Ko‘ylagi yamoq bola – Islomiy hikoya

Ko‘ylagi yamoq bola - Islomiy hikoya

Hazrat Umar ibn Xattobning (roziyallohu anhu) yosh o‘g‘illari ko‘chada bolalar bilan o‘ynar edi. Bolaning ko‘ylagiga bir necha yamoq solingan bo‘lib, teng­qurlari uning ustidan kulishdi. “Otang amirul mo‘minin bo‘lsa-yu, sen shunday yirtiq-yamoq kiyimda yursang”, deb kamsitishdi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu) o‘g‘illari bundan juda xafa bo‘ldi. Otasining huzuriga borib:

– Bolalar kiyimimdagi yamoqlarni ko‘rib, ustimdan kulishyapti, – deb bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi.

Shunda Hazrat Umar (roziyallohu anhu) o‘g‘liga:

– Xazinachiga borib, xazinadan bir kiyimlik mato berar ekansiz, otam maoshlaridan olib o‘rniga qo‘yar ekanlar, degin, – deb tayinladilar.

O‘g‘il xazinachining oldiga borib amirul mo‘mininning so‘zlarini aytdi. Xazinachi unga:

– Agar otangiz maosh olgunlaricha yashab turishlariga kafolat bersalar, siz aytgan matoni beraman, – dedi.

O‘g‘il xazinachining hech narsa bermacligini tushundi. Otalari Hazrat Umar (roziyallohu anhu) huzurlariga borib, xazinachi nima deb javob berganini aytdi. Shunda Umari Odil:

– Agar xazinachi sen aytgan matoni berib yuborganida edi, men uni shu ondayoq ishdan bo‘shatgan bo‘lar edim, – dedilar, so‘ngra o‘g‘illariga taskin berdilar.

Manba: islom.ziyouz.com


Младшие сыновья Хазрата Умара ибн Хаттаба (да будет доволен им Аллах) играли с детьми на улице. На рубашку мальчика наклеили несколько заплаток, и сверстники смеялись над ним. «Твой отец большой верующий, а ты ходишь в таком лохмотьях», — оскорбляли они. Сыновья Хазрата Умара (да благословит его Аллах и приветствует) очень расстроились по этому поводу. Идет к отцу:

«Дети смеются надо мной, когда видят заплатки на моей одежде», — сказал он.

Тогда Хазрат Умар (да будет доволен им Аллах) сказал своему сыну:

– Когда пойдете к казначею и дадите кусок ткани из казны, скажите ему, что берут ее из жалованья моего отца и кладут на его место.

Мальчик подошел к казначею и рассказал слова Амирула Моминина. Казначей сказал ему:

«Если ваш отец гарантирует, что они будут жить, пока им не заплатят, я дам вам ткань, которую вы сказали», — сказал он.

Мальчик понял, что казначей ничего не должен. Его отец пошел к Хазрату Умару (да будет доволен им Аллах) и рассказал ему, что ответил казначей. Затем Умари Адиль:

«Если бы казначей дал указанную вами ткань, я бы его сейчас же уволил», — сказали они, а потом утешили своих сыновей.

Источник: islam.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: