Baxtli yashash siri, aniq tavsiya va maslahatlar

Бахтли яшаш сири, аниқ тавсия ва маслаҳатлар
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Odam bolasi hamisha harakat maydonida yashaydi. Uning yuragi, tafakkuri, idroki hamisha yo‘lda. Orzu qiladi, intiladi, qoqiladi, yo‘qotadi, topadi… Ayriladi, kuyadi, sog‘inadi, kutadi, yetishadi… Inson umri ana shunday bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan lahzalar marjoni. Baxt esa ana shu lahzalardan bittasining ismi. Ya’ni inson mutloq baxtiyor bo‘lishi (mutloq chempion deganday) mumkin emas. U hayotning ba’zi soatlari, ba’zi kunlari, ba’zi oylaridagina baxtli yashashi mumkin. Lekin o‘sha daqiqalar uning qalbidan shunchaki o‘tib ketmaydi. Baxtning hatto, xotirasi ham totli. Shuningdek, baxtni biror qiyofa yo shaklga solib, «mana shu!», deb hammaga taqdim etib, barchani ishontirib bo‘lmaydi. Bu hissiyotning suvrati, ko‘rinishi, mezonlari har kimning o‘z ko‘ngil kengliklariga, tafakkur balandligi, idrok teranliklariga teng. Quyida baxtli yashash uchun tavsiya va maslahatlarni jamladik. Ularga amal qilar ekansiz, haqiqiy baxt siz bilan yonma-yon bo’ladi.

Baxtli yashash uchun eng zarur qoidalar

1. YAqin kishilaringizni seving.

Ko’p vaqtingizni, e’tiboringizni sevgan kishilaringizga bag’ishlang. Bundan o’zingizni baxtli his eta olasiz.

2. Baxtni ortga surmang

Biz ko’pincha oilaviy baxt yangi uy yoki mashina sotib olish, yaxshi ishga kirish yoki qo’shimcha ta’lim olish orqali kirib keladi, deb o’ylaymiz. Bu esa noto’g’ri. Ayni damda sizda bor narsalar bilan ham baxtli bo’lishning ilojisi bor.

3. O’z umringiz uchun ma’suliyatni his qiling!

Baxtli bo’lish uchun birinchi navbatda erkin bo’lish lozim. Vaziyat qanday bo’lmasin, unga qanday yondashish o’z qo’lingizda. Buning uchun faqat o’zingiz javobgar bo’lasiz.

4. Ko’p kuchingizni o’zingiz sevgan mashg’ulot, kasb yoki faoliyatga bag’ishlang.

Agar ishingizni sevsangiz, ko’p ishlang. Agar yoqmasa almashtirishga harakat qiling, bu o’zingiz uchun ham, jamiyat uchun ham samaraliroq bo’ladi. Biz ish joyida ko’p vaqtimizni o’tkazamiz va bu vaqt biz uchun azobga aylanmasligi kerak.

5. O’zgarib turing!

Muntazam tarzda yangilanib, o’sib rivojlanib borsangiz, baxtning o’zi sizni izlab topadi. Hayotingizni yangi bosqichga ko’tarish uchun hamisha yangiliklar izlab toping.

6. Boshqa odamlarga yordam bering.

Har bir insonning ichida altruizm, ya’ni atrofdagilarga beg’araz yordam ko’rsatish ehtiyoji mavjud. Boshqalarga yordam berish orqali, birinchidan, o’z-o’zingizga hurmatni oshirasiz, ikkinchidan, o’zingizdagi jismoniy va psixologik tanglik holatlarini, ya’ni stresslarni yo’qotasiz va natijada hayotdan qoniqish, baxtga erishish hissiga ega bo’lasiz.

7. Ijod qiling!

Biror narsa yaratish sizga kuch bag’ishlaydi va ahvolingizni yaxshi tomonga o’zgartiradi.

8. Jismoniy faollik.

Istalgan jismoniy faollikning, harakatning sog’lom kishiga haqiqiy lazzat baxsh etishi ma’lum, buning sababi chuqur o’rganilmagan. Akademik Pavlov bu hisni mushaklar mashqi deb atagan. Jismoniy faollik davrida inson miyasida o’ziga xos tabiiy moddalar (endorfinlar) ishlab chiqiladi va bu moddalar kishiga lazzat, zavq baxsh etadi. Demak, jismoniy harakatlar insonga baxt hissini ato etadi. Siz raqs tushishingiz, sportning istalgan turi bilan shug’ullanishingiz yoki qo’lingizdan keladigan mashq, harakatni amalga oshirishingiz mumkin. Hatto, qishda ertalab turib yoqqan qordan yo’lakni ochsangiz ham, yerni belkurak bilan chopsangiz ham, mashaqqat bilan derazalarni yuvsangiz ham baxtni his eta olasiz.

9. O’z qiziqishlaringizga ega bo’ling!

Ishqibozlik bizga mayda xursandchiliklar beradi va ular birlashib, baxtga aylanadi. SHuning uchun qiziqishlar doirasini kengaytirib boring. Bu bilan siz baxtga eltuvchi yo’llaringizni ko’paytirasiz. Atrofda shuncha qiziqarli narsalar bo’la turib, kishi baxsiz bo’lishi mumkinmi?

10. O’zingizni yarating!

O’zingiz uchun o’z hayotiy tamoyillaringizni yarating va ularga amal qiling. O’zingizga bo’lgan sadoqat ham baxt yo’lidagi muhim omillardandir. Siz kimsiz? Boshqalar hayoti bilan yashamang, kimningdir umidi, sizdan nimadir kutayotgani uchun emas, o’zingiz uchun yashang. Qo’yib bersa, odamlar sizdan ko’p narsa kutishlari mumkin, lekin o’zingizchalik sizni birov sevarmikan?

11. Orzularga beriling va qiziqing.

Qiziqishlaringiz doirasini kengaytiring. Go’zal xayollarga berilishdan cho’chimang. Orzular olamiga g’arq bo’ling. Oldingizga katta maqsadlarni qo’yib, unga dadil qarab intiling.

12. O’zingizga ishoning.

Kuchingizga ishoning. Qanday bo’lsangiz shundayligingizcha qoling. Birovlar uchun yashamang. Odamlar siz qanday bo’lsangiz, shundayligingizcha qabul qilishlari va hurmat etishlariga ishoning.–

13. YAshash naqadar lazzatli ekanligini unutmang.

Har bir o’tayotgan kun uchun quvonishni o’rganing. O’tayotgan kuningizning har lahzasini unumli o’tkazish va bayram qilish esa o’z qo’lingizda.

14. YAxshi narsalar haqida o’ylang.

Joy, vaziyat insonni baxtli yoki baxsiz qila olmaydi. Faqatgina aql-salohiyat qanday inson ekanligimizni his etishimizga yordam beradi. Har doim yaxshi narsalar haqida o’ylang. Bo’lar-bo’lmas xayollarga bormang, salbiy o’y-xayollarni o’zingizga yaqinlashtirmang. “Nimaiki bo’lmasin, yaxshilikka” degan qoidaga ishoning.

15. Boshqalarni baxtli qiling!

Bu baxtga erishishning eng ishonchli usulidir. O’z baxtingiz yo’lida odamlarga yaxshilik qiling – ana shunda buning o’zi baxt ekanligiga amin bo’lasiz. Kishilarga hamdard bo’ling. Bu fidokorlikning oliy ko’rinishidir. Baxtga xech qachon xudbinlik orqali emas, balki fidoyilik tufayli erishiladi.


Человеческий ребенок всегда живет в поле действия. Его сердце, мышление, восприятие всегда в пути. Он мечтает, стремится, спотыкается, теряет, находит… Он уходит, горит, скучает, ждет, достигает… Человеческая жизнь — цепь сходных и непохожих мгновений. Счастье — это название одного из таких моментов. То есть человек не может быть абсолютно счастливым (как будто быть абсолютным чемпионом). Он может жить счастливо только несколько часов, несколько дней, несколько месяцев своей жизни. Но эти моменты не просто проходят из его сердца. Даже память о счастье сладка. Также невозможно убедить всех, облекая счастье в форму или форму и преподнося его всем, говоря «вот оно!». Внешний вид, внешний вид и критерии этого чувства у всех равны широте ума, высоте мышления, глубине восприятия. Ниже мы собрали рекомендации и советы для счастливой жизни. Если вы будете следовать им, истинное счастье будет с вами.

Самые необходимые правила для счастливой жизни

1. Любите своих близких.

Уделяйте много времени и внимания своим близким. Вы можете чувствовать себя счастливым об этом.

2. Не откладывай счастье

Мы часто думаем, что семейное счастье зависит от покупки нового дома или машины, лучшей работы или получения высшего образования. Это не правильно. Можно быть счастливым с тем, что у вас есть прямо сейчас.

3. Почувствуйте ответственность за свою жизнь!

Чтобы быть счастливым, вы должны сначала быть свободными. Неважно, какая ситуация, то, как вы к ней подойдете, зависит только от вас. Вы несете единоличную ответственность за это.

4. Посвятите большую часть своей энергии хобби, профессии или деятельности, которую вы любите.

Если вы любите свою работу, работайте усердно. Если вам это не нравится, попробуйте изменить это, это будет более эффективно для вас и для общества. Мы много времени проводим на работе, и это время не должно стать для нас болью.

5. Меняйся!

Счастье найдет вас, если вы будете регулярно обновляться и расти. Всегда ищите инновации, чтобы вывести свою жизнь на новый уровень.

6. Помогайте другим людям.

В каждом человеке есть альтруизм, то есть потребность оказывать бескорыстную помощь другим. Помогая другим, вы, во-первых, повысите свою самооценку, а во-вторых, избавитесь от физического и психологического напряжения, то есть стресса, и как следствие, у вас появится чувство удовлетворения и счастья в жизни. .

7. Проявите творческий подход!

Создание чего-то дает вам силы и меняет вашу ситуацию к лучшему.

8. Физическая активность.

Известно, что любая физическая активность и движение доставляют здоровому человеку истинное удовольствие, причина этого до конца не изучена. Академик Павлов назвал это ощущение мышечной тренировкой. Во время физической активности в мозгу человека вырабатываются уникальные природные вещества (эндорфины), и эти вещества доставляют человеку удовольствие.Поэтому физические нагрузки дают человеку ощущение счастья. Вы можете танцевать, заниматься любым видом спорта или выполнять любые упражнения или движения, какие только можете. Ощутить счастье можно даже в том случае, если встать утром зимой, чтобы расчистить тротуар от снега, перелопатить землю или с кропотливым трудом вымыть окна.

9. Имейте свои интересы!

Страсть дарит нам маленькие радости, и они складываются в счастье. Поэтому расширяйте круг интересов. Этим вы увеличите количество путей к счастью. Может ли человек скучать, когда вокруг столько всего интересного?

10. Создай себя!

Создайте свои собственные жизненные принципы и следуйте им. Верность себе — один из важных факторов на пути к счастью. Кто ты? Не живи чужой жизнью, живи для себя, а не потому, что от тебя чего-то ждут. Люди могут ожидать от вас многого, если позволят вам, но будет ли кто-то любить вас таким, какой вы есть?

11. Предаваться мечтам и быть любопытным.

Расширьте свои интересы. Не бойтесь предаваться красивым мечтам. Погрузитесь в мир снов. Ставьте перед собой большие цели и смело стремитесь к ним.

12. Верьте в себя.

Верьте в свои силы. Оставайся таким, какой ты есть. Не живи для других. Поверьте, что люди будут принимать и уважать вас такими, какие вы есть.

13. Не забывайте, как прекрасна жизнь.

Научитесь радоваться каждому прожитому дню. Вам решать, как максимально использовать каждый момент своего дня и праздновать его.

14. Думайте о ХОРОШЕМ.

Место, ситуация не могут сделать человека счастливым или несчастным. Только интеллект помогает нам почувствовать, какой мы человек. Всегда думай о хорошем. Не идите к несбыточным мечтам, не позволяйте негативным мыслям приблизиться к вам. Верьте в правило «Что бы ни случилось, это хорошо».

15. Делайте других счастливыми!

Это самый верный путь к счастью. Делай добро людям на пути собственного счастья — тогда будешь уверен, что это и есть само счастье. Будьте сочувствующими людям. Это высшая форма бескорыстия. Счастье достигается не эгоизмом, а бескорыстием.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Комментарии: 1
  1. Komilov Davronbek

    Bunda mutolalarga gap yo qoyil rahmat yana kopro ciqarib trurila

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: