество кальция в зависимости от возраста
С рождения до 6 месяцев — 400-500 мг;
от 7 месяцев до 1 года – 700-700 мг;
От 1 до 10 лет – 700-900 мг.
Кальций не накапливается в организме алиментарным путем (прием пищи). Потому что избыток кальция выводится через кишечник и почки. Кроме того, избыточное потребление кальция накапливается в почках и может привести к образованию камней.
Фото: Shutterstock.com
Клиническая картина гипокальциемии
Только врач может диагностировать дефицит кальция у детей, которые еще не научились ходить. Первыми признаками дефицита кальция у грудных детей могут быть:
обильное потоотделение, особенно на макушке;
Выпадение волос на участках головы, которые часто соприкасаются с подушкой;Состояние тремора (дрожания) — область подбородка при плаче;
Раздражение и плач, когда слышат громкие звуки.
Если нехватка кальция совпадает с периодом, когда ребенок начинает сидеть и ходить, то появляются патологические искривления и искривления позвоночника. В поздние сроки детского возраста гипокальциемия характеризуется повышенной ломкостью костей, миграцией ногтей, трещинами в уголках рта, судорогами, анемией, деформациями суставов.
Определить нехватку кальция в организме и начало судорог можно с помощью некоторых анализов:
Если кончиком пальца слегка коснуться уголка рта ребенка, рот ребенка дрожит, что свидетельствует о дефиците кальция;
Если сжать рукой среднюю треть лопатки ребенка, у ребенка будут дергаться пальцы. Такая ситуация свидетельствует о тяжелом уровне дефицита кальция в организме ребенка.
Последствия дефицита кальция
Кальций – элемент, необходимый для развития и нормального роста ребенка. Низкое его поступление с пищей или нарушение всасывания из желудка и кишечника вызывает у детей рахит. Различают несколько стадий заболевания, и каждая из них проявляется по-разному — на ранних стадиях рахита у детей проявляются общие симптомы дефицита кальция: гипергидроз кожи (сильное потоотделение), повышенная возбудимость (подергивания, судороги)) , выпадение волос в результате длительного контакта. На этой стадии заболевания деформации костной системы не наблюдаются.
При непринятии специальных лечебных мер рахит переходит в следующие стадии. В первую очередь возникают диспептические синдромы (рвота, снижение аппетита, запоры) и изменения костей. При этом в результате снижения тонуса мышц передней стенки живота — появление «лягушачьего» живота. Асимметрия краниоцеле у детей костной системой, незаращение суставов, размягчение краев суставов, деформации грудины (воронкообразная грудная клетка), искривления позвоночника (кифоз, сколиоз), деформации ноги (Х или О-образная нога) такие изменения очевидны.
Игнорирование заболевания и несвоевременное его лечение может привести к инвалидности ребенка, задержке физического и умственного развития. Наиболее частое осложнение рахита: грубая деформация и искривление позвоночника, большой череп, изменение вкусовых ощущений, т. е. спутанность сознания, изменение походки из-за кривых ног, деформация грудной клетки и грудины, нарушение функции сердца и легких, плоский таз (у девочек родить ребенка в будущем будет сложно), нарушение остроты зрения (близорукость).У детей дошкольного возраста дефицит кальция проявляется в виде частых переломов костей. Сюда же добавляются деформации в суставах и случаи анемии.
Диагностика дефицита кальция
Если вы заметили первые признаки рахита или появление судорог, немедленно обратитесь к врачу. Чтобы проверить уровень кальция:
Общий анализ крови, количество гемоглобина в ней;
Изучение количества кальция, выделяемого с мочой у детей, путем проведения пробы Сульковича через мочу;
Проверка количества кальция в периферической венозной крови — норма у детей до 6 месяцев 2,25-2,5 ммоль/л.
Лечение и профилактика дефицита кальция у детей
Во время беременности и после родов женщина должна иметь достаточное количество кальция в продуктах, которые она потребляет. Профилактика дефицита кальция у детей должна начинаться с момента нахождения их в утробе матери. Каждая беременная женщина должна принимать витамин D3 каждый день в течение 6-8 недель с 28-й по 32-ю неделю беременности. Даже когда ребенок рождается здоровым, витамин D3 ему следует принимать с 2-3-месячного возраста в профилактических целях. В осенне-зимний сезон профилактическая доза 500 МЕ витамина D3 каждому здоровому родившемуся ребенку обеспечит профилактику рахита. Выбор препаратов и их дозировку определяет врач. Могут быть исключения для назначения витамина D3 детям, перешедшим на искусственное вскармливание, в зависимости от их конкретных обстоятельств.
Фото: Shutterstock.com
Действие витамина D3 известно только тогда, когда организм получает достаточное количество кальция. Детский рацион должен содержать молочные продукты (творог, творог, простокваша, молоко), сухофрукты, молочный шоколад. Витамин D в избытке содержится в готовом сливочном масле, говяжьей печени и яичном желтке. Кроме того, на ранних стадиях рахита целесообразно проводить мероприятия, повышающие тонус детских мышц и нормализующие функцию кишечника, например, прием различных ванн, прогулки на свежем воздухе, лечебная гимнастика и массажи. При нарушении нормальной микрофлоры кишечника и возникновении дисбактериоза могут быть рекомендованы пробиотики.
Если организм не получает достаточного количества кальция с пищей, можно давать искусственные кальцийсберегающие препараты, только по рекомендации врача. Также можно использовать капсулы с рыбьим жиром, веществом, повышающим усвоение кальция в организме. Самолечение мышечной недостаточности может привести к серьезным осложнениям: от запоров до почечной недостаточности, и, как следствие, риск развития мочекаменной болезни в детском возрасте.Раз в месяц консультируйтесь с семейным врачом для нормального роста и здорового развития ваших детей! Будьте здоровы!
Ikid.uz
[/spoiler]