Ulug‘ shoir Shayx Sa’diy oddiygina hayot kechirar edi. Bir kuni Sheroz shahrining boy savdogarlaridan biri ziyofat berib, Shayx Sa’diyni ham taklif etibdi. Shayx ziyofat berilayotgan xonadonga yaqin borib, ko‘rsaki, mezbonlar ham, tashrif buyurayotgan mehmonlar ham juda bashang kiyingan. Libosi juda oddiy bo‘lgan Sa’diy bir burchakda ichkariga taklif qilishlarini kutibdi. Ammo hech kim unga ahamiyat bermabdi. Uy egasi ham tanimagandek uzoqdan nazar tashlab qo‘yibdi. Shunda Shayx Sa’diy bu yerni sekin tark qilib, kiyim ijaraga beriladigan do‘konga boribdi. U yerdan hashamdor, etaklari oltin iplar bilan to‘qilgan kiyim, bezakli salla, belbog‘ olib, kiyib ko‘ribdi. Tamoman boshqa kishiga aylanib, ziyofatga ravona bo‘libdi. Darvozaga yaqinlashganida uy egasi uzoqdan peshvoz chiqib, quchoq ochib kutib olibdi. Hayallaganidan shikoyat qilib, xushomadli so‘zlar bilan mehmonxonaning to‘riga taklif qilibdi. Shayx Sa’diy o‘tirgach, yumshoq bolish va zar ko‘rpachalarga, tilla va kumush idishlardagi shohona taomlarga birpas nazar solib turibdi. Birdan zar choponining uchini sho‘rvaga botirib, ustiga guruch, go‘sht to‘kib, kiyimlariga qarata debdi: “Oling, zar choponim, taomdan lazzatlaning, axir bu ziyofat siz uchun-ku…”
Mehmonlar bu holatdan ajablanishibdi, ba’zilar esa, shayx aqldan ozdi, deb o‘ylashibdi. Nihoyat ulardan biri: “Hazrat, nima qilyapsiz, kiyim qanday ovqat yeya oladi?..” – deb so‘rabdi. Shayx Sa’diy esa xotirjamlik bilan shunday javob beribdi:
– Axir, bu ziyofat shu qimmatbaho liboslar uchun emasmi? Oddiy kiyimda kelganimda hech kim menga e’tibor bermadi, hatto tanimaslikka olishdi. Ushbu liboslar sabab davraning to‘rida o‘tiribman. Shunday ekan, ziyofat ham ularniki bo‘ladi-da…
Dilafro‘z Salohiddin qizi,
“Irfon” taqvimining 2010 yil, 3-sonidan olindi.
Manba: islom.ziyouz.com
Великий поэт шейх Саади жил простой жизнью. Однажды один из богатых купцов города Шираза устроил вечеринку и пригласил шейха Саади. Шейх подошел к дому, где проходил прием, и увидел, что и хозяева, и приезжие гости одеты очень богато. Саади, одетая очень просто, ждала в углу, чтобы ее пригласили внутрь. Но никому до него не было дела. Хозяин дома отвернулся, как будто не знал его. Затем шейх Саади медленно покинул это место и направился в пункт проката одежды. Оттуда он взял роскошное платье, подол которого был выткан золотыми нитями, декоративную чалму и пояс и примерил его. Он превратился в совершенно другого человека и плавно пошел на вечеринку. Когда он подошел к воротам, издалека вышел хозяин дома и приветствовал его с распростертыми объятиями. Пожаловавшись, что снится, он лестными словами пригласил его в гостиницу. Сев, шейх Саади смотрит на мягкие подушки и золотые одеяла, на царскую еду в золотой и серебряной посуде. Вдруг он окунул конец своего плаща в суп, высыпал на него рис с мясом и указал на свою одежду: «Возьми, мой плащ, наслаждайся едой, ведь этот пир для тебя…»
Гости были удивлены такой ситуацией, и некоторые подумали, что шейх сошел с ума. Наконец один из них спросил: «Господи, что ты делаешь, как одежда может есть пищу?» Шейх Саади спокойно ответил:
— Ведь эта вечеринка не из-за этих дорогих шмоток? Когда я пришла в обычной одежде, на меня никто не обратил внимания, меня даже не узнали. Я сижу в кругу из-за этих платьев. Так что вечеринка тоже будет их…
Дочь Дилафроза Салахуддина,
Из календаря «Ирфон», 2010, № 3.
Источник: islam.ziyouz.com