Ko’zgu orqali rasmga olish , sizni lol qoldiruvchi holatlar

Ko’zgu orqali rasmga olish , sizni lol qoldiruvchi holatlar

Portretlar, natyurmortlar yoki landshaftlar uchun g’ayrioddiy rakurs qidiryapsizmi? O’zingizni yangi uslubda sinab ko’rishni xohlaysizmi? Nega ko’zgu bilan buni bajarib ko’rmasligimiz kerak? Ko’zgularning kuchidan foydalanib, siz turli xil janrlarda asl tasvirlarni yaratishingiz mumkin. Quyida bunga oddiy misol qilib 6 ta usulni e’tiboringizga havola etamiz.

1. «Mozaika»

Singan ko’zguning parchalarini tasvirning ba’zi joylarida yorug’likni aks ettirish va uning sinishi uchun ishlatishingiz mumkin.

Ko’zgu orqali rasmga olish , sizni lol qoldiruvchi holatlar

2. Ko’zguli maydon

Ba’zan oddiy fotosurat uchun ishlatilgan kichik element odatdagi fotosuratni chinakam noyob asarga aylantirish uchun yetarli bo’ladi.

Ko’zgu orqali rasmga olish , sizni lol qoldiruvchi holatlar

3. Simmetriya

Ko’zgudan foydalanish orqali sizning portret rasmlaringizda qiziqarli simmetriya yaratilishi mumkin.

Ko’zgu orqali rasmga olish , sizni lol qoldiruvchi holatlar

4. «Trans-fleksiya»

Ushbu effekt uchun eski oyna ramkasi va ikki kishi kerak. Ulardan biri ko’zgu orqasida, ikkinchisi — uning yuzi aks etishi uchun turadi. Natijada esa ajoyib portret paydo bo’ladi.

Ko’zgu orqali rasmga olish , sizni lol qoldiruvchi holatlar

5. Cheksizlik

Ushbu usulda suratga olishda vazifa shundan iboratki, foto uchun ko’zgu qutisi yasash kerak. Uning ichiga fotosurat mavzusi joylashtiriladi. Natijada esa, obyekt har xil tomondan ko’rsatilib, fotosuratda cheksizlik namoyon bo’ladi.

Ko’zgu orqali rasmga olish , sizni lol qoldiruvchi holatlar

6. Montaj

Kichkina oynaparchalarni ishlatib, siz o’zingizning rasmlaringizni, masalan, ko’z aksini qo’shib, «jonlantirishingiz» mumkin —  biroz g’alati, ammo ajoyib g’oya.

Ko’zgu orqali rasmga olish , sizni lol qoldiruvchi holatlar

Bundan tashqari, fotosurat uchun ko’zguning kattaroq parchasini ishlatishingiz va suratda butun portretni ko’rsatib berishingiz mumkin.

Ko’zgu orqali rasmga olish , sizni lol qoldiruvchi holatlar

Aksni ko’rsatuvchi sirtlarni ajoyib suratlar yaratishda ishlatish imkoniyatlari cheksizdir. Bunga ishonch hosil qilish uchun sizdan faqatgina ijod qilish talab etiladi.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz