Ayb shaytondami? — Islomiy hikoya

Ayb shaytondami? - Islomiy hikoya

Bir gal shayton shikoyat qiladi: “Bu nimasi? Bu ne adolatsizlik? Insonlar qilg‘ilikni qilib, aybni menga to‘nkashadi. Mening gunohim nima? Men gunohkor emasman. Ishonmasangiz, o‘zingiz ko‘rib, xulosa chiqazing…”

Bir qo‘chqor qoziqqa bog‘lab qo‘yilgan edi. Shayton kelib, qoziqni nari-beri qimirlatib: “Qilgan ishim bor-yo‘g‘i shu”, deydi.

Qo‘chqor u yoq-bu yoqqa siltanib, qoziqni qo‘poradi. Xo‘jayin uyining eshigi ochiq, dahlizda qadimiy, go‘zal toshoyna turar edi. Qo‘chqor oynada o‘z aksini ko‘rib, bir shox urib uni chil-chil qiladi.

Uy bekasi zinadan shoshilinch tushib, ota-onasidan qolgan oyna chil-chil sinib yotganini ko‘radi va alam ichida xizmatkorlariga: “Qo‘chqorni so‘ying! Hoziroq!” deb buyuradi.

Qo‘chqor xonadon egasining arzandasi edi, qo‘zichoq ekanligida sotib olib, o‘z qo‘li bilan boqib, katta qilgan. Xullas, u kechqurun uyga kelib, sevimli qo‘chqori so‘yilganini ko‘radi.

“Qo‘chqorni kim so‘ydi? – deb baqiradi u. – Qaysi ablah bunga jur’at etdi?”

Xotini unga javoban deydi: “Qo‘chqorni men so‘ydirdim. U ota-onamdan qolgan oynani chil-chil sindirdi!”

Er g‘azabi qaynab qichqirdi: “Unda men sen bilan ajrashaman!”

Gap-so‘z ko‘payib, bir oila buzilib ketadi.

Qissadan hissa: qoqqan qoziqlaringizga ehtiyot bo‘ling…

 

Jamol Kamol tarjimasi

“Hidoyat” jurnalining 2011 yil, 3-sonidan olindi.

Manba: islom.ziyouz.com

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: