Ayol reproduktiv tizimi murakkab tuzilgan, bu tizimning normal ishlash qobiliyatini buzish oson, ammo uni qayta tiklash juda qiyin. Hozirgi kunda ayollar eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri endometriozdir.
Ko‘p hollarda kasallik belgilarsiz kechganligi sababli kasallik haqida statistikalar berish biroz qiyinroq. Avvallari bu kasallik 30-50 yoshli ayollar o‘rtasida uchragan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib endometrioz bilan 20-25 yoshli ayollar ham aziyat chekishmoqda.
Endometrioz qanday kechadi?
Endometrioz – jiddiy kasallik bo‘lib, bachadon ichki qavati – endometriyning buzilishi bilan kechadi. Bu kasallikda endometriy qavat hujayralari bachadondan tashqarida o‘sib ketadi. Kasallik xavfli bo‘lishining sabablaridan biri, uni tashxislashning qiyinligidir. Umuman olganda endometriozning o‘ziga xos belgilari ham bor, ammo ayrim simptomlari ayollarda uchraydigan bir qator ginekologik kasalliklar bilan bir xil kuzatilishi mumkin. Shu sababli endometriozning ilk belgilari paydo bo‘lishi bilan umumiy tekshiruvlardan o‘tish kerak.
Kasallik profilaktikasi uchun ginekolog nazoratida bo‘lish tavsiya etiladi, ammo ko‘pchilik ayollar hech qanday kasallik bezovta qilmagan vaqtlarda profilaktika uchun ham shifokor huzuriga borishmaydi.
Endometrioz turlari
Patologik to‘qimaning joylashgan joyiga va darajasiga qarab endometrioz kasalligining bir necha turi farqlanadi.
Genital endometrioz – reproduktiv a’zolarda kuzatiladigan endometrioz;
Ekstragenital endometrioz – qo‘shni a’zolar zararlanishi bilan kechadigan endometioz (siydik pufagi, buyraklar, qorin devori va boshqalar).
Genital endometrioz ikkiga bo‘linadi:
Tashqi – qinda, qin-rektal devorida, bachadon nayida va tuxumdonlarda;
Ichki – bachadon endometriozi yoki adenomioz.
Adenomioz
Adenomioz haqida batafsil yoritamiz.
Adenomioz – bachadon tanasi endometriozidir. Odatda endometriy qavati siklik ravishda shakllanadi: avvalo endometriy qavati qalinlashadi, tuxum hujayra implantatsiyasiga tayyorlanadi, hayz siklining oxirida esa ko‘chib tushib, hayz suyuqligi ko‘rinishida ajralib chiqadi. Bu jarayonda endometriy faqatgina bachadonning ichki qavatidan ajralib chiqadi, bachadon mushak qavati esa maxsus membrana yordamida himoyalangan bo‘ladi.
Ammo, ba’zi sabablar tufayli bachadon shilliq qavatining qalinlashishida o‘zgarishlar kelib chiqadi va mushak qavatni himoyalab turuvchi zararlanadi, bachadon mushak qavati ham qalinlashib ketadi. Natijada, shilliq qavatning o‘zigina ko‘chib tushmay, mushak qavatini ham zararlab ketadi.
Shifokorlar adenomiozning 4 ta darajasini farqlaydilar:
1 va 2 – darajada – endometriy qavat mushak qavatning o‘rtasigacha o‘sib kiradi;
3 – darajada – bachadon devorining seroz qavatigacha o‘sib kiradi;
4 – darajada – bachadon to‘liq hamda qorin parda ham zararlanadi.
Adenomiozning rivojlanishi bo‘yicha ham turlarga bo‘linadi:
Diffuz endometrioz – eng og‘ir kechuvchi va oqibati salbiy bo‘lgan turi. Bunda endometriy qavati bachadon devori bo‘ylab ketma ketlikda, ya’ni qavatma-qavat o‘sib boraveradi. Bu kabi adenomiozni davolash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi.
O‘choqli endometrioz – ko‘p uchraydigan, bachadonning ma’lum bir qismigina zararlanadigan kasallik turi. Bunda bachadonning oldingi yoki orqa devori zararlanishlari farqlandi.
Tugunsimon endometrioz – bu turdagi adenomioz o‘choqli adenomioz kabi kechib, bunda mushak qavati kasallikka qarshi “himoyalangan” bo‘ladi. Shu sababli endometrioz o‘choqlari zichlashib kichik tugunchalar hosil qiladi va bu bachadonning hajmi kattalashishiga olib keladi. Ammo, o‘choqli va tugunli ko‘rinishdagi adenomiozning davolash takstikasi bir xildir.
Endometrioz kasalligi sabablari
Afsuski, shifokorlar va olimlar ham hali hanuz kasallikni keltirib chiqaruvchi aniq bir sababni topa olishmagan. Bir necha nazariyalar bor xolos, ularning hech qaysi bir o‘z isbotini topmagan.
Retrograde hayz ko‘rish – bunda hayz suyuqligining bir qismi bachadonning boshqa qsimlariga, bachadon nayi ba’zida qorin bo‘shlig‘iga tushib qoladi. Hayz suyuqligi o‘zida endometriy qavati hujayralarini saqlaydi. Natijada, bu hujayralar bachadondan tashqarida joylashib qolib, o‘sha joyda yopishadi va ko‘paya boshlaydi.
Bachadonda o‘tkazilgan turli xil muolajalar – homila tushishi, abort, poliplarni olib tashlash, har qanday ko‘rinishdagi jarrohlik amaliyotlari, laproskopiya va keservo amaliyoti ham bachadon ichi membranasini jarohatlaydi. Albatta, jarrohlik amaliyotlaridan keyin membrana tez tiklanadi, biroq uning o‘rnida chandiq qoladi. Chandiq esa endometriy qavati o‘sishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Gormonlar o‘zgarishi – gormonlar miqdori va sintezining o‘zgarishi ham endometrioz kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xavf guruhida doimiy stress va jismoniy-ruhiy zo‘riqishda yuradigan ayollar bo‘lib, ularning ko‘pchiligida endometrioz kasalligi kelib chiqadi.
Bundan tashqari irsiy omilning ham roli bor – ba’zi olimlar qayd etishicha oila a’zolari, yaqin qarindoshlar orasida endometrioz kasalligi kuzatilgan bo‘lsa, shu ayolning o‘zida ham kasallik rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Hozirgi kunda maxsus DNK-test yordamida endometriozga moyil ayollarni aniqlab olish imkoni tug‘ilgan. Bu esa xavf guruhidagi ayollar uchun profilaktik chora tadbirlarni qo‘llash imkonini beradi.
Endometrioz belgilari va tashxislash
Endometriozni tashxislash ayrim sabablarga ko‘ra qiyinchilik tug‘diradi. Birinchidan, kasallik hech qanday simptomlarsiz boshlanadi, faqatgina jiddiy o‘zgarishlar kuzatilgandagina bilinadi. Ikkinchidan, endometriozda kelib chiqadigan simptomlar yana bir necha kasalliklarda ham kuzatiladi.
Aniq diagnoz qo‘yish uchun esa bir nechta tekshiruvlardan o‘tish kerak bo‘ladi, UTT (UZI), ginekologik oyna yordamida tekshirish, kolposkopiya va laproskopiya.
Bachadon tanasi endometriozi belgilarini har bir ayol bilishi va uning ilk yuzaga chiqishida o‘z vaqtida shifokorga murojaat etishi zarur. Ko‘pgina simptomlar hayz sikli bilan bog‘liq holda kechadi.
Eng ko‘p uchraydigan va aniq simptomlardan biri – hayz ko‘rish vaqtida og‘riq hissining bo‘lishi. Og‘riq ayol kishini hayz ko‘rishdan 1-2 kun oldin azoblay boshlaydi va hayz ko‘rishning 3 kunida maksimal darajaga yetadi. Hayz ko‘rishda og‘riq bo‘lishiga sabablar turli xil bo‘ladi. Ko‘p hollarda, og‘riqqa sabab mushaklar qisqarishiga olib keluvchi modda – prostaglandin ko‘payishi sabab bo‘ladi. Ularning bachadon to‘qimalarida ko‘payishi kuchli og‘riq hissini chaqiradi.
Og‘riq faqatgina hayz ko‘rish vaqtida bo‘lmay, hayz siklining o‘rtasida ham yuzaga chiqishi mumkin. Bunga sabab patologik o‘zgarish fonida kelib chiqqan yallig‘lanishdir.
Adenomiozning yana bir simptomi – hayz siklining buzilishidir. Ayniqsa, kasallik gormonal tabiatga ega bo‘lganda bu simptom kuchli namoyon bo‘ladi. Hayz siklining cho‘zilishi va hayz ko‘rish muddati, hamda hayz suyuqligining hajmi ortib ketishi mumkin.
Agar patologik o‘choq bachadon bo‘ynida yoki qinda bo‘lsa, ayol kishi jinsiy aloqa qilgan vaqtda kuchli og‘riq hissini sezadi. bundan tashqari jinsiy aloqadan keyin kam miqdordagi suyuqlik ham ayol qinidan ajralib chiqishi mumkin.
Adenomioz kasalligida bachadon o‘lchami ham kattalashib ketadi. Albatta, ayol kishi buni o‘zida sezmasligi mumkin, ammo UTT (UZI) tekshiruvida bu aniq ko‘rinadi.
Bachadon tanasi endometriozi nimasi bilan xavfli?
Bachadon endometriozi oqibatlari xavflidir. Avvalo, bu kasallik ayol kishida bepushtlikka sabab bo‘lishi mumkin. Bu isbotlanmagan bo‘lsa ham, endometrioz bilan kasallangan ayollarning 60 % ida homilador bo‘lish qiyinligini aniqlangan.
Ba’zi ilmiy izlanishlar ko‘rsatishicha, tuxum hujayraning urug‘lanishi qiyinlashuviga sabab aynan bachadon ichki qavatining o‘sib ketishidir, ya’ni urug‘langan tuxum hujayra bachadon devoriga yopisha olmaydi. Ayrim hollarda gormonal o‘zgarish tufayli, ayol kishida umuman ovulyatsiya jarayoni ro‘y bermasligi ham mumkin.
Bachadon ichki qavatida tugunlar hosil bo‘lishi, bachadonning egilib qolishiga olib keladi va bu ham tuxum hujayraning urug‘lanishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Baxtimizga, ko‘p hollarda bepushtlik – endometrioz davolanishi tufayli, bartaraf etiladi. Lekin, kasallikning og‘ir ko‘rinishlarida, bachadonning zararlanishi chuqurlashsa hech qanday muolajalar yordam bera olmasligi va ayol kishi bachadoni olib tashlanishi mumkin.
Endometrioz holatida ham homiladorlik ro‘y bersa ham, uni saqlab qolish qiyin bo‘ladi. Adenomioz holatlarida homila tashlash, sog‘lom ayollarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Shu sababli endometrioz bilan kasallangan ayollar o‘z sog‘liqlariga e’tibor berishlari va jismoniy-ruhiy zo‘riqishlardan qochishlari kerak.
Adenomiozda bepushtlikdan tashqari yana boshqa asoratlar ham bor. Hayz suyuqligi hajmining ko‘payishi – ayollarda anemiya holatlariga olib keladi. Har safar ayol kishi hayz suyuqligi bilan birgalikda temir mikroelementini ham yo‘qotadi. Odatiy hollarda hayz suyuqligi 80 ml dan oshmaydi, adenomiozda esa bu ko‘rsatkich bir necha barobar ortishi mumkin. Temir mikroelementi organizmda kislorod tashish vazifasini bajarishini hisobga olsak, uning yetishmasligi ayol organizmida kislorod tanqisligiga sabab bo‘ladi. Ayol kishi o‘zini holsiz, lanj va doimiy charchagan holda sezadi.
Endometrioz kasalligi oqibatida bachadon miomasi ham rivojlanishi mumkin. Bu esa endometriy hujayralarining ko‘payishida buzilishga uchrashi bilan tushuntiriladi. Ushbu holatda bachadonni olib tashlash amaliyoti bajarilishiga to‘g‘ri keladi.
Endometrioz davosi
Yuqorida keltirib o‘tilganlarni o‘qib endometrioz kasalligining qay darajada xavfli ekanligini bilib oldingiz, shu sababli shifokor nazoratidan profilaktik maqsadlarda o‘tib turish kerak.
Adenomiozni bartaraf etishning 3 ta samarali usuli bor:
Konservativ davo;
A’zoni saqlab qolgan holda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish;
Radikal jarrohlik amaliyoti.
Qaysi usul qay hollarda bajarilishi, kasallik darajasi va turiga qarab belgilanadi.
Konservativ davo – ayol kishida hayz ko‘rishini yarim yilgacha to‘xtatib turiladi. Bu vaqt ichida ortiqcha endometriy qavati butunlay ajralib chiqadi, endometrioz to‘qimalar chiqib ketadi, endometriy o‘sishi to‘xtaydi va mushak to‘qimlari ham tozalanadi.
Albatta, bunday muolaja gormonal preparatlar yordamida amalga oshiriladi. Ko‘pchilik ayollar uzoq muddat gormonal preparatlar qabul qilib yurishdan bosh tortishadi, bunday hollarda shifokor tomonidan yangi ishlab chiqarilayotgan ko‘proq va uzoqroq muddatga ta’sir etuvchi gormonal preparatlar tanlanishi kerak. Bundan tashqari shifokor tomonidan ayol organizmining gormonal prepratlarni ko‘ra olishi va samaralari doimo nazorat qilib turiladi.
Konservativ davo natija bermagan hollarda, bachadonni tozalash amaliyoti o‘tkaziladi. Albatta, unday muolaja o‘choqli va tugunli adenomioz kasalligida bajariladi. Kasallikning diffuz ko‘rinishida operativ usul bilan bachadonni tozalash yordam bermaydi, bunda faqatgina konservativ davo muolajalari buyuriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan davo usullari yordam bermagan holda, eng so‘ngi variant – bachadon butunlay olib tashlanadi. Shifokorlar bu usuldan qochishga harakat qilishadi. Sababi faqatgina ayol kishining homilador bo‘lish qobiliyatini saqlab qolish emas, umuman ayol organizmining reproduktiv gormonlar ta’sirida ishlashidir. Bachadon va tuxumdonlarni olib tashlash ayol hayotini o‘zgartirib yuboradi.
Endometrioz kasalligi profilaktikasi
Kasallikning to‘liq profilaktikasi qiyin. Chunki kasallikning kelib chiqish sababi aniq meas. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi chora tadbirlarni bajarish yordam beradi.
Birinchidan har qanday jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar, stress holatlaridan qochishga harakat qiling;
Ikkinchidan o‘z sog‘ligingiz haqida qayg‘uring. Abortlar, bachadonni tozalash, turli xil yallig‘lanish kasalliklaridan saqlaning. Chunki bularning barchasi bachadon himoyaviy membranasining buzilishiga olib keladi va endometriozga sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari bir yilda kamida 2 marotaba ginekolog ko‘rigidan o‘tib turish kerak. Shunda ayol organizmida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan har qanday o‘zgarishlar haqida oldindan bilib olish ehtimoli paydo bo‘ladi.
Adenomiozni davolashda ayol kishilarning gormonal preparatlarni qabul qilishni istamasliklariga qaytamiz. Bunda ko‘pchilik ayollar xalq tabobati yordamida davolanishni xohlashadi. Xalq tabobati usullariga gomeopatiya, gipnoz usullari va turli xil mahsulotlar bilan diyeta qilish kiradi. Bunday muolajalarni to‘g‘ri tanlanganda ularning samarasi bilinadi, ammo kasallikning faqatgina simptomlari yo‘qoladi, adenomioz esa butunlay bartaraf bo‘lmaydi va qachonlardir yana xuruj qilib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shuni inobatga olib xalq tabobati bilan o‘z boshimchalik bilan davolanmasadan, ginekologlar tavsiyasiga binoan davolanish zarur.
Bachadon tanasi endometriozi – jiddiy va xavfli kasallik bo‘lib, u o‘z vaqtida davolanishni talab etadi. Har yili ikki marotaba ginekolog ko‘rigidan o‘tib turishni unutmang, aks holda adenomiozni o‘tkazib yuborib bepushtlikka, hatto bachadonni olib tashlashgacha olib borishi mumkin, bu esa o‘z navbatida ayol kishi uchun jiddiy “zarba”dir.
Zamonaviy tibbiyot kasallikning og‘ir darajalarida ham butunlay sog‘ayib ketish imkonini beradi.
Ikid.uz
Женская половая система устроена сложно, нарушить нормальное функционирование этой системы легко, но восстановить очень сложно. Одним из самых распространенных заболеваний у женщин на сегодняшний день является эндометриоз.
Немного сложнее предоставить статистику о заболевании, так как оно часто протекает бессимптомно. Раньше это заболевание встречалось у женщин в возрасте 30-50 лет, теперь же от эндометриоза страдают женщины в возрасте 20-25 лет.
Как работает эндометриоз?
Эндометриоз – серьезное заболевание, вызванное поражением внутренней оболочки матки – эндометрия. При этом заболевании клетки эндометрия разрастаются вне матки. Одна из причин, почему болезнь опасна, заключается в том, что ее трудно диагностировать. В целом эндометриоз имеет свои симптомы, но некоторые симптомы могут наблюдаться так же, как и ряд гинекологических заболеваний у женщин. Поэтому необходимо пройти общие обследования, как только появятся первые признаки эндометриоза.
Рекомендуется находиться под наблюдением гинеколога для профилактики заболеваний, но большинство женщин не обращаются к врачу для профилактики даже тогда, когда их не беспокоит какое-либо заболевание.
Виды эндометриоза
В зависимости от локализации и уровня патологической ткани различают несколько видов эндометриоза.
Генитальный эндометриоз – эндометриоз наблюдается в репродуктивных органах;
Экстрагенитальный эндометриоз – эндометриоз, сопровождающийся поражением соседних органов (мочевой пузырь, почки, брюшная стенка и др.).
Генитальный эндометриоз подразделяют на два:
Наружно — во влагалище, вагинально-прямокишечную стенку, маточную трубу и яичники;
Внутренние – эндометриоз матки или аденомиоз.
Иллюстрация: www.everydayhealth.com
Аденомиоз
Мы подробно расскажем об аденомиозе.
Аденомиоз – это эндометриоз тела матки. Обычно слой эндометрия формируется циклично: сначала слой эндометрия утолщается, готовится к имплантации яйцеклетки, а в конце менструального цикла мигрирует и выделяется в виде менструальной жидкости. При этом эндометрий отделяется только от внутреннего слоя матки, а мышечный слой матки защищен специальной оболочкой.
Однако в силу ряда причин происходят изменения в утолщении слизистой оболочки матки, при этом повреждается защитный слой матки, а также утолщается мышечный слой матки. В результате не только смещается слизистая оболочка, но и повреждается мышечный слой.
Врачи выделяют 4 степени аденомиоза:
1 и 2 — уровень — слой эндометрия прирастает к середине мышечного слоя;
при 3-й степени – дорастает до серозного слоя стенки матки;
При 4-й степени повреждается вся матка и брюшина.
По развитию аденомиоз также делится на виды:
Диффузный эндометриоз – самая тяжелая форма с отрицательным исходом.При этом слой эндометрия нарастает последовательно вдоль стенки матки, то есть послойно. Лечение такого аденомиоза очень сложно.
Очаговый эндометриоз является распространенным типом заболевания, поражающим только определенную часть матки. Различают поражение передней или задней стенки матки.
Узловой эндометриоз – этот вид аденомиоза похож на очаговый аденомиоз, при котором мышечный слой «защищен» от заболевания. Из-за этого очаги эндометриоза уплотняются и образуют мелкие узелки, что приводит к увеличению размеров матки. Однако тактика лечения очагового и узлового аденомиоза одинакова.
Причины эндометриоза
К сожалению, врачи и ученые пока не нашли четкой причины заболевания. Есть только несколько теорий, ни одна из которых не доказана.
Ретроградная менструация – при которой часть менструальной жидкости попадает в другие отделы матки, иногда маточная труба выпадает в брюшную полость. Менструальная жидкость содержит клетки эндометрия. В результате эти клетки оседают вне матки, прилипают к ней и начинают размножаться.
Различные процедуры, проводимые в матке – выкидыш, аборт, удаление полипов, любого рода операции, лапароскопия и кесарево сечение – также травмируют оболочку эндометрия. Конечно, после хирургических операций мембрана быстро восстанавливается, но на ее месте остается рубец. И рубец не может предотвратить рост эндометрия.
Гормональные изменения – изменения количества и синтеза гормонов также могут вызывать эндометриоз. В группу риска входят женщины, находящиеся в постоянном стрессе, физическом и умственном перенапряжении, у многих из них развивается эндометриоз.
Кроме того, играет роль и генетический фактор – по мнению некоторых ученых, если эндометриоз наблюдался у членов семьи и близких родственников, риск развития заболевания высок у самой этой женщины. В наше время с помощью специального ДНК-теста можно выявить женщин, склонных к эндометриозу. Это дает возможность применять профилактические меры для женщин группы риска.
Фото: www.everydayhealth.com
Симптомы и диагностика эндометриоза
Диагностика эндометриоза может быть сложной по ряду причин. Сначала болезнь начинается без каких-либо симптомов, об этом становится известно только тогда, когда наблюдаются серьезные изменения. Во-вторых, симптомы, вызванные эндометриозом, наблюдаются и при ряде других заболеваний.
Для постановки точного диагноза необходимо пройти несколько обследований, УТТ (УЗИ), осмотр с помощью гинекологического зеркала, кольпоскопию и лапароскопию.
Каждой женщине важно знать признаки эндометриоза матки и вовремя обратиться к врачу при первом его появлении.Многие симптомы связаны с менструальным циклом.
Одним из наиболее распространенных и очевидных симптомов является боль во время менструации. Боль начинает беспокоить женщину за 1-2 дня до менструации и достигает максимального уровня на 3-й день менструации. Причин болей во время менструации много. В большинстве случаев боль вызвана повышением уровня простагландина, вещества, вызывающего сокращение мышц. Их увеличение в тканях матки вызывает сильную боль.
Боль может появиться не только во время менструации, но и в середине менструального цикла. Причиной этого является воспаление, вызванное патологическими изменениями.
Еще одним симптомом аденомиоза является нарушение менструального цикла. Этот симптом особенно силен, когда заболевание имеет гормональную природу. Продолжительность менструального цикла и продолжительность менструаций, а также объем менструальной жидкости могут увеличиваться.
Если патологический очаг находится в шейке матки или во влагалище, женщина ощущает сильную боль во время полового акта. кроме того, небольшое количество жидкости также может выделяться из женского влагалища после полового акта.
При аденомиозе также увеличиваются размеры матки. Конечно, женщина сама может его не ощущать, но это хорошо видно при обследовании УТТ (УЗИ).
Чем опасен эндометриоз?
Последствия эндометриоза матки опасны. Прежде всего, это заболевание может стать причиной бесплодия у женщины. Хотя это не было доказано, было обнаружено, что 60% женщин с эндометриозом испытывают трудности с беременностью.
Согласно некоторым научным исследованиям, причиной затруднения оплодотворения яйцеклетки является разрастание внутреннего слоя матки, а это значит, что оплодотворенная яйцеклетка не может прилипнуть к стенке матки. В некоторых случаях из-за гормональных изменений женщина может вообще не овулировать.
Образование узлов в слизистой оболочке матки вызывает искривление матки, что также препятствует оплодотворению яйцеклетки.
К счастью, в большинстве случаев бесплодие можно вылечить с помощью лечения эндометриоза. Однако в тяжелых случаях заболевания, если поражение матки углубляется, никакое лечение уже не поможет, и женщине может быть проведено удаление матки.
Даже при эндометриозе бывает трудно сохранить беременность. При аденомиозе выкидыши случаются чаще, чем у здоровых женщин. Поэтому женщинам с эндометриозом следует уделять внимание своему здоровью и избегать физических и умственных нагрузок.
Помимо бесплодия, аденомиоз имеет и другие осложнения. Увеличение объема менструальной жидкости – вызывает анемию у женщин. Каждый раз женщина теряет микроэлемент железо вместе с менструальной жидкостью. В норме менструальная жидкость не превышает 80 мл,а при аденомиозе этот показатель может увеличиваться в несколько раз. Учитывая, что микроэлемент железо выполняет в организме функцию транспорта кислорода, его дефицит вызывает дефицит кислорода в организме женщины. Женщина чувствует себя слабой, вялой и постоянно уставшей.
Миома матки также может развиваться в результате эндометриоза. Это объясняется нарушением пролиферации клеток эндометрия. В этом случае необходимо выполнить операцию по удалению матки.
Лечение эндометриоза
Фото: www.healthywomen.org
Прочитав вышеизложенное, вы узнали, насколько опасен эндометриоз, поэтому необходимо пройти профилактический осмотр у врача.
Существует 3 эффективных способа устранения аденомиоза:
Консервативное лечение;
Проведение операции с сохранением конечности;
Радикальная хирургия.
Какой метод в каких случаях выполняется, зависит от уровня и вида заболевания.
Консервативное лечение – у женщины прекращаются менструации на полгода. За это время полностью отделяется лишний слой эндометрия, удаляется ткань эндометрия, прекращается рост эндометрия, а также очищается мышечная ткань.
Разумеется, такое лечение проводится с помощью гормональных препаратов. Большинство женщин длительное время отказываются от приема гормональных препаратов, в таких случаях врач должен подобрать более и более длительного действия гормональные препараты нового производства. Кроме того, врач постоянно контролирует способность и действие гормональных препаратов на организм женщины.
В случаях, когда консервативное лечение не помогает, проводят операцию по очистке матки. Безусловно, такую процедуру проводят в случае очагового и узлового аденомиоза. При диффузной форме заболевания хирургическая очистка матки не помогает, назначаются только консервативные методы лечения.
Если вышеперечисленные методы лечения не помогают, последний вариант — полное удаление матки. Врачи стараются избегать этого метода. Причина не только в сохранении способности женщины забеременеть, но и в работе женского организма под влиянием половых гормонов. Удаление матки и яичников меняет жизнь женщины.
Профилактика эндометриоза
Полная профилактика заболевания затруднена. Потому что причина болезни ясна. Тем не менее, принятие некоторых мер предосторожности может помочь.
Во-первых, старайтесь избегать любых физических и психических нагрузок и стрессовых ситуаций;
Во-вторых, позаботьтесь о своем здоровье. Избегайте абортов, чисток матки, различных воспалительных заболеваний. Ведь все это приводит к нарушению защитной оболочки матки и может вызвать эндометриоз.Кроме того, необходимо проходить осмотр у гинеколога не менее 2 раз в год. Тогда есть возможность заранее узнать о любых изменениях, которые могут произойти в организме женщины.
Народная медицина или современная медицина?
Возвращаемся к нежеланию женщин принимать гормональные препараты при лечении аденомиоза. Многие женщины хотят лечиться с помощью народной медицины. К методам народной медицины относятся гомеопатия, гипноз, диета с использованием различных продуктов. При правильном выборе таких методов лечения их эффективность известна, но исчезают только симптомы заболевания, а полностью устранить аденомиоз не удается, и высока вероятность рецидива. Учитывая это, лечить нужно по рекомендации гинекологов, без самолечения средствами народной медицины.
Эндометриоз тела матки – серьезное и опасное заболевание, требующее своевременного лечения. Не забывайте дважды в год проходить осмотр у гинеколога, иначе аденомиоз можно пропустить и привести к бесплодию, вплоть до удаления матки, что в свою очередь является серьезным «ударом» для женщины.
Современная медицина позволяет полностью вылечиться даже при тяжелых формах заболевания.
Ikid.uz