Hazrat Abdulloh ibn Muborak aytadilarki: Men hajdan qaytayotganimda bir otliq men tarafga kelayotganini ko‘rdim. Otliq menga yaqin kelganida, u ayol kishi ekanini bilib, unga salom berdim.
U ayol; «Rahiym bo‘lgan Robbdan «salom» so‘zi bordir», (Yasin 58) — deb javob berdi.
U bu oyatni o‘qiganda, mening salomimga javob berdi deb tushunib, qaerdan kelyapsiz deb so‘radim.
U ayol: «Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting», (Baqara 196), — deb javob berdi.
Men shunda u Ka’batullohni ziyoratidan qaytayotganini tushunib, qaerga ketyapsiz, — dedim.
U ayol: «Kimni Alloh zalolatga ketkizsa, bas, uning uchun hech bir hidoyat qilguvchi yo‘q»(A’rof 186), — degan oyat bilan javob berdi.
Men u bu oyatni o‘qiganidan yo‘ldan adashib qolibdi, deb tushundim. Mening taxminimcha u yoshi kattaroq kampir edi. Men: Onajon qaerga olib borib qo‘yay, deb so‘radim.
U ayol: «Allohning hohishi ila Misrga omonlikda kiringlar»(Yusuf 99) , — deb javob berdi.
Men uning bu oyatni o‘qiganidan shaharga borishi kerakligini tushundim, men ham shaharga borishim kerak sizni yo‘l boshlab boraman dedim.
U ayol: «Yaxshilik qiling, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni xush ko‘radi» (Baqara 195) , — deb javob berdi.
Men uning bu oyatni o‘qiganidan, yo‘lboshlab borishimga rozi ekanini tushunib, ulovni yuganini ushlab yo‘l boshlab ketdim. Bir qancha yurganimizdan keyin, men ba’zi arabcha she’rlarni o‘qishni boshladim.
U ayol: «Qur’ondan muyassar bo‘lganicha o‘qinglar» (Muzzammil 20) , — dedi.
Men jim bo‘ldim, lekin bu ayol kim ekani haqida o‘ylab qoldim. Shunda men uning xonadoni haqida ma’lumotga ega bo‘lmoqchi edim,
U ayol buni sezib: «Har xil narsalarni so‘rayvermanglar. Agar zohir bo‘lsa, sizga yomon bo‘ladi» (Moida 101), — degan oyatni o‘qidi.
Men tushundimki, u oilasi haqida gapirishni hohlamayapti. Bir qancha yurib shaharga yaqinlashganda men undan: shaharda siz kim bilan ko‘rishmoqchisiz? — deb so‘radim.
U ayol: «Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir»(Kahf 46) — deb javob berdi.
Men tushundimki, Alloh unga mol-u dunyo va o‘g‘illar bergan ekan. Men shaharga kirib, hajdan qaytayotgan karvon ahliga yo‘liqdim. Ular yuklarini tushurayotgan ekan. Men u ayoldan: o‘g‘illaringizni ismi nima? — deb so‘radim.
U ayol: «Ibrohim, Ismoil, Ishoq», (Baqara 140)
Men uning o‘g‘illarining nomlari shu ekan deb tushundim va baland ovoz bilan ularni nomini aytib chaqirdim. Shunda uchta juda chiroyli, ilm va fazl egasi bo‘lgan yigitlar yugurib kelishdi. Ular karvonning ichidan onalarini qidirib, onamiz qaerda qoldi ekan, deb parishon bo‘lib yurishgan edi. Ular bir-birlarini ko‘rib juda hursand bo‘ldilar. Men endi uyimga ketsam ham bo‘ladi deb turgan edim,
U ayol buni sezib, «O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, va asirga berarlar», (Inson — oyatini o‘qib, bolalariga meni mehmon qilishga ishora qildi.
Men mehmon bo‘lishdan bosh tortib, uzr aytdim.
U ayol: «Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun ovqatlantiramiz» (Inson 9),- dedi.
Men juda hayron bo‘lib: «Ey Alloh, bu qanday muomala, bu tugun menga yechilmayapti», — dedim. Men biroz taomlanib, uning bolalaridan, bu qanday muomala qachon bu ayolga bir gap aytsam, har gapning javobida Qur’oni Karimdan bir oyat o‘qib javob beryapti,- deb so‘radim.
O‘g‘illari: »Bu bizning onamizdir, Qur’onning hofizasi, hadisning olimasidir, uning dilida qiyomat kunida har aytgan so‘zimga Allohga qanday javob beraman, degan Allohdan qo‘rqinch o‘rnashib olgandir. Shuning uchun, 20 yildan beri Qur’on oyatlaridan boshqa birorta lafz uning tilidan chiqqan emas»,- deb javob berdilar.
Kamoliddin Usmon tayyorladi.
Manba: islom.ziyouz.com
Хазрат Абдулла ибн Мубарак говорит: «Когда я возвращался из хаджа, я увидел приближающегося ко мне всадника. Когда всадник приблизился ко мне, я понял, что это женщина, и поприветствовал его.
Она женщина; Он ответил: «Есть приветствие от Самого Милосердного Господа» (Ясин 58).
Когда он прочитал этот стих, я понял, что он ответил на мое приветствие и спросил, откуда ты.
Она ответила: «Совершайте хадж и умру ради Аллаха» (Бакара 196).
Я понял, что он возвращался из посещения Кабатуллы, и спросил: «Куда ты идешь?»
Она ответила стихом: «Кого Бог сбивает с пути, тому нет наставника» (А’раф 186).
Я понял, что он сбился с пути после прочтения этого стиха. Я думаю, она была пожилой женщиной. Я спросил: «Мама, а где мне его взять?»
Она ответила: «Войдите в Египет с миром по воле Аллаха» (Юсуф 99).
Я понял, что он должен идти в город после прочтения этого стиха, и я сказал, что я должен пойти в город, и я буду вести вас.
Она ответила: «Творите добро, ведь Аллах любит тех, кто делает добро» (Бакара 195).
Прочитав этот стих, я понял, что он согласился вести меня, поэтому я взял его за руку и повел. После того, как мы немного погуляли, я начал читать арабскую поэзию.
Она сказала: «Читай из Корана столько, сколько сможешь» (Муззаммиль 20).
Я молчал, но мне было интересно, кто эта женщина. Так что я хотел узнать о его домашнем хозяйстве.
Женщина почувствовала это и прочитала аят: «Не проси о разном. Если откроется, будет тебе худо» (Майда 101).
Я понимаю, что он не хочет говорить о своей семье. Когда он подошел к городу после долгой прогулки, я спросил его: с кем ты хочешь встретиться в городе? Я попросил.
Женщина ответила: «Имущество и жизни детей — украшение мира» (Кахф 46).
Я понял, что Бог дал ему богатство и мир и сыновей. Я вошел в город и присоединился к каравану, возвращавшемуся из хаджа. Они разгружали свой багаж. Я спросил женщину: Как зовут ваших сыновей? Я попросил.
Она сказала: «Ибрагим, Измаил, Исхак» (Бакара 140).
Я понял, что это имена его сыновей, и назвал их по именам громким голосом. Тут прибежали трое очень красивых, ученых и грациозных молодых людей. Они искали свою мать в фургоне, недоумевая, где наша мать. Они были очень рады видеть друг друга. Я подумал, что с тем же успехом мог бы пойти домой,
Женщина заметила это и прочитала стих «Даже если они любят пищу, они дают ее бедным и пленникам» (Инсан и подала знак своим детям пригласить меня.
Я отказался быть гостем и извинился.
Она сказала: «Конечно, мы кормим вас только для довольства Аллаха» (Инсан 9).Я очень удивилась и сказала: «О Боже, что это за лечение, я не могу развязать этот узел». Немного поев, я спросил ее детей, что это за поведение?Всякий раз, когда я что-то говорю этой женщине, она отвечает, читая аят из Священного Корана.
Его сыновья: «Это наша мать, запоминающая Коран, знаток хадисов, и страх Божий поселился на ее языке, говоря, как я отвечу перед Богом за каждое слово, которое я скажу в День Воскресения . Поэтому за 20 лет с его языка не слетело ни слова, кроме аятов Корана», — ответили они.
Подготовил Камолиддин Осман.
Источник: islam.ziyouz.com