“Hammasiga shukr qilaman…” (ibratli hikoya)

“Hammasiga shukr qilaman…” (ibratli hikoya)
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Mening bir dugonam bor. Boshiga ketma-ket musibatlar tushdi: oldin eri olamdan oʻtdi, keyin oʻzi ikki marta avtohalokatga uchradi. Natijada xastalandi. Bir necha bor yanglish tashxis qoʻygan doʻxtirlar nihoyat oxirgi va aniq xulosani aytdi: dugonamning bosh miyasida oʻsma bor ekan…

Doʻxtirlar kasalga aniq tashxis qoʻyolmay yurgan vaqtlarda oʻsma rivojlanib, bosh miya toʻqimalariga yetib boribdi. Bu juda jiddiy holat edi. Shunday boʻlsa-da, dugonam umidsizlikka tushmadi, oʻzini tezda qoʻlga oldi. Axir uning hali voyaga yetmagan bolalari bor, ayniqsa kenjasi goʻdak yoshida. Biroq baʼzida mustahkam irodamiz va qatʼiyatimiz bizga bogʻliq boʻlmagan narsalar qarshisida ojiz qoladi…

Shunday qilib, uning miyasi ikki marta “oʻchib qoldi”. Doʻxtirlar dugonamga “yaratiqlar jumbogʻi” deb nom berishdi. Chunki shu paytgacha sogʻ-omon yurganiga aqllari hayron. U katta yoʻlni kesib oʻtayotib, oʻrtada tek qotib toʻxtab qolishi mumkin. Oʻziga qarab kelayotgan mashinani koʻrib-bilib turadi, biroq joyidan jilmaydi. Sababi maʼlum – miya oyoqlarga kerakli buyruqni bermaydi… Gohida esa oʻz bolalarini tanimay qoladi. Chunki miyaning xotirani taʼminlaydigan qobigʻi shikastlangan, shu bois tez-tez xotirasini yoʻqotib turadi. “Ochiq koʻz bilan yurish juda qiyin, koʻzlarimni hamisha yumib yurgim keladi”, deydi u. Dugonamning qoqsuyak boʻlib qolgan tanasi esa yeyish-ichishidan ham maza ketganini koʻrsatadi. Oʻzining aytishicha, bir qultum suv ichish unga koni azob. Dori-darmon olganidan keyingina sal tetik his etarkan oʻzini.

Dugonam yana koʻp narsalarni gapirib berdi. Garchi achinayotganimni undan yashirishga urinayotgan boʻlsam-da, butun vujudimni alamli bir iztirob qoplab olgan, ana shu iztirob oʻtkir tirnoqli qoʻllari bilan yuragimni ezgʻilar va bu yuz-koʻzimda ozmi-koʻpmi zohir edi. Ana shu damlarda uni qoʻllab-quvvatlashni judayam istadim. Yaratgan bandalariga turli-tuman koʻrgilik va qiyinchiliklarni yoʻllab sinashini va Alloh taolo ularga chiroyli sabr etganlar bilan birga boʻlishini aytgim keldi. Biroq u bunga oʻrin qoldirmadi, xuddi oʻy-xayollarimni oʻqib turganday: “Mendan ham ogʻirroq ahvolga tushganlar bor. Alloh peshonamga nimani yozgan boʻlsa, hammasiga shukr qilaman”, dedi dugonam. Ayni shu damda Tangri taolo uni menga yaxshi gap-soʻzlar bilan tinchlantirishim uchun yoʻllamaganini, aksincha, bu uchrashuv imonimni mustahkamlashim uchun bir ishora-sabab boʻlganini anglab yetdim. Chunki soʻnggi paytlarda bu masalaga unchalik ham etibor bermayotgan edim-da…

Yaratgan menga tortiq etgan behisob neʼmatlar shukrini ado etmayotgan edim. Boriga qanoat qilmagan, itoatni unutgan chogʻlarimizda Alloh bizga biror insonni yoki voqeani ibrat qilib qoʻyadi. Eng muhimi, ana shu belgi-ishoralarni anglay bilishimiz va Oʻziga maqbul boʻladigan shaklda – samimiy, chin dildan tavba qilishimiz zarur.

Zaynab Sabanayeva

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi


У меня есть друг. Ее постигла череда несчастий: сначала ушел из жизни муж, потом она сама попала в две автокатастрофы. В результате он заболел. Врачи, которые несколько раз ставили неправильный диагноз, наконец дали окончательный и окончательный вывод: у моего друга опухоль головного мозга…

Опухоль развилась и достигла тканей головного мозга в то время, когда врачи не могли поставить пациенту диагноз. Это была очень серьезная ситуация. Тем не менее, мой друг не отчаялся, он быстро взял себя в руки. Ведь у нее есть несовершеннолетние дети, особенно младший – младенец. Но иногда наша сила воли и решимость подводят нас перед лицом вещей, не зависящих от нас…

Так что его мозг «выключился» дважды. Врачи назвали моего друга «загадкой существ». Потому что они удивлены тем, что до сих пор могли безопасно ходить. Он может остановиться в одиночестве посреди шоссе при переходе. Он смотрит на приближающуюся к нему машину, но не улыбается. Причина известна — мозг не дает нужной команды ногам… А иногда и собственных детей не узнает. Поскольку оболочка мозга, обеспечивающая память, повреждена, поэтому он часто теряет память. «Очень трудно ходить с открытыми глазами, я всегда хочу ходить с закрытыми глазами», — говорит он. А тело моего друга, превратившееся в барабанную кость, показывает, что ему нравилось есть и пить. Он говорит, что выпить глоток воды для него больно. После приема лекарства ему стало немного лучше.

Мой друг рассказал мне еще много вещей. Хотя я старался скрыть от него свою жалость, мучительная агония охватила все мое тело, эта агония сокрушала мое сердце своими острыми когтистыми руками, и это было более или менее заметно на моем лице. Мне очень хотелось поддержать его в тот момент. Я хочу сказать, что Он будет испытывать Своих рабов различными испытаниями и трудностями, и что Аллах будет с теми, кто терпелив к ним. Однако он не оставил для этого места, словно прочитав мои мысли: «Есть люди, которые находятся в худшем положении, чем я. Я благодарен за все, что Бог написал у меня на лбу», — сказал мой друг. В тот момент я понял, что Бог послал его не для того, чтобы успокоить меня добрыми словами, наоборот, эта встреча была для меня знаком, чтобы укрепить свою веру. Потому что в последнее время я не уделяю этому вопросу особого внимания…

Я не благодарил создателя за бесчисленные благословения, которые он излил на меня. Когда мы не всем довольны, когда забываем повиноваться, Аллах дает нам пример человека или события. Самое главное, чтобы мы могли понять эти знамения и покаяться так, как угодно Ему – искренне и от всего сердца.

Зайнаб Сабанаева

Перевод с русского Арифа Талиба

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz