Kapalakning zaif qanotlari (ibratli hikoya)

Kapalakning zaif qanotlari (ibratli hikoya)

Tokcha chetida bir pilla qolib ketgan edi. Unda kichkina tirqish paydo boʻldi. Uy egasining koʻzi toʻsatdan shu pillaga tushib qoldi va kapalak uni qanday qilib yorib chiqishga urinayotganini kuzata boshladi. Oradan ancha vaqt oʻtdi. Kapalak urinishdan toʻxtaganga oʻxshar, tirqishning kattaligi esa oʻzgarmaganday edi. Goʻyo u qoʻlidan kelgan hamma ishni qilganu bu yogʻiga madori umuman qolmaganday edi.

Odam unga yordam berishga qaror qildi. Qalamtaroshini oldi-da, pillani kesib, teshikni kattaytirdi. Kapalak shu zahoti tashqariga chiqdi. Lekin uning tanasi judayam kuchsiz va nimjon edi, nozik qanotlari zoʻrgʻa qimirlardi.

Uy egasi kuzatishda davom etdi. Kapalak hozir qanotlarini yoyadi-da, uchib ketadi, deb oʻyladi u. Ammo hech bir oʻzgarish boʻlmadi!

Kapalak umrining qolgan qismini oʻlimsangi tanasi va ochilmagan qanotlarini yerga sudrab oʻtkazdi. Ucha olmadi.

Nega bunday boʻldi? Chunki unga yordam bermoqchi boʻlgan odam pillaning kichkina tirqishidan chiqish uchun kapalakka qoʻshimcha vaqt va kuch kerakligini anglamadi. Tanasidan yetib kelgan suyuqlik kapalakning qanotlarini harakatga keltirar, u shundagina ucha olardi. Hayot uning oldiga ana shu qobiqni yorib chiqish mashaqqatini qoʻygan, evaziga esa oʻsish-rivojlanishni vaʼda etgan edi.

Jismoniy-maʼnaviy jihatdan bir pogʻona yuqorilash, tajriba orttirib, oʻz yoʻlimizni topish uchun baʼzida qiyinchiliklarga ehtiyoj sezamiz. Ularsiz biz gʻoʻr va moʻrt boʻlib qolamiz. Agar ularni sabr-bardosh, matonat bilan yengmasak, oʻz kuchimizga, Xudo bergan qobiliyatimizga ishonmasak, hech qachon chiniqa olmaymiz. Imkoniyatlarimiz, iqtidorimiz kapalakning zaif qanotlari kabi foydasiz boʻlib qoladi.

Orif Tolib

Yoshlik”, 2017–6
Ma’lumotlarni rus tilida o‘qing👇
На краю полки остался кокон. В нем появилась небольшая трещина. Взгляд хозяина вдруг упал на этот кокон и он стал наблюдать, как бабочка пытается из него вырваться. Это было долго. Бабочка, казалось, перестала пытаться, и размер щели не изменился. Как будто он сделал все, что мог, и у него не осталось сил.

Адам решил помочь ему. Он взял свою точилку для карандашей, разрезал кокон и увеличил отверстие. Бабочка сразу вылезла. Но его тело было очень слабым и вялым, а тонкие крылья почти не шевелились.

Ведущий продолжал смотреть. Бабочка сейчас расправит крылья и улетит, подумал он. Но ничего не изменилось!

Бабочка провела остаток своей жизни, волоча свое мертвое тело и нераскрывшиеся крылья на землю. Он не мог летать.

Почему это случилось? Потому что человек, пытавшийся ей помочь, не понял, что бабочке нужно дополнительное время и силы, чтобы выбраться из маленького отверстия кокона. Жидкость из тела двигает крылья бабочки, и она может летать. Жизнь поставила перед ним задачу прорваться сквозь эту оболочку и пообещала взамен рост и развитие.

Иногда трудности нужны нам для того, чтобы совершенствоваться физически и духовно, набираться опыта, находить свой путь. Без них мы были бы пустыми и хрупкими. Если мы не преодолеем их с терпением и настойчивостью, если мы не верим в свои силы и данные нам Богом способности, мы никогда не добьемся успеха. Наши способности и таланты становятся бесполезными, как слабые крылья бабочки.

Ариф Талиб

Молодежь», 2017-6
[/spoiler]

This domain is for use in illustrative examples in documents. You may use this domain in literature without prior coordination or asking for permission.

More information...

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz