Qarg‘a bilan qo‘zi — O‘zbek xalq ertagi

Bor ekan, yo‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan, tovuq taq etdi, bilmadim qaqqa ketdi.
Bir qarg‘a bilan qo‘zi bor ekan. Qarg‘a qo‘zi yoniga borib:
— Seni yeyman, — debdi.
— Meni yeyishga yeysanu, tumshug‘ing harom, daryoga borib chayqab kelib, undan keyin yegin, — debdi qo‘zi.
Qarg‘a tumshug‘ini chayqagani daryoga boribdi. Daryo suvini pastga tortib olib:
— Mendan odamlar suv ichadi, sening tumshug‘ing harom, Ustaboy kuloldan bitta ko‘za olib kelgin, suvni men beray, sen suvni olib u yoqda chayqagin, — debdi.
Shunda qarg‘a Ustaboy kulolning oldiga borib:
— Ey Ustaboy kulol, bering ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, yeyman semiz, a’lo qo‘zi, — debdi.
Ustaboy kulol:
— Tuprog‘im ado bo‘lib qoldi. Tuproq olur degan yerdan tuproq olib kelib bergin, men yangi ko‘za qilib beraman, — debdi. Sho‘rlik qarg‘a tuproq olurga uchib boribdi:
— Bering tuproq, qilsin ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, yeyman semiz, a’lo qo‘zi, — debdi. Tuproq olur:
— Tog‘ning boshida bir kiyik bor. Shu kiyikning shoxidan olib kel. O‘sha kiyik shoxi bilan qazib olasan, — debdi.
Qarg‘a bu yerdan ham uchib tog‘ tepasidagi kiyik oldiga boribdi:
— Hoy kiyik aka, bering shox, qaziy tuproq, qilsin ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, yeyman semiz, a’lo qo‘zi, — debdi. Kiyik bechora aytibdi:
— Rahmim kelib beray dedimu, shoxim qattiq o‘rnagan, jonim og‘riydi. Bir Po‘latvoy aka degan kishining tozisi bor. Shu tozisini sizga bersin. Tozi kelib meni quvsin, men qochib ketib daraxtlarga shoximni urib tushirib baray, — debdi.
Shundan keyin qarg‘a uchib Po‘latvoy akaning oldiga borib: «Po‘latvoy aka», — deb chaqiribdi.
— Bering tozi, quvlasin kiyik, tashlasin shox, qaziy tuproq, qilsin ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, yeyman semiz, a’lo qo‘zi, — debdi. Po‘latvoy aytibdi:
— Tozimning qorni och, bedarmon bo‘lib yotibdi. Tosh akamning sigiri bor, o‘sha sigirning sutidan bersin, olib keling ichiramiz, tozi ovqatlanib olib kiyingizni quva bersin, — debdi. Qarg‘a uchib borib:
— Toshvoy aka! — deb chaqiribdi.
— Labbay, — debdi Toshvoy aka.
— Bering sut, ichsin tozi, quvsin kiyik, tashlasin shox, qaziy tuproq, qilsin ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, yeyman semiz, a’lo qo‘zi, — debdi.
Toshvoy aka:
— Sigirimning qorni och, dalaga borgani yo‘q. Sen daladan bir ko‘tarim quroq olib kelib ber, sigir yeb sutga kirsin, undan keyin olib ketasan, — debdi.
Qarg‘a bir quroqzor ko‘lga boribdi.
— Bering quroq, yesin sigir, bersin sut, ichsin tozi, quvlasin kiyik, tashlasin shox, qaziy tuproq, qilsin ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, yeyman semiz, a’lo qo‘zi, — debdi.
Quroq aytibdi:
— Yulib olsang, qo‘lingni qiyib ketaman, shaharning chekkasida o‘roq qiladigan usta So‘kildi degan bor. Bitta yaxshi o‘roq qilib bersin, meni o‘rib olib ketgin, — debdi. Qarg‘a uchib usta So‘kildining oldiga boribdi:
— Usta, usta, — deb chaqiribdi. Usta:
— Labbay, — deb qarganing oldiga chiqibdi. Qarg‘a:
— Bering o‘roq, o‘ray quroq, yesin sigir, bersin sut, ichsin tozi, quvsin kiyik, tashlasin shox, qaziy tuproq, qilsin ko‘za, olay suv, chayqab tumshuq, yeyman semiz, a’lo qo‘zi, — debdi.
Usta So‘kildi:
— Ko‘mirim tamom bo‘lib qolgan edi. Bir tog‘ning boshida besh-o‘n xonadon bor, ular ko‘mir kuydirayotgan emish, ko‘miridan olib kelib ber, senga pashshaning qanotidek olmosdan o‘roq qilib beray.
Qarg‘a bu yerdan ham uchib o‘shal ko‘mirchilarning oldiga borib:
— Ko‘mirchi aka, ko‘mirchi aka, bering ko‘mir, qilsin o‘roq, o‘ray quroq, yesin sigir, bersin sut, ichsin tozi, quvsin kiyik, tashlasin shox, qaziy tuproq, qilsin ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, yeyman semiz, a’lo qo‘zi, — debdi.
Ko‘mirchilardan biri bir parcha ko‘mirni oldiga irg‘itib yuboribdi. Qarg‘a ko‘mirni olib, usta So‘kildining oldiga kelibdi:
— Mana ko‘mirni topib keldim, — debdi. Usta: «Obbo, vaj qilsam ham bo‘lmadi-ya» deb bir pashshaning qanotidek olmosdan qilingan o‘roqni qarg‘aning qanotiga o‘tkazib qo‘yibdi. Qarg‘a bir qancha vaqt uchgandan keyin o‘roq qanotini shartta qirqib ketibdi, ikkinchi qanotiga o‘tazib olibdi. Yana bir qancha uchgandan keyin ikkinchi qanotini ham shartta qirqib ketibdi. Bechora qarg‘a endi o‘roqni bo‘yniga solibdi, ucha olmasdan hiqillab qancha yo‘l yuribdi. Bo‘ynini ham o‘roq shartta kesib ketibdi. Qarg‘a maqsadiga yetolmay, bir cho‘lda o‘lib qolibdi. Qo‘zi esa qutulib qolibdi.


Есть оно или нет, волк блеет, лиса сердится, ворона каркает, воробей каркает, утка трубит, гусь трубит, курица кукарекает, я не знаю.
Были ворона и ягненок. Ворона подошла к ягненку и сказала:
— Я съем тебя, — сказал он.
«Если ты хочешь съесть меня, твой клюв нечист, иди к реке и вымой его, а потом съешь его», — сказал ягненок.
Ворона покачала клювом и пошла к реке. Спуск речной воды вниз:
«У меня люди пьют воду, у тебя клюв нечист. Устабой, принеси кувшин от горшечника, я дам воду, ты возьми воду и встряхни вон там», — сказал он.
Тогда ворона отправилась к мастеру-гончару:
«О мастер горшечник, дай мне кувшин, возьми воды, потряси клювом, я съем жирного, превосходного ягненка», — сказал он.
Мастер Поттер:
— Моя почва стала идеальной. «Принеси землю с того места, где есть почва, и я сделаю новый горшок», — сказал он. Ворона соли летит на землю:
«Дайте мне земли, дайте мне сделать кувшин, набрать воды, потрясти клювом, я съем жирного, отличного барашка», — сказал он. Почва становится:
— На вершине горы есть олень. Принесите его из рогов этого оленя. «Ты можешь копать этим оленьим рогом», — сказал он.
Ворона улетела отсюда к оленю на вершину горы:
«Эй, братец-олень, дай мне рог, кусок земли, дай мне сделать кувшин, набери воды, покачай мордой, я съем жирного, отличного барашка», — сказал он. Бедный олень сказал:
«Прости, прости, рог у меня твердый, душа болит». Есть человек по имени брат Полатвой. Пусть он даст вам это. Пусть борзая придет и погонится за мной, я убегу и буду бить рогом по деревьям, — сказал он.
После этого ворона подлетела к брату Полатовому и позвала: «Брат Полатвой».
«Дайте мне оленя, пусть гонит оленя, бросает рога, копает землю, делает кувшин, набирает воды, трясет клювом, я съем жирного, отличного барашка», — сказал он. Полатвой сказал:
— Тозим лежит голодный и больной. «У моего брата Тоша есть корова, пусть он даст тебе молока, принесет его нам и напоит, а он тебя съест и оденет», — сказал он. Ворона улетела:
— Брат Тошвой! он назвал.
— Лаббай, — сказал брат Тошвой.
«Дай молока, пусть напьется, пусть гонит оленей, бросает рога, копает грязь, пусть делает кувшин, набирает воды, трясет клювом, я съем жирного, отличного барашка», — сказал он.
Брат Тошвой:
— Моя корова голодна, она не пошла в поле. «Возьми с поля ворох сена, дай корове поесть и доить, а потом забери», — сказал он.
Ворона ушла к высохшему озеру.
«Дай мне сушу, дай корове поесть, дай молока, дай мне напиться борзой, погони за оленем, брось ветку, вскопай землю, сделай мне кувшин, возьми воды, потряси клювом, я буду есть жир , отличная баранина,» сказал он.
Курок сказал:
— Если ты его вытащишь, я отрублю тебе руку… На окраине города есть мастер косы по имени Сокильди. «Сделай мне хорошую косу и забери меня», — сказал он. Прилетела ворона к мастеру Сокильди:
— Хозяин, хозяин, — позвал он. Мастер:
— Лаббай, — сказал он вороне. Ворона:
— Дай мне косу, жнец,пусть корова ест, дает молоко, борзую поит, оленя гоняет, рог бросает, землю копает, делает кувшин, приносит воды, трясет клювом, я съем жирного, отличного барашка, — сказал он.
Мастер Сукильди:
«У меня закончился уголь». На вершине горы пять-десять домов, в них горит уголь, принеси мне немного угля, и я сделаю тебе алмазную косу, как крылья мухи.
Ворона улетела отсюда и пошла к угольщикам:
— Брат-угольщик, брат-угольщик, дай мне уголь, косу сделай, сено собери, корову дай есть, молока дай, борзую напой, за оленя погони, рог брось, землю вскопай, кувшин сделай, возьми. вода, клюв чайки, я съем жирного, отличного барашка, — сказал он.
Один из шахтеров бросил перед ним кусок угля. Ворона взяла уголь и пришла к хозяину Сокильди:
«Здесь я нашел уголь, — сказал он. Мастер сказал: «Обба, я не смог бы, даже если бы попытался.» Он приложил серп из бриллиантов, как крыло мухи, к крылу вороны. Пролетев некоторое время, ворона случайно отрезала крыло серпа и перенесла его на другое крыло. После еще нескольких полетов второе крыло было подрезано. У бедной вороны теперь коса на шее, и как долго она икает, не умея летать. Его шея также была перерезана серпом. Ворона не достигла своей цели и погибла в пустыне. И ягненок был спасен.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: