O’z ishimni boshqaruvchiga topshiraman texnologiyasi

Ўз ишимни бошқарувчига топшираман технологияси

Quyidagi aniq texnologiya yordamida o’z boshqaruvchingiz bilan istaklar ro’yobiga erishishingiz mumkin.

Boshqaruvchining vazifasi nima?

Tasavvur qiling, Siz minglab insonlar faoliyat yuritadigan katta korporasiya egasisiz. U insonlar mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanishadi. Ular orasida buxgalterlar, sekretarlar, konsultantlar va umuman kerakli mutaxassislar bor. Ularning barchasi – o’z ishining haqiqiy ustalaridir.

Bir so’z bilan aytganda, Sizning qo’l ostingizda minglab insonlar va ularning barchasi Sizning kompaniyangiz gullab- yashnashi uchun mehnat qilishadi.

Siz nima bilan shug’ullanasiz?

Siz – bu yirik korporasiya egasisiz, shuning uchun Siz Har bir xodim bilan bevosita ishlamaysiz, Vagon-vagon bo’lgan kundalik savollar bilan shug’ullanmaysiz, va operativ masalalarni yechaman deb boshingizni qotirmaysiz. Bularning barini Siz uchun hal qiladigan juda tajribali va malakali Boshqaruvchi bor. Bu Boshqaruvchi istalgan xodimni tushunadi, mijozlarga maslahat beradi va barcha ishlarni boshqaradi. Agar Sizda navbatdagi g’oya tug’ilib qolsa, Siz shunchaki bu haqda boshqaruvchiga aytasiz va U bunga darhol, doimo bir xil ravishda “Hammasini hal qilamiz”deya javob beradi. Va U buni Tez, Aniq, Samarali bajaradi.Umuman olganda, Sizga anday kerak bo’lsa, shunday bajaradi.

Boshqaruvchi kim va uni qaerdan topish mumkin?

… Siz, albatta, aytishingiz mumkin: “Menda ham butunlay ishonish mumkin bo’lgan, barcha o’ylaganlarimni amalga oshiradigan bunday Boshqaruvchi bo’lsa, qaniydi” — deb. U Sizda ham bor! Sizda ham xuddi shunday, hamma narsani qila oladigan va nima xoxlasangiz ta’minlaydigan Boshqaruvchi bor. Va yana bir bor: Sizning shaxsiy Boshqaruvchingiz haqidagi gaplar – shunchaki chiroyli so’zlar emas, sizda u, ya’ni, Sizning Haqiqatdan ham gullab- yashnashingiz uchun ishlaydigan “menedjer” bor. Uning nomi Tortish Qonunidir*. Bu haqiqiy Boshqaruvchidir. Siz undan foydalanishni bilsangiz kifoya.

Tortishish qonuni, ya’ni boshqaruvchingizga nima halal beradi?

Xo’sh, endi Tortish qonuni bilan qanday qilib to’g’ri munosabatda bo’lishni tushuntiraman. Bu munosabat juda oddiy sirga asoslangan. Sir quyidagidan iborat: Siz shunchaki hovliqishni, ortiqcha harakat qilishni bas qilasiz. Tamom vassalom.

Nimadir dedingizmi? Aytishga oson, nimadir qilmasdan o’tirishning o’zi bo’ladimi? Ha, to’g’ri. Buni haqiqatdan ham oson deb bo’lmaydi. Ortiqcha harakat qilishdan butkul voz kechish, “maqsadingiz amalga oshishi uchun harakat” qilayotgandek bo’lishni bas qilish – bu osonmas.

SHuning uchun ham osonmaski, chunki bunda maqsadga

erishish fikri har doim qistab turadi – bo’l, nimadir qilsangchi, qani ovvora bo’lsangchi -deya. Aslida esa, maqsadingizda ko’rsatganingizga haqiqatdan ham (mashaqqatlarsiz) erishish uchun, mana nima qilish kerak: buni amalga oshirishni Boshqaruvchiga – Tortish qonuniga topshirish kerak.

Bu xuddi, Sizning iltimosingizni albatta bajaradigan, sizni Hech qachon aldamasligini aniq biladiganingiz, Siz butkul ishonadigan insoningizga nimadir qilishini iltimos qilgandek gap.

Sizga mana shunday, faqatgina so’rovni yuborish emas, balki ishonchni ifoda etuvchi ichki holat, kayfiyat kerak. Bu siz so’rovda ko’rsatganingizni olishingiz uchun kafolatdir. So’raysiz – tamom, vassalom. Va ishonasiz.

SHuning uchun “O’z ishimni boshqaruvchiga topshiraman” usulini qo’llash jarayonida Siz qiladigan eng zo’r qaror – bu o’z so’rovingizni butkul unutish – va sabrsizlik bilan vaziyatni tezlashtirishga urinishni (olmasam o’lib qolaman degandek)bas qilishdir. Ishni bajarishni Boshqaruvchiga topshirasiz – tamom! Va butkul xotirjamlik – Boshqaruvchingiz bajaradi.

Aks holda Siz, hammasini — ko’p qismi xato bo’lgan ortiqcha harakatlaringiz bilan, — “Qanday?” (ya’ni, qanday amalga oshadi?) degan bu savollaringiz bilan o’zingizning ishonchli va tajribali xodimingiz oyoqlari orasida o’ralashib qolasiz.

Tortish Qonuniga, topshirig’ingizda ko’rsatilganini sizga tezda yetkazishi uchun, xalaqit qilmang.

“O’z ishimni Boshqaruvchiga topshiraman” texnologiyasining sxemasi

Usul 4 bosqichdan iborat.

  • 1- bosqich: muammo/masalani belgilash;
  • 2- bosqich: o’z tuyg’ularingizni aniqlash;
  • 3- bosqich: Tortish Qonuni kuchini tan olish;
  • 4- bosqich: Boshqaruvchiga o’z ishlaringizni topshirish.

Bu muhim topshiriqni berish uchun quyidagilarni bajaring: Ruchka va oq qog’oz oling, moliyaviy ahvolingizni benuqson tartibga keltirish uchun mo’ljallangan topshiriqni berish sxemasiga asoslangan holda o’z topshirig’ingizni tuzing. Bunda sxemadagi «Tortish Qonuni kuchini tan olish» bo’limini so’zma-so’z ko’chirib olishingiz mumkin. Ishni topshirishning qolgan bo’limlarini tayyorlashda esa — Siz butkul erkindirsiz. Hammasini qanday bo’lsa, qanday o’ylayotgan va his qilayotgan bo’lsangiz shunday yozing.

Siz, doimo har narsada Sizga yordam beradigan mehribon kuchga murojaat qilyapsiz, shuning uchun hech narsani yashirmang, hamma dardlaringizni ayting. So’ng Boshqaruvchiga, moliyaviy ishlaringizda butkul tartib bo’lishi uchun, barchasini tashkil qilishini topshiring.

Boshqaruvchiga ishni qanday topshirishga misollar

Quyida berilgan namunalar asosida muammongizni bayon qiling. O’zingizga quloq tuting va bu muammoga bog’liq ravishda ichingizda jaranglayotgan his-tuyg’ularni aniqlang. Istaklaringizni hayotingizga kirib kelishini, amalga oshishini ta’minlash bilan shug’ullanadigan Tortish qonunining kuchini samimiyat bilan tan oling va Boshqaruvchiga moliyaviy muammongizning yechimini topishni, bu yechimlarga ishora qilishini, moliyaviy holatingiz o’zingiz istagandek bo’lishi uchun samarali hodisalarni tashkillashtirishni va Sizni bu barokatli hodisalarga joylashtirishini topshiring.

Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash

  • Muammoni belgilash.

Mening moliyaviy ahvolim o’z qo’shig’ini aytyapti. Har doim, ishlab topayotganimning deyarli barchasini sarflashga to’g’ri keladigan qandaydir yangi ehtiyojlar chiqib kelaveradi. Bundan tashqari kreditlarim bo’yicha ham ko’plab to’lov qilishim kerak. Mana shunday qilib, ko’pincha topayotganimga nisbatan ham ko’proq sarflashimga to’g’ri kelyapti. Men doimo oila budjetini rejalashtirishga harakat qilaman, lekin bundan hech bir foyda bo’lmayapti – hamma narsa qimmatlashib ketgan. Rafiqam ham ishlaydi va bu, vaziyatni bir oz yengillashtiradi, ammo bizning farzandlarimiz ulg’ayishmoqda — shu bilan birga ularning sarf xarajatlari ham o’smoqda.

  • o’z tuyg’ularingizni aniqlash

Men tashvishlanyapman. Men xavotirlanyapman. Men umidsizlanyapman.

  • Tortish Qonuni kuchini tan olish

Ammo men yodda tutamanki, menda Tortish Qonuni deb ataluvchi, iqtidorli va mohir Boshqaruvchiga ishni topshirish imkoni bor. U doim mening topshiriqlarimni so’zsiz bajaradi, uning vazifasi shundan iborat. Men uni yordamga chaqiraman va Boshqaruvchim, mening topshiriqlarimni tez va eng zo’r ko’rinishda amalga oshira oladigan, o’z ishining ustasi ekanligini albatta yodda saqlayman.

  • Ishlarni Boshqaruvchiga topshirish

Men quyidagilarni Boshqaruvchimga topshiraman:

— mening daromadlarim oshishini ta’minlashni;

— rafiqamning ham daromadini ko’paytirishni;

— moliyaviy masalalarimizning omadli yechimini bildirishni;

— bizga, moliyaviy barqarorligimizni ta’minlovchi imkoniyatlar tomon yo’l ko’rsatishni;

— va bu imkoniyatlardan foydalanishimiz uchun bizga eng qulay bo’lgan usullarni tanlashni.

Hozircha shu.

Ishimni yengillashtirgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!

Ulg’aygan farzandlar va ota-ona

  • muammoni belgilash

Mening bo’yi yetgan qizim bor, va uning menga bo’lgan munosabati juda yomon. U mendan gina qilishdan charchamaydi, qo’pollik qiladi — natijada u meni ko’rishga ko’zi yo’qmi degan xayollarga borib ham qolaman. Ammo eng yomoni shundaki, qizim bilan muloqot menga hech qanday quvonch bermay qo’ygan — uning tartibsiz hayot tarzi, yovvoyi so’rovlari, va doimiy ginalari, va tuganmas ayblovlari juda jonga tegdi.

  • o’z tuyg’ularingizni aniqlash

Men o’zimni aybdordek His qilyapman. Mening g’ashim kelyapti. Mening ko’nglim qolyapti. Men qo’rqyapman.

  • Tortish Qonuni kuchini tan olish

Ammo men yodda tutamanki, menda Tortish qonuni deb ataluvchi, iqtidorli va mohir Boshqaruvchiga ishni topshirish imkoni bor. U doim mening topshiriqlarimni so’zsiz bajaradi, uning vazifasi shundan iborat. Men uni yordamga chaqiraman va Boshqaruvchim, mening topshiriqlarimni tez va eng zo’r ko’rinishda amalga oshira oladigan, o’z ishining ustasi ekanligini albatta yodda saqlayman.

  • Ishlarni Boshqaruvchiga topshirish

Men quyidagilarni Boshqaruvchimga topshiraman:

— menga qizimning qadrini, avzalliklarini ko’rsatishni;

— mening ijobiy tomonlarimni qizimning yodiga solishni;

— bir-birimizga qanchalik qadrli ekanligimizni yodga olib turishimiz uchun har birimizga (kuniga yuz marta bo’lsa ham mayli) imkoniyat topib berishni.

Hozircha shu.

Ishimni yengillashtirgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!

Ortiqcha vazndan xalos bo’lish

  • Muammoni aniqlash

Men har doim vazn to’playman, va bu meni juda qo’rqityapti. Meni ko’p yeydiganlardan deb bo’lmaydi — aslo unday emas. Ammo vaznim doimo ortib boraveradi, men bu bilan qanday kurashishni ham bilmay qoldim. Men vaznni kamaytirishning juda ko’p usullarini sinab ko’rdim, ammo natija bo’lmayapti. agar bor bo’lsa ham, vaqtinchalik bo’lyapti va vaznim oldingi holga, hattoki ko’paygan holda, qaytib kelyapti. Bu vaziyatdan juda ko’p jabr chekyapman: kiyishga doimo hech narsa topa olmaganim yetmagandek (kiyimlar tezda kichik bo’lib qoladi va xuddi bochkaga kiygizib qo’yilgandek turadi), yoshimga nisbatan ham ancha katta ko’rinaman! O’zimni his qilishim sezilarli darajada yomonlashgan, va bundan so’ng faqat battar bo’ladi deb o’ylab qolganman.

  • o’z tuyg’ularingizni aniqlash

Men tashvishlanyapman! Men g’amginman. Men yaxshilanishga deyarli umid qilmay qolganman.

  • Tortish Qonuni kuchini tan olish

Ammo men yodda tutamanki, menda Tortish qonuni deb ataluvchi, iqtidorli va mohir Boshqaruvchiga ishni topshirish imkoni bor. U doim mening topshiriqlarimni so’zsiz bajaradi, uning vazifasi shundan iborat. Men uni yordamga chaqiraman va Boshqaruvchim, mening topshiriqlarimni tez va eng zo’r ko’rinishda amalga oshira oladigan, o’z ishining ustasi ekanligini albatta yodda saqlayman.

  • Ishlarni Boshqaruvchiga topshirish

Men quyidagilarni Boshqaruvchimga topshiraman:

— aynan menga mos keladigan, normal vaznga erishish yo’lini ko’rsatishni;

— bu usul men uchun qulay va mendan qahramonlik talab qilmaydigan bo’lsin. Ozish jarayoni dinamik tarzda va men uchun xavfsiz holatda amalga oshsin.

Hozircha shu.

Ishimni yengillashtirgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!

YOlg’izlik vaziyati

  • Muammoni belgilash

Mening deyarli do’stim yo’q. Agar to’g’risini aytadigan bo’lsam, mening bitta ham yaqin bo’stim yo’q. Xuddi rak — darvesh kabi yashash, unchalik quvonarli emas. Avvallari, albatta, o’rtoqlarim bo’lgan, ammo ularning hech biri bilan haqiqiy ma’nodagi o’zaro tushunish bo’lmagan. Odamlar men bilan muloqot qilayotganlarida faqat o’zlarini o’ylayotganga o’xshaydi, va men ularda menga nisbatan hech bir iliq munosabatni sezmayman.

  • O’z tuyg’ularini aniqlash

Men ruhan tushkun kayfiyatdaman. Men yolg’izman va zerikyapman.

  • 3.Tortish Qonuni kuchini tan olish

Ammo men yodda tutamanki, menda Tortish qonuni deb ataluvchi, iqtidorli va mohir Boshqaruvchiga ishni topshirish imkoni bor. U doim mening topshiriqlarimni so’zsiz bajaradi, uning vazifasi shundan iborat. Men uni yordamga chaqiraman va Boshqaruvchim, mening topshiriqlarimni tez va eng zo’r ko’rinishda amalga oshira oladigan, o’z ishining ustasi ekanligini albatta yodda saqlayman.

  • Ishlarni Boshqaruvchiga topshirish

Men quyidagilarni Boshqaruvchimga topshiraman:

— menga yoqimli va qiziqarli insonlar bilan tanishish uchun sharoit yaratishni;

— men bilan o’zaro tushuna oladigan insonlar bilan uchrashishni tashkillashtirib berishni;

— bular quvnoq, ko’p qirrali, qiziq insonlar bo’lsin. Men bu uchrashuvlar o’z-o’zidan bo’lgandek bo’lishini xoxlayman. Va men buni ko’p kutib qolmayin.

Hozircha shu.

Ishimni yengillashtirgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!

• Ota-onalarning aralashuvi

  • Muammoni aniqlash

Men anchadan buyon ota-onam bilan yashamayman, lekin mening onam, xuddi avvalgidek, meni uning maslahatlarisiz yashay olmaydi deb hisoblaydi. Bundan nima chiqyapti? Men u bilan muloqot qilishdan qochadigan bo’lib boryapman, chunki mustaqil ravishda bir qadam ham qo’yishga imkon bermasliklarini yoqtirmayman. Onamning bundan jahli chiqyapti, bu esa yana ham yomon. Agar biz birga bo’lsak, u darhol menga o’rgatishga kirishib ketadi, go’yoki men qanday yashashni bilmaydigandek.

  • O’z tuyg’ularini aniqlash

Menda tanqid qilish istagi paydo bo’lyapti. Men g’azablanyapman va g’ashim kelyapti.

  • Tortish qonuni kuchini tan olish

Ammo men yodda tutamanki, menda Tortish qonuni deb ataluvchi, iqtidorli va mohir Boshqaruvchiga ishni topshirish imkoni bor. U doim mening topshiriqlarimni so’zsiz bajaradi, uning vazifasi shundan iborat. Men uni yordamga chaqiraman va Boshqaruvchim, mening topshiriqlarimni tez va eng zo’r ko’rinishda amalga oshira oladigan, o’z ishining ustasi ekanligini albatta yodda saqlayman.

  • 4.Ishlarni Boshqaruvchiga topshirish

Men quyidagilarni Boshqaruvchimga topshiraman:

— onamga men endi katta va mustaqil inson bo’lganimni yodiga solish usulini topishni;

— onam mening iqtidorlarim va qobilyatlarimni eslasin;

— uni xotijam qilishning nafaqat ehtiyotkor, balki mayin usulini topishni;

— onamga uning e’tiborini tortadigan va mendan chalg’itadigan mashg’ulotga yo’l ko’rsatishni;

— shunday bo’lsingki, bizga birga bo’lish yoqimli bo’lsin.

Hozircha shu.

Ishimni yengillashtirgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!

Ishni boshqaruvchiga topshirgach o’zingiz nima qilishingiz kerak?

Ishni Boshqaruvchiga topshirgandan so’ng, yozganlaringizni diqqat bilan o’qib chiqing, va

■ bu yozganlaringizni yoqib yuboring.

■ topshirig’ingiz haqida butkul unuting. Eshityapsizmi? Murojaatingizni qayta takrorlash shart emas. Tortish qonuni kar emas. Murojaat darhol qabul qilinadi — va shu zahotiyoq bajarishga kirishiladi.

… Agar murojaatni takrorlagim kelaversachi, unda nima bo’ladi?

Bu savolni ko’p berishadi. Javob: mumkin emas. borilgan murojaatni takrorlashga intilish quyidagilarni anglatadi: Ong ichiga, so’rovning amalga oshishiga xalaqit qiluvchi, hovliqma o’y-fikrlar kiriganligini va shovqin solayotganini. Bu o’y-fikrlarni haydab soling. Tushuning:

Sizning so’rovingiz bajariladigan vakuum — maydon,

Mutloq toza bo’lishi kerak.

Faqat mana shugina murojaatingiz tez va aniq bajarilishining kafolati

hisoblanadi.

Qachonki vakuum maydoniga hovliqma va xavotirli o’y-fikrlar kirar ekan, murojaatingiz tez bajarilishi uchun hech qanday kafolat haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Iltimos, buni yodda saqlang.

 

Ushbu trening Rossiyalik mashhur amaliyotchi psixolog, gipnolog, shaxsiy muvaffaqiyatlar texnologiyalari bo’yicha mutaxassis Marta Nikolaeva Garinaning shu nomdagi kursi asosida tayyorlangan.

Если вам понравилась статья, поделитесь ею с друзьями в социальных сетях.
Sirlar.uz
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: