So’nggi boburiy Bahodirshoh zamonida yashagan, hujjatul-islom Qosimun Nonutviyning oldiga Merad shahrining hokimi Ilohiybahsh katta bir idishda oltin va pullarni olib, hadya qilgani kelibdi. Yo’lda o’ylabdi: “Men qilgandek hadyani u zotga hech kim qilmagan bo’lsa kerak”. Shu payt Qosimun Nonutviy Masjidi Chattaning oldida sochlarini oldirib o’tirgan ekan. Hokim salom beribdi. U zot alik olibdiyu, lekin unga qaramabdi. Iltifot ko’rmagan hokim maqsadga o’tibdi:
— Hazrat, sizga bu hadyani olib kelgan edim…
— Sening hadyangni olishga mening hojatim yo’q.
— Sizning olishga hojatingiz bo’lmasa, mening berishga hojatim bor. Savob olmoqchiman.
— Men Devband madrasidan 7,5 rupiy oylik olaman. Bu mening bir oylik ro’zg’orimga yetadi. 8 rupiy olib qo’ysam, yarmini nima qilarkinman deb kechasi uxlolmay chiqaman. Sening bir qop pulingni nima qilaman.
Hokim ko’nglidan o’tkazibdi: “O’zi olmasa, shogirdlariga bo’lib bersa bo’lmasmikan?”. Shayxul Islom shu zahoti debdi:
— Agar sening ko’nglingda bu pullarni shogirdlarga bo’lib berish bo’lsa, o’zing bo’lib beraqol. Men aralashmayman.
Hokim sharmanda bo’lib, asta masjiddan chiqibdi-da, ostonada turgan shayxning kovushi ustiga barcha pullarni to’kib ketaveribdi.
Qosimun Nonutviy masjiddan chiqib qarasa kovushlari yo’q. Pulga umuman e’tibor bermay kovushni qidiraveribdi. Shogirdlari pullarning tagidan kovushni topib bergach, shayx pullarni olinglar ham demay ketaveribdi.
Miyonjiy degan xalfasi “nahot shuncha pulgayam qaramadiya” deb hayron bo’lib tursa, shayx aytgan ekanlar:
— Odamlar dunyo topaman deb kovushda yuraverib, kovushlari yeyilib ketyapti. Ammo men dunyo demasdan Xudo deganim uchun dunyo kovushimga sajda qilib yubordi…
Yorqinjon qori ma‘ruzalari asosida tayyorlandi.
Manba: islom.ziyouz.com
Правитель Мерада Илохибахш, живший во времена последнего Бабура Бахадур-шаха, пришел к Ходжатул Ислам Касимун Нонутви, взял большую чашу с золотом и деньгами и подарил ее. По дороге он подумал: «Такого подарка, как я, ему еще никто не делал». В этот момент Касымун сидел перед мечетью Нонутви Чатта и брил волосы. Мэр поздоровался. Он взял его, но не посмотрел на него. Мэр, не увидев комплимента, пошел к цели:
— Сэр, я принес вам этот подарок…
— Мне не нужно получать твой подарок.
— Если тебе не нужно получать, мне нужно отдавать. Я хочу быть вознагражденным.
— Я получаю 7,5 рупий в месяц в медресе Девбанд. Этого мне хватает на месяц. Если я снимаю 8 рупий, я не могу спать по ночам, раздумывая, что делать с половиной из них. Что я буду делать с твоим мешком денег?
Мэр опечалился: «Если он сам не возьмет, то почему не отдаст своим ученикам?» Шейхуль Ислам сразу сказал:
— Если вы хотите раздать эти деньги студентам, оставьте их себе. Я не буду вмешиваться.
Мэр устыдился и медленно вышел из мечети, высыпав все деньги на стоявшего на пороге шейха.
Когда Касымун Нонутви вышел из мечети, он не смог их найти. Он искал деньги, не обращая на это никакого внимания. Когда его ученики нашли дырку под деньгами, шейх все твердил: берите деньги.
Когда его сводный брат Миянджи удивился: «Почему я не видел его с такими деньгами?», шейх сказал:
— Люди пытаются найти мир, а их деньги проедаются. Но из-за того, что я сказал «Бог» вместо «мир», мир поклонялся мне…
Он был подготовлен на основе лекций Йоркинджона Кори.
Источник: islam.ziyouz.com