Qoplon (satirik hikoya)

Qoplon (satirik hikoya)
Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami

Yangi hovli Tillayevga yoqdi. Yuklarni mashinadan tushirayotganda Qurbonboy bir gap aytib qoldi:

— Sizga endi it lozim, o‘rtoq Tillayev. It uyning savlati bo‘ladi. Albatta it boqing. O‘zim g‘alatisini topib beraman.

Tillayevning itga unchalik xushi yo‘q edi, indamay qo‘ya qoldi. Qurbonboy xotinlarning hayhaylashiga qaramay, polni ham o‘zi yuvdi, gilamni ham o‘zi olib chiqib, qoqib keldi.

— Iya, iya, biz turganda siz nega pol yuvarkansiz, opa? O‘zimiz qotirib tashlaymiz. Men gilam qoqayin-u, siz tomosha qiling. Ammo-lekin itning g‘alatisini boqish kerak. Ko‘chadan kirgan odam kiroyi direktor bo‘lsang, shunaqa it boq, deb havas qiladigan bo‘lsin.

Qurbonboy uyni saranjom qilib bo’lgandan keyin ham darrov keta qolmadi. Hovlida ancha aylanib yurdi. It bog‘laydigan joyni o‘zi belgiladi.

— Yo‘q, o‘rtoq Tillayev, it masalasini bizga qo‘yib beravering. Mana, itning joyi shu. Kichkinagina, ixchamgina uycha qurib berilsa, itning ham joni kirib qoladi. Xo‘p, biz ketdik.

Qurbonboy ketdi.

— Bu kishi kim bo‘ladilar? — dedi Tillayevning xotini orqasidan eshikni ilgaklab qaytarkan.

— Judayam anig‘ini bilmayman, garajimizda ishlasa kerak. Ko‘chishga mashina so‘raganimda zavgar qarashib yuboradi, deb qo‘shib bergan edi, — dedi Tillayev.

— Durust odamga o‘xshaydi. Chaqqongina ekan.

Ertasi Tillayev ishdan qaytib yuvinayotganda Qurbonboy kattakon it yetaklab keldi. U itni ayvonning ustuniga boylab, iljaydi:

— Oti Qoplon, Tillayev aka. Odamning yaxshisini darrov taniydi. Sizga tez o‘rganib ketadi. Ertaga yaxshilab uycha yasab berib ketaman. U qo‘lini yuvib kelib, yarim soatcha itning ta’rifmi qilib o‘tirdi.

— It hamma gapni tushunadi, faqat jonivorning tili yo‘q. Qurbonboy bir so‘zli kishi ekan, aytganini qildi. Tillayev ishga ketganida zambilg‘altakda g‘isht olib kelib, itga uycha yasab beribdi. Tillayev idoradan chiqib, endi mashinaga o‘tiraman deb turganda, yugurib kelib qog‘ozga o‘rogiiq narsa uzatdi:

— Xo‘jayin, Qoplonga nasiba. Kabobchi oshnamga tayinlab qo‘ygan edim, suyakni begona qilma, deb.

— Qurbonboyingiz yaxshi odam ekan, — dedi xotini Tillayev uyga kelganda, -bechora jonini fido qivoraman deydi-ya. Bola-chaqali, kamxarj odamga o‘xshaydi. Imoratini yetti yildan beri bitkazolmasmish. Un-cha-munchasiga qarashib yuboring.

Tillayev xotinining gaplariga parvo qilmay choy ichardi.

Tillayev bilan Qurbonboy o‘rtasida yaqinlik paydo bo‘ldi. Bir kuni gap orasida u ro‘zg‘ordan orttirib uchastkasining tomini yopolmayotganligini aytib qoldi:

— Ayb o‘zimda, yoshligimdan shunaqaman, o‘zimga qaramayman, oshna-og‘aynilarning ishi bitsin, deyman. Ha, odam bolasidan shu qolar ekan. Bo‘lmasa, promkombinatda ham, raypoda ham oshnam bor, yuztagina shifer so‘rasam, yo‘q demaydi. So‘ramayman. Aslo so‘ramayman.

— Nechta shifer yetmayapti? — dedi Tillayev beparvo.

— Yo‘q, xo‘jayin so‘ramang. Siz bilan shu maqsadda oshno bo‘lmaganman. Bunaqa gapni aytsangiz uyingizga ikkinchi qadam bosmay ketaman.

Shu-shu bo‘ldi-yu, Tillayevning unga ixlosi oshib ketdi. Shundoq odam garajda mashina yuvib o‘tirmasin, deb uni garaj mudiriga muovin qilib qo‘ydi. Uyiga bir yuz saksonta shifer, o‘ttizta tunuka tushirib berdi. Qurbonboy ham har kuni tushlikka kelib, Qoplonni o‘ynatib ketishni tark qilmadi. Bu orada Tillayevning eski bod kasali tutib, yotib qoldi. Avvaliga Qurbonboy kelib uning holidan xabar olib turdi. Doktorlar endi bo‘lmadi, pensiyaga chiqing, deb maslahat berishgandan keyin Tillayev ministrlikka ariza yozib, ishdan bo‘shatishlarini so‘radi. Ministrlik uning talabini qondirib, o‘rniga boshqa direktor tayinladi. Qurbonboy o‘sha kuni kelib, Qoplonni aylantirgani olib chiqib ketdi-yu, qaytib kelmadi. Tillayev Qoplonga ancha o‘rganib qolgan ekan, to yarim kechagacha ikki ko‘zi to‘rt bo‘lib, itni poyladi. Yo‘q, Qoplon bedarak ketdi. Qurbonboy ham qorasini ko‘rsatmay qo‘ydi.

Oradan anchagina vaqt o‘tdi. Tillayev hassaga tayanib ko‘cha aylangani chiqdi. Bir mahal qarasa, ko‘chaning narigi betida Qurbonboy Qoplonni yetaklab yuribdi. Chaqirsa it qaradi-yu, Qurbonboy qaramadi. O‘sha kuni yangi direktor o‘g‘lining tug‘ilgan kuniga o‘tirish qilib berayotgan ekan. Tillayevga mashina yuboribdi. Er-xotin borishdi. Darvozadan kirishlari bilan yo‘lakda yotgan Qoplon ularni ko‘rib, dumini likillatib erkalandi.

— Bizning it qalay? — dedi yangi direktor.

— Bu itni taniyman, — dedi Tillayev va nariroqda yangi direktorning charm to‘nini tuflab artayotgan Qurbonboyga bir qarab, uyga kirib ketdi.

 


Muallif: Said Ahmad


Тиллаеву понравился новый двор. Выгружая багаж из машины, Гурбанбой что-то сказал:

— Вам срочно нужна собака, товарищ Тиллаев. Собака будет хозяином дома. Кормите собаку, конечно. Я сам найду странного.

Тиллаеву собака очень не понравилась, он промолчал. Несмотря на жалобы женщин, Курбанбой сам вымыл пол и вынес ковер.

— Да-да, почему ты моешь пол, пока мы стоим, сестра? Замораживаем сами. Я постелю ковер, а ты смотри. Однако кормить странность пса необходимо. Если вы директор по найму, человек, который зайдет на улицу, будет вам завидовать.

Курбанбой не ушел сразу после того, как закончил обустройство дома. Он много ходил по двору. Собака выбрала место для привязки сама.

— Нет, товарищ Тиллаев, оставьте вопрос о собаке нам. Вот где собака. Если построить небольшой, компактный дом, в него войдет даже собачья душа. Хорошо, поехали.

Жертва исчезла.

— Кем будет этот человек? – сказала жена Тиллаева, закрывая за собой дверь.

— Точно не знаю, наверное работает в нашем гараже. Он добавил, что когда я просил машину для переезда, бедняга присылал ее мне, — сказал Тиллаев.

— Он выглядит как честный человек. Это быстро.

На следующий день, когда Тиллаев мылся после работы, пришел Гурбанбой с большой собакой. Он привязал собаку к столбу крыльца и засмеялся:

— Оти Коплон, брат Тиллаева. Он сразу распознает в человеке хорошее. Вы быстро к этому привыкнете. Завтра я сделаю хороший дом. Он вымыл руки и полчаса сидел, описывая собаку.

— Собака все понимает, а языка у животного нет. Курбанбой, будучи человеком одного слова, делал то, что ему говорили. Когда Тиллаев вышел на работу, он принес на носилках кирпичи и построил домик для собаки. Когда Тиллаев вышел из кабинета и уже собирался сесть в машину, он подбежал и протянул ему что-то завернутое в бумагу:

— Удачи Тигру, босс. Я назначил повара-кебаба своему шеф-повару, сказав: «Не связывайся с костью».

«Ваш жертвователь хороший человек, — сказала жена Тиллаева, когда он пришел домой, — я пожертвую его бедной жизнью». Он выглядит ребячливым, бережливым человеком. Здание не достраивали семь лет. Взгляните на это.

Тиллаев пил чай, не обращая внимания на слова жены.

Тиллаев и Курбанбой сблизились. Однажды посреди разговора он упомянул, что не может покрыть крышу своего участка, зарабатывая на жизнь:

— Сам виноват, я смолоду такой, на себя не смотрю, говорю, пусть делают дело моих братьев и сестер. Да, это то, что осталось от человеческого ребенка. Если нет, то у меня есть знакомый и на промкомбинате, и на райпо, и если я попрошу сто сланцев, он не откажет. Я не буду спрашивать. вообще не буду спрашивать.

— Сколько сланцев не хватает? — небрежно сказал Тиллаев.

— Нет, не спрашивайте, босс. Я встретил вас не для этого. Если ты скажешь такое, я уйду из твоего дома, не сделав и второго шага.

Так и произошло, преданность Тиллаева ему возросла.Чтобы такой человек не мыл машины в гараже, он сделал его заместителем управляющего гаражом. Он принес домой сто восемьдесят сланцев и тридцать жестяных банок. Гурбанбой тоже каждый день приходил на обед и не переставал играть в каплон. Тем временем Тиллаева охватила старая болезнь, и он лег. Сначала пришел Гурбанбой и спросил о его состоянии. После того, как врачи посоветовали ему уйти на пенсию, Тиллаев написал в министерство и попросил его уволить. Министерство удовлетворило его просьбу и назначило на его место другого директора. В этот день пришел Курбанбой, забрал «Леопарда» и не вернулся. По мере того, как Тиллаев привыкал к Леопарду, он до полуночи держал глаза открытыми и гладил собаку. Нет, Тигра не хватает. Не показывал своей черноты и Курбанбой.

Это было долго. Тиллаев вышел прогуляться по улице, опираясь на трость. Он посмотрел на мгновение и увидел, что Курбанбой ведет «Леопарда» по другой стороне улицы. Когда он позвал, собака посмотрела, а Гурбанбой — нет. В тот день новый директор готовился ко дню рождения сына. Он отправил машину Тиллаеву. Пара пошла. Как только они вошли в ворота, Леопард, лежавший на тротуаре, увидел их и лизнул свой хвост.

— Как наша собака? — сказал новый директор.

— Я знаю эту собаку, — сказал Тиллаев, взглянув на Курбанбоя, вытиравшего слюной кожаную куртку нового директора, и вошел в дом.

Автор: Саид Ахмед

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: